Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 10.07.1992 yildagi 319-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 10.07.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA BUDJETDAGI MUASSASALAR XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar va muassasalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyundagi Farmoniga muvofiq oshirilgan miqdorlarda oʻz vaqtida ish haqi toʻlashni taʼminlasinlar. Bunda xodimlarning ish haqini oshirish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarning 25 foizi budjetdagi muassasalar va tashkilotlarning smeta boʻyicha umumiy xarajatlarini qisqartirish hisobiga qidirib topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy oʻquv yurtlari talabalariga, aspirantlarga, doktorantlarga, texnikumlarning hamda kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlanmagan hunar-texnika bilim yurtlarining oʻquvchilariga stipendiyalar ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli ovqatlanish uchun oylik qoʻshimcha toʻlovlarning amaldagi miqdorlari hamda talabalar oshxonalari va tamaddixonalaridagi tushliklar qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bir hafta muddat ichida oliy oʻquv yurtlarining talabalariga hamda texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlarining oʻquvchilariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartishlar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xodimlarni ragʻbatlantirishni va mehnatga undashni taʼminlovchi hamda oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlarining oʻqituvchilari, tarbiyachilari, muallimlari, professor-oʻqituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va vrachlarning ish haqini 1,8 baravar, budjetdagi muassasa va tashkilotlar boshqa xodimlarining ish haqini esa 1,5 baravar oshirishni nazarda tutuvchi tarif stavkalari va maoshlarning yangi miqdorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublika boʻlimi, Mehnat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 1992-yilning 1-iyuligacha pensiyaga chiqqan pensionerlarning pensiyalarini qayta hisoblash uchun tuzatish kiritish koeffitsiyentlarini 1992-yil 15-avgustgacha ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublika boʻlimi, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” va boshqa tijorat banklari Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-apreldagi 218-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyundagi Farmonida belgilangan oshirilgan miqdorlarda pensiya toʻlashni taʼminlovchi sugʻurta badallarining toʻla va oʻz vaqtida tushishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va xoʻjaliklar belgilangan ish haqining eng oz miqdorini hisobga olgan holda mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish hisobiga ishlovchilarning ish haqini yanada oʻstirishni taʼminlovchi choralarni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublika boʻlimi 1992-yilning ikkinchi yarmi uchun budjetlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan ish haqi, stipendiyalar va pensiyalarni oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun xalq xoʻjaligi barcha tarmoqlari xodimlarining kasb-malaka guruhlarini qamrab oluvchi yagona tarif setkasi asosida mehnatga haq toʻlash tartibini takomillashtirish yuzasidan 1992-yil 1-sentabrgacha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 10-iyuldagi 319-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlari talabalari va oʻquvchilariga beriladigan stipendiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Talabalar va oʻquvchilarning toifalari

Oyiga soʻm hisobida


‎Oliy oʻquv yurtlarida

Oʻzlashtiruvchi talabalarga 595‎

‎shulardan:

faqat yaxshi, shuningdek faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga 660
faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga 740
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan talabalarga 790
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 905
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 1035
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan, davlat taʼminotida boʻlgan talabalarga 495
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 560
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 640
Baynalmilal burchini bajarish chogʻidagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchi boʻlgan talabalarga 885
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 970
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 1035
Tayyorlov boʻlimlarining oʻquvchilariga 390
Sobiq baynalmilalchi jangchi boʻlgan talabalarga 785
shulardan:
faqat yaxshi shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 865
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 945‎
Sobiq ittifoq organlarining buyruqlari bilan belgilangan mutaxassisliklar boʻyicha oliy oʻquv yurtlarida oʻqiydigan talabalarga (SSSR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim ministrligining 1987-yil 11-maydagi 330-son, 1987-yil 12-iyundagi 420-son va SSSR Davlat xalq taʼlimi komitetining 1989-yil 20-yanvardagi 8s-son va 1990-yil 9-apreldagi 21s-son buyruqlari)


‎740

shulardan:

faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 840
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 945‎
Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Sotsialistik Mehnat Qahramonlari boʻlgan talabalarga 1035
Nomli stipendiyalar:
V. I. Lenin nomli va Karl Marks nomli stipendiyalar 1035
Hukumat qarorlari bilan taʼsis etilgan atoqli fan, texnika va madaniyat arboblari nomlaridagi stipendiyalar 990
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan taʼsis etilgan atoqli fan, texnika va madaniyat arboblari nomlaridagi stipendiyalar 945
ayrim fanlarni oʻrganishdagi va fan-texnika ijodkorlariga alohida muvaffaqiyatlari uchun ilmiy kengash qarori boʻyicha belgilanadigan u shaxsiy stipendiyalar ‎ 855‎
Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz koʻp stipendiya berish nazarda tutilgan ‎
Aspirantlar:‎
Ish staji 3 yilgacha boʻlgan 1-yilgi tahsil ‎ 910‎
2 va 3-yilgi tahsil ‎ 970‎
Ish staji 3 yildan koʻp boʻlgan: 1-yilgi tahsil ‎ 1030‎
2-yilgi tahsil‎ 1090‎
3-yilgi tahsil‎ 1150‎
Doktorantlar‎ 1620‎

‎‎
‎Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida

Oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarga‎ 495‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga‎ 540‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga‎ 615‎
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan oʻquvchilarga ‎ 790‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga ‎ 905‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga‎ 1035‎
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan, davlat taʼminotida turgan oʻquvchilarga‎ 390‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga ‎ 450‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 520‎
Baynalmilalchi jangchi boʻlgan oʻquvchilarga.‎ 685‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻkiydigan oʻquvchilarga ‎ 765‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga ‎ 840‎
Baynalmilal burchini bajarish chogʻidagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchi boʻlgan oʻquvchilarga ‎ 885‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 970‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 1035‎
Sovet Ittifoqi Qahramonlari boʻlgan oʻquvchilarga‎ 1035‎
Sotsialistik Mehnat Qahramonlari boʻlgan oʻquvchilarga‎ 1035‎
V. I. Lenin nomli stipendiya oluvchilarga‎ 885‎
Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz koʻp stipendiya berish nazarda tutilgan‎


‎‎‎Hunar-texnika oʻquv yurtlarida

Oʻqish muddati 10 oydan koʻp boʻlmagan barcha xildagi hunar-texnika, bilim yurtlarining (qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida, suv xoʻjaligi qurilishida va oʻrmon xoʻjaligida ishlash uchun tayyorlaydiganlardan tashqari) oʻzlashtiruvchi oʻquvchilariga ‎ 390‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 450‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan, oʻquvchilarga‎ 495‎
Baynalmilalchi jangchilar boʻlgan oʻquvchilarga‎ 680‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga ‎ 765‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 840‎
Baynalmilal burchini bajarish chogʻidagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchi boʻlgan oʻquvchilarga‎ 885‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga‎ 970‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga‎ 1035‎
Halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning va Ulugʻ Vatan ?rushining I va II guruh nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarning bolalari boʻlgan oʻquvchilarga‎ 450‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 495‎‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 540‎
Oliy oʻquv yurtlarining, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlarining davlat taʼminotida boʻlgan talabalari, oʻquvchilari uchun stipendiyalar miqdorlari oʻzgartirilmaydi‎
Keyingi tahrirga qarang.