Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorazm viloyati hududida boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Xorazm viloyati hududida foydalanmasdan boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish va investitsiyalarni jalb qilish orqali viloyatda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligining Urganch shahar, Amudaryo koʻchasi, ¼-uy manzilida joylashgan umumiy maydoni 2,23 gektar, shundan bino va inshootlar egallagan maydoni 3766 kvadrat metr boʻlgan “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat korxonasi binosining bir qismini (keyingi oʻrinlarda — obyekt) zamonaviy keramik-shisha idishlar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun “Orient Ceramik” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — investor) investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan sotish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belginsinki, investor obyekt negizida investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
12 oy muddatda obyektni sotib olish uchun 1 mlrd. soʻm toʻlash, bunda xarid toʻlovlariga chegirma qoʻllanilmaydi;
24 oy muddatda 3,0 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiya kiritish orqali obyekt negizida keramik-shisha idishlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
kamida 180 nafar yangi ish oʻrinlari tashkil etish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda:
ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan shartlar asosida obyektni belgilangan tartibda investorga sotish boʻyicha bir oy muddatda oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini;
investor tomonidan obyektni sotib olish uchun toʻlov amalga oshirilishi hamda qabul qilinadigan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini;
investor tomonidan mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan xarid toʻlovlari toʻlangan hamda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilgan deb eʼtirof etilgandan soʻng mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi kiritilishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Boʻsh turgan davlat mulki obyektlariga investitsiyalarni jalb qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 738-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariboʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Oʻ. Umurzakov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov hamda Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-aprel,
205-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2020-y., 09/20/205/0404-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)