Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2003 08.07.1992 yildagi 314-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KORXONALAR, TAShKILOTLAR VA MUASSASALARGA BOZOR JAMG‘ARMASI TOVARLARINI MAYDA ULGURJI SAVDO BO‘YIChA SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul muomalasining holati ustidan nazoratni kuchaytirish va respublika aholisini xalq iste’moli mollari bilan ta’minlashni yaxshilash, bozordan tashqari bo‘lgan iste’molchilarga bozor jamg‘armasi tovarlarini sotishni tartibga solish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki kassalariga naqd pul tushishini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv va O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki bir oy muddat ichida korxonalarga, tashkilotlarga, muassasalarga, kolxozlarga va sovxozlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun yagona mayda ulgurji tartibda bozor jamg‘armasi tovarlarini sotish qoidasini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv birgalikda 10 kun muddat ichida respublika uchun mayda ulgurji savdo bo‘yicha sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat tovarlarining ro‘yxatini belgilasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv birgalikda umuman respublika bo‘yicha mayda ulgurji savdo limitining har kvartal uchun hajmini belgilasinlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha ularni taqsimlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tarmoqlaridan bozor jamg‘armasiga qarashli oziq-ovqat tovarlarini aholining tegishli toifalarini ovqatlantirishni tashkil etish uchun ijtimoiy-madaniy soha muassasalari va tashkilotlariga (bolalar, davolash, davolash-profilaktika muassasalari, dam olish uylari, keksalar internatlari, nogironlar uylari, o‘quv muassasalari va boshqalar) mayda ulgurji limitlarni cheklamagan holda sotsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo tarmog‘idagi va umumiy ovqatlanish korxonalaridagi bozor jamg‘armasiga qarashli oziq-ovqat tovarlarini boshqa muassasalar va tashkilotlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ana shu tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda, qabul qilingan qarorlar bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan tartibda, ushbu tovarlarni sotib olishga mo‘ljallangan mablag‘lar va pullariga qarab sotsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdo tarmog‘idan bozor jamg‘armasining nooziq-ovqat tovarlarini sotish “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv tomonidan belgilangan mayda ulgurji savdoning qat’iy limiti bo‘yicha amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rnatilgan mayda ulgurji savdo limiti hisobiga nooziq-ovqat tovarlarini sotib olishda ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarga (bolalar uylari, davolash, sog‘lomlashtirish, o‘quv muassasalari va boshqalar) birinchi galda imkon yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, chakana savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlaridan bozor jamg‘armasiga qarashli tovarlarning korxonalarga, tashkilotlarga va muassasalarga sotilish hajmi chakana tovar oborotiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki bir oy muddat ichida bank muassasalari tomonidan korxonalar, tashkilotlar va kolxozlarga mayda ulgurji tartibda bozor jamg‘armasi tovarlarini sotish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat tartibini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv va savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki mayda ulgurji savdo bo‘yicha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, kolxoz va sovxozlarda bozor jamg‘armasi tovarlaridan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar, tartibni buzish hollariga barham bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 25-martdagi 119-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq A. N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314-son