04.04.2020 yildagi PQ-4664-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft-gaz tarmogʻining moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga boʻlgan talabini toʻliq qanoatlantirish, neft-gaz korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishni taʼminlash, shuningdek, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va eng yaxshi xorijiy tajriba asosida tarmoqda sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarini jalb qilgan holda quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz-transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish dasturining bosh rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ishtirokchilarga teng kirish imkoniyatini taʼminlash va narxni shakllantirishning shaffof mexanizmlarini nazarda tutgan holda elektr energiyasi va tabiiy gazning birja savdolari asosidagi ulgurji bozorini yaratish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro darajada tan olingan konsalting va auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyulga qadar tegishli idoralar bilan birgalikda Neft-gaz tarmogʻi korxonalarining operatsion samaradorligini yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-oktabrga qadar neft-gaz tarmogʻidagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi “komplayens-nazorat” tizimi joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-iyunga qadar yuqori malakali xorijiy ekspertlar va mutaxassislar, shu jumladan xorijdagi vatandoshlarni neft-gaz tarmogʻi korxonalariga ishga yollash toʻgʻrisidagi takliflarni, ularni tanlab olish, qoʻyiladigan malaka talablari, funksional majburiyatlar, jalb qilish muddati va mehnatga haq toʻlash hajmlarini koʻrsatgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni maqbullashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi (R. Davletov) “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda neft-gaz tarmogʻidagi faoliyat turlarini litsenziyalashni takomillashtirish va soddalashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Agentlikning quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ustav jamgʻarmasida davlat ulushini oshirish hisobiga quyidagilarni kapitalizatsiyalash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJga ilovaga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun avval ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kreditlari boʻyicha 2020-yil 1-aprel holatiga “Oʻzbekneftgaz” AJning asosiy qarzi va hisoblangan foizlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapitalizatsiyalangan mablagʻlarni keyinchalik “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ ustav jamgʻarmasini oshirishga yoʻnaltirgan holda, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJga “Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish uchun avval ajratilgan Jamgʻarma kreditlari boʻyicha 2020-yil 1-aprel holatiga “Oʻzkimyosanoat” AJning asosiy qarzi va hisoblangan foizlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2017 — 2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib chiqarishni koʻpaytirish dasturini moliyalashtirishni davom ettirish maqsadida Ipak yoʻli jamgʻarmasi (XXR) va xorijiy tijorat banklarining 250 mln AQSH dollari miqdoridagi, shuningdek, eksport-kredit agentliklari hisobidan 400 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarini jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik Jamgʻarma, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish va kredit shartnomalariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlarni kiritish yoʻli bilan “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav jamgʻarmalarida davlat ulushini oshirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi mazkur qarorda nazarda tutilgan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga 2017 — 2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib chiqarishni koʻpaytirish dasturini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan 250 mln AQSH dollari ekvivalentidagi kreditlar boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” AJning Ipak yoʻli jamgʻarmasi (XXR) va xorijiy tijorat banklari oldidagi majburiyatlari yuzasidan davlat kafolatlarini belgilangan tartibda berish vakolati taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar 2017 — 2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib chiqarishni koʻpaytirish dasturini moliyalashtirish uchun Ipak yoʻli jamgʻarmasi (XXR) va xorijiy tijorat banklarining kreditlari, shuningdek, eksport-kredit agentliklarining yordami jalb etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, 2020-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilgʻisi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisini (shu jumladan EKO markali dizel yoqilgʻisini) sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari, paxta xom ashyosi va gʻalla ishlab chiqaruvchi fermer xoʻjaliklari va paxta-toʻqimachilik klasterlari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJ, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha davlat korxonalariga dizel yoqilgʻisi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilgʻisi) oʻtgan chorakdagi birja savdolari natijalariga koʻra shakllangan oʻrtacha birja narxlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida, shuningdek, ularga neftni qayta ishlash zavodlaridan neft mahsulotlarini birja savdolari orqali xarid qilish huquqini taqdim etgan holda sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neftni qayta ishlash zavodlari “Oʻzbekneftgaz” AJ neft bazalarining buyurtmanomalariga koʻra mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan isteʼmolchilarga sotilgan dizel yoqilgʻisi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilgʻisi) hajmi uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan belgilanadigan chegirmani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 2020-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni jahon birjalaridagi Brent nefti kotirovkalariga bogʻlab qoʻygan holda, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Shoʻrtan GKK” MCHJ tomonidan sotiladigan neft va gaz kondensati uchun yangi ichki tarmoq narxlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlari va uglevodorodlarni import qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga neft mahsulotlari va uglevodorodlarni neft bazalarining boʻsh sigʻimlarida saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun tariflar belgilanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar, shu jumladan “Oʻzbekneftgaz” AJ neft bazalari tomonidan neft mahsulotlarini qayta sotish uchun neftni qayta ishlash zavodlaridan birja savdolari orqali sotib olish yakuniy isteʼmolchiga sotilganda toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻi hisobga olinmagan holda amalga oshiriladi. Bunda, ushbu yuridik shaxslarning oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan neft mahsulotlari hajmi qismida aksiz soligʻi belgilangan tartibda toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gaz qazib oluvchi tashkilotlar tomonidan gazni qayta ishlash va uni utilizatsiya qilish tashkilotlariga sotiladigan tabiiy gaz hajmi yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilinadigan hajm sifatida koʻrilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3479-son qarori 2-bandi “b” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4664-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-apreldagi PQ-4664-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilgan hamda asosiy qarz va foizlari “Oʻzbekneftgaz” AJning ustav jamgʻarmasiga kapitalizatsiyalanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyihaning nomlanishi

Normativ-huquqiy hujjat nomi

1.

Surgil konida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirgan holda uning negizida Ustyurt gaz-kimyo kompleksini qurish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1667-son va 2013-yil 24-iyundagi PQ-1987-son qarorlari

2.

Janubiy Kemachi konini qoʻshimcha jihozlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-sentabrdagi 241-son qarori

3.

Shimoliy Shoʻrtan koni va “Shoʻrtan” bosh inshootida yoʻldosh gazlarni utilizatsiya qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 16-iyundagi PQ-2352-son qarori

4.

“Muborak GQZ” MCHJda oltingugurt olish boʻyicha 3 ta qurilmaning safdan chiqayotgan quvvatlarini kompensatsiyalash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-sentabrdagi PQ-2590-son qarori

5.

“Oʻzbekneftgaz” AJga geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologik jihozlarni xarid qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-son qarori

6.

“Shoʻrtan GKK”ning tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15-oktabrdagi PQ-1206-son va 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2706-son qarorlari

7.

Samantepa, Girsan, Choʻlquvar, Qumli, Toyloq, Qoʻshimcha va Chegaraqum gaz-kondensat konlarini jihozlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-yanvardagi 19-3-son qarori

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2020-y., 06/20/4664/0387-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)