1-ILOVA
|
T/r |
TIF TN kodi |
Tovar nomi |
|
1. |
0207 |
0105-tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan yangi, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlar |
|
2. |
0301-0305 |
Baliq |
|
3. |
0402, 0405, 0407 |
Quyultirilgan yoki shakar yoxud boshqa shirin taʼm beruvchi moddalar qoʻshilgan sut va qaymoq; Sariyogʻ va sutdan tayyorlangan boshqa moylar va yogʻlar; sut pastalari; Poʻchoqli, yangi, konservalangan yoki qaynatilgan parranda tuxumlari |
|
4. |
0703, 0706, 070700 |
Barra yoki sovutilgan piyoz, shalot piyozi, sarimsoq piyoz, porey piyozi va boshqa piyozboshli sabzavotlar; Barra (yangi) yoki sovutilgan sabzi, sholgʻom, shirin lavlagi, echkisoqol, selderey ildizi, rediska va boshqa shunga oʻxshash isteʼmol qilinadigan ildizmevalar; Barra (yangi) yoki sovutilgan bodringlar va sapcha bodringlar |
|
5. |
0708, 0713 |
Poʻchogʻi archilgan yoki archilmagan, barra (yangi) yoki sovutilgan dukkakli sabzavotlar; Poʻchogʻi archilgan, urugʻ poʻsti archib tozalangan yoki tozalanmagan, yanchilgan yoki yanchilmagan quritilgan dukkakli sabzavotlar |
|
6. |
110100, 1104 |
Bugʻdoy uni yoki bugʻdoy-javdar uni; 1006-tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan guruchdan tashqari boshqa usullarda qayta ishlangan (masalan, oqshoq yoki yanchilgan koʻrinishda poʻsti tozalangan, bosilgan, yorma qilib qayta ishlov berilgan, oqlangan) boshoqli donlar; butun, yorma koʻrinishida bosilgan yoki yanchilgan boshoqli don murtagi |
|
7. |
1512 |
Kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari |
|
8. |
170199 |
Oq va boshqa shakar |
|
9. |
1902 |
Issiqlik bilan ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan, ichiga masalliq (goʻshtdan yoki boshqa mahsulotlardan) solingan yoki solinmagan, boshqa usulda tayyorlangan yoki tayyorlanmagan, shu kabi spagetti, makaronlar, ugra, lazanya, kletski, ravioli, kanneloni makaron mahsulotlari; tayyorlangan yoki tayyorlanmagan kuskus |
|
10. |
2102103100, 2102103900 |
Xamirturush |
|
11. |
3005 |
Tibbiyot, xirurgiya, stomatologiya yoki veterinariyada qoʻllash uchun moʻljallangan, chakana savdo uchun shakl va oʻramlarda qadoqlangan yoki farmatsevtik moddalar shimdirilgan yoki qoplangan paxta, doka, bint va shunga oʻxshash buyumlar (masalan, bogʻlash materiallari, leykoplastirlar, priparkalar) |
|
12. |
3306 |
Ogʻiz boʻshligʻi yoki tish gigiyenasi vositalari, shu jumladan, tish protezlarini qotirish uchun kukunlar va pastalar; chakana sotish uchun individual qadoqlangan tish oralarini tozalashda ishlatiladigan iplar (tish ipagi) |
|
13. |
3401, |
Sovun; tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, bruslar shaklidagi yoki qoliplangan buyumlar koʻrinishidagi sovun sifatida ishlatiladigan yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi organik moddalar va vositalar; suyuqlik yoki krem koʻrinishidagi va chakana sotish uchun qadoqlangan, tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi organik moddalar va terini yuvish vositalari; Yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi organik moddalar (sovundan tashqari); tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan (3401-tovar pozitsiyasidan tashqari) yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi moddalar, yuvish vositalari (shu jumladan, yordamchi yuvish vositalari) va tozalash vositalari |
|
14. |
3406000000 |
Shamlar, mumdan yasalgan ingichka shamlar va shunga oʻxshash buyumlar |
|
15. |
3605000000 |
Gugurtlar, 3604-tovar pozitsiyasidagi pirotexnika buyumlaridan tashqari |
|
16. |
4015110000, 4015190000 |
Vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan qoʻlqoplar, ish qoʻlqoplari va mitenkalar |
|
17. |
480300, |
Oʻramlar yoki listlarda boʻlgan, krepirlangan yoki krepirlanmagan, gofralangan yoki gofralanmagan, bosib naqshlangan yoki bosib naqshlanmagan, teshilgan yoki teshilmagan, yuzasi boʻyalgan yoki boʻyalmagan qogʻozdan tayyorlangan hojatxona salfetkalari yoki yuz artish uchun salfetkalar, sochiqlar yoki xoʻjalik-maishiy yoxud sanitariya-gigiyena uchun moʻljallangan boshqa turdagi qogʻozlar, sellyuloza momigʻi va sellyuloza tolasidan mato; Eni 36 sm dan oshmaydigan rulonlarda yoki oʻlcham yoxud shaklda kesilgan xoʻjalik-maishiy yoxud sanitariya-gigiyena uchun moʻljallangan hojatxona qogʻozi va shunga oʻxshash qogʻoz, sellyuloza momigʻi va sellyuloza tolasidan mato; xoʻjalik-maishiy, sanitariya-gigiyena yoki tibbiyot uchun moʻljallangan dastroʻmolchalar, kosmetik salfetkalar, sochiqlar, dasturxonlar, salfetkalar, choyshablar va shunga oʻxshash buyumlar, qogʻoz massasi, qogʻoz, sellyuloza momigʻi yoki sellyuloza tolasidan kiyim-kechak va unga tegishli buyumlar |
|
18. |
5603 |
Shimdirilgan yoki shimdirilmagan, qoplamali yoki qoplamasiz, dublirillangan yoki dublirillanmagan notoʻqima matolar |
|
19. |
9019200000 |
Ozon, kislorod va aerozol terapiyasi uchun sunʼiy nafas olish yoki boshqa terapevtik nafas oldirish apparatlari |
|
20. |
961900 |
Turli materiallardan tayyorlangan ayollarning gigiyenik prokladkalari va tamponlari, bolalar yoʻrgaklari va tagliklari hamda shunga oʻxshash buyumlar |