OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 28-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1791-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi 85-son “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2008-yil 17-martdagi 4, 3-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1791, 2008-yil 16-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 121-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi va Transport vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-mart,
19-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-mart,
113-son
KELIShILGAN:
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2020-yil 16-mart
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
2020-yil 12-mart
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
2020-yil 13-mart
Transport vaziri E. GANIYEV
2020-yil12-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/1791-1/0370-son)