27.02.2020 yildagi 149-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining qoʻshma qarori, 27.02.2020 yildagi 149-IV-son
Кучга кириш санаси
27.02.2020
Hujjat 27.02.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasini tuzish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning tatbiq etilishini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi uchun fuqarolar va davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tashkilotlari oʻrtasida aloqani taʼminlash, shu bilan birga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarishda Parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligini yoʻlga qoʻyish, bu masalada muntazam ravishda parlament va jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish, shuningdek har bir insonning manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha parlament komissiyasi reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-16-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 27-fevraldagi № 149-IV/KQ-16-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Narbayeva Tanzila Kamalovna

 

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Parlament komissiyasi Hamraisi

2.

Ismoilov Nurdinjon Muydinxanovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, Parlament komissiyasi Hamraisi

Komissiya aʼzolari:

3.

Gadoyev Erkin Fayziyevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi

4.

Alimov Ravshanbek Azadbekovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi

5.

Maxmudova Robaxon Anvarovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi

6.

Eshmatova Feruza Farxodovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi

7.

Tajiyev Baxadir Sadullayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi

8.

Borisova Yelena Mixaylovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi raisi

9.

Nazarov Sharofiddin Xakimovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi

10.

Xodjayeva Mavludaxon Islamovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi

11.

Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi

12.

Alixanov Boriy Batirovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi

13.

Shirinov Djaxongir Djabbarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va
sud-huquq masalalari qoʻmitasi
raisi

14.

—

Oliy Majlis Senati devon xodimi (Parlament komissiyasi masʼul kotibi)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 27-fevraldagi № 149-IV/KQ-16-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasining
REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasining (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) tuzilishi va faoliyati tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hayʼat organi hisoblanadi. Milliy maqsadlar va vazifalarni bajarish, sektorlararo muvofiqlashtirishni va Barqaror rivojlanish maqsadlariga (bundan buyon matnda BRM deb yuritiladi) erishishga integratsiyalangan yondashuvni taʼminlash boʻyicha davlat organlari, aloqador vazirlik va idoralar samarali ishlashini tashkil etishni taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarni 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi) koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Parlament komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, shuningdek ushbu Reglamentga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Parlament komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, nazorat qilish va unga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish hamda ularga erishish masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning hisobotlarini har chorakda bir marta eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi maqsadlar va vazifalarning bajarilishini taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tizimli monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarga kiritilgan sohalar (jumladan, ijtimoiy, sogʻliqni saqlash, ekologiya, gender tenglik, kambagʻallikni bartaraf qilish va boshqa masalalar) rivojini tanqidiy tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarning amaldagi holatini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat tomonidan taqdim etiladigan yillik budjet parametrlarining yetarliligini va milliy BRMni Oʻzbekistonda amalga oshirish boʻyicha rejalariga mosligini koʻrib chiqish va, zarurat boʻlsa, keyingi kalendar yiliga moʻljallangan Davlat budjetiga va Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartishlar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BRM sohasidagi yutuqlarni keng yoritish maqsadida jamoatchilik bilan aloqalarni, shu jumladan BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining (EKOSOS) yuksak darajadagi Siyosiy forumida Ixtiyoriy milliy sharhlarni muhokama qilish va taqdim etishda ishtirok etish orqali, qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni muhokama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Parlament komissiyasi zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qilish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha bajarilgan ishlarning borishi haqida axborot soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BRM amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha aholi, mutaxassislar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, aholi oʻrtasida anonim soʻrovlar tashkil etish va/yoki joylardagi haqiqiy holatni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament soʻrovi loyihalarini tayyorlash, davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga deputat soʻrovi va Senat aʼzosi soʻrovi yuborilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan tahlil yakunlari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash axborotini eshitish va tegishli tavsiyalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BRM masalalari boʻyicha mavzuga doir konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar tashkil etilishini taklif qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Parlament komissiyasi oʻz vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va ilmiy muassasalar vakillari, ekspertlar bilan belgilangan tartibda hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan Hamraislari va aʼzolardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Parlament komissiyasining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi tarkibiga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qoʻshma qarori bilan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri Parlament komissiyasi Hamraislari hisoblanadilar, ular navbatma-navbat majlislarda raislik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Parlament komissiyasi aʼzolari jamoatchilik asosida oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Parlament komissiyasi aʼzosi deputat yoki Senat aʼzosi sifatidagi vakolatlari tugatilsa, Parlament komissiyasidagi oʻz faoliyatini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Parlament komissiyasi faoliyatni samarali tashkil etishni taʼminlash va tahliliy tadqiqodlar olib borish maqsadida tegishli sohalarda katta nazariy va amaliy tajribaga ega mutaxassislar orasidan ilmiy-ekspertlar guruhlari, ishchi guruhlari tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Parlament komissiyasi Raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarini, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy muassasalar vakillarini, mutaxassislar hamda olimlarni Parlament komissiyasi majlislarida ishtirok etishga taklif qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining istiqboldagi va joriy faoliyati rejalashtirilishini tashkil etadi, Parlament komissiyasining ish rejasi va qarorlari bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi kun tartibini va uning majlisiga taklif etiladigan shaxslar roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi majlisini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi majlisi kun tartibida masalalar muhokamasini tashkil etadi va ularni ovozga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi aʼzolarining barcha takliflarini ular tushgan tartibda ovozga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining qarorlari va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi aʼzolari va taklif etilganlar ushbu Reglament normalariga rioya etishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Parlament komissiyasi aʼzosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi majlislari haqidagi axborotni oldindan olishga, Komissiya majlislarida ishtirok etish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi majlisida soʻzga chiqishga, Parlament komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi faoliyatiga taalluqli har qanday hujjatlar va materiallar bilan tanishib chiqish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining navbatdan tashqari majlisini chaqirish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi Hamraislari topshiriqlarini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining qabul qilgan qarorlariga qoʻshilmasa, yozma shaklda oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega, uning fikri Parlament komissiyasi majlisi bayonnomasiga ilova qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Parlament komissiyasi majlislarini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Parlament komissiyasining majlisi uning ishining tashkiliy shakli hisoblanadi. Parlament komissiyasi majlislari ish rejasiga muvofiq muntazam ravishda oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda, Parlament komissiyasining navbatdan tashqari majlislari oʻtkazilishi mumkin. Parlament komissiyasining majlisini Parlament komissiyaning Raisi yoki uning topshirigʻiga binoan Komissiya aʼzolaridan biri olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi oʻz vakolati doirasida har qanday masalani koʻrib chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining majlisi, agar unda Parlament komissiyasi aʼzolari umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etsa vakolatli hisoblanadi. Parlament komissiyasi aʼzosi Parlament komissiyasi majlisida ishtirok etishi imkoni boʻlmaganda, u koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan oʻz fikrini yozma shaklda taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Parlament komissiyasi majlislari odatda ochiq va oshkora oʻtkaziladi. Parlament komissiyasi majlislariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy muassasalar vakillari, mutaxassislar va olimlar, shuningdek BMT agentliklarining vakillari va masʼul hodimlari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi majlislarida Senat va Qonunchilik palatasi devonlari xodimlari ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Parlament komissiyasi majlisi davlat tilida oʻtkaziladi. Zarur hollarda Parlament komissiyasi majlisi ishtirokchilarining nutqlari boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, u majlisga raislik qiluvchi va majlis kotibi tomonidan imzolanadi. Parlament komissiyasining masʼul kotibi majlis bayonnomasini yuritadi. Parlament komissiyasining bayonnomasida Parlament komissiyasining kun tartibi, aʼzolarining va majlisda ishtirok etgan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, har bir koʻrib chiqilgan masala boʻyicha ovoz berish natijalari, qabul qilingan qarorlar qayd etiladi. Kun tartibi materiallari bayonnomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Parlament komissiyasi majlisi yakunlari boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar Parlament komissiyasi Raisi tomonidan imzolanadigan Parlament komissiyasi qarorlari bilan rasmiylashtiriladi. Parlament komissiyasi qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Parlament komissiyasi aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi qarorlari tavsiyaviy xususiyatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar Parlament komissiyasi Raisining imzosi bilan tegishli davlat organlari va boshqa korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlar hamda masalani hal qilish vakolatiga ega mansabdor shaxslarga yuboriladi. Parlament komissiyasi qarorini olgan davlat organlari va boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar belgilangan muddatda uni (hujjatni) koʻrib chiqishi va Parlament komissiyasi Raisini koʻrib chiqish natijalaridan xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Parlament komissiyasining muhokama masalalari va borishiga qoʻshilmagan aʼzosi oʻz fikrini yozma taqdim etish huquqiga ega boʻlib, bu Parlament komissiyasi aʼzolarining barchasiga yetkaziladi va majlisning tegishli bayonnomasiga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Parlament komissiyasi tomonidan muhokama etiladigan ijtimoiy muhim masalalar va Parlament komissiyasi majlisida qabul qilingan qarorlar Parlament komissiyasi Raisining topshirigʻi bilan ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Parlament komissiyasi faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan va boshqacha tarzda taʼminlash Muvofiqlashtiruvchi kengash va uning Kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi aʼzolari malakasini oshirish, amaliyotini va safarlarini tashkil etish masalalari Parlament komissiyasi Raisi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Reglamentga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflar Parlament komissiyasi majlisida koʻrib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlariga keyinchalik koʻrib chiqish uchun kiritiladi.