19.03.2020 yildagi PF-5969-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini toʻxtatish orqali misli koʻrilmagan choralar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va isteʼmol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xom ashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Global iqtisodiyot tizimining bir qismi boʻlgan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar taʼsir qilmoqda, bu esa oʻz navbatida ushbu holatning salbiy taʼsirlarini yumshatish boʻyicha samarali oldini oluvchi choralar koʻrishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va toʻqimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash va ularning barqarorligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, 10 trln soʻm miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash va boshqa muassasalarni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun zarur boʻladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatar ostida boʻlgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda boʻlgan shaxslarni karantinda saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash boʻyicha tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilar orqali tadbirkorlikni va aholi bandligini qoʻllab-quvvatlash:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish, sotib olish va sotish uchun berilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga kafillik hamda kompensatsiya taqdim etishni kengaytirish;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida iqtisodiy faollikni va bandlikni kengaytirishga qaratilgan qoʻshimcha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, eng avvalo, kichik sanoat zonalarida muhandislik kommunikatsiyalarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, shu jumladan quyidagilar uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralarni kuchaytirish va nafaqa oluvchilar sonini oshirish, shu jumladan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasiga jamoat ishlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishga marhamat” monomarkazlarini va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil qilish, shuningdek, mehnat migrantlarini kasbga va tilga oʻrgatishni tashkillashtirish orqali ularni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagilar orqali iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida jalb etilgan kreditlarni soʻndirish, shuningdek, birinchi darajali xarajatlarni amalga oshirish uchun foizsiz budjet ssudalari ajratish yoʻli bilan strategik korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi tarqalishining salbiy taʼsiriga eng koʻp uchraydigan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek, kredit portfeli sifati yomonlashgan hollarda tijorat banklarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha choralarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yilgacha boʻlgan muddatga foizsiz budjet ssudalarini ajratish orqali soliq toʻlash muddatlari boʻyicha kechiktirish taqdim etilishi hamda tadbirkorlik faolligining sustlashishi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida olinmay qolinadigan daromadlar oʻrnini toʻldirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi manbalari etib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari (shu jumladan xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga), xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasini moliyalashtirishni taʼminlash maqsadida 2020-yilda budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSH dollari miqdorigacha tashqi qarz mablagʻlarini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport qiluvchilar va tijorat banklarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda soliq va bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish orqali ishga solinmagan zaxiralarni izlab topish, hisoblangan soliqlar toʻliq toʻlanishini taʼminlash, “yashirin” iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojxona maʼmurchiligining yangi samarali shakllarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda kompleks chora-tadbirlar ijrosi hamda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyunga qadar yuzaga kelayotgan makroiqtisodiy vaziyatni, shuningdek, quyidagilarni hisobga olgan holda 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini aniqlashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash, jumladan kichik sanoat zonalariga muhandislik kommunikatsiyalarini oʻtkazish uchun imkoniyatlarni taqdim etuvchi yanada ustuvor boʻlgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga mablagʻlarni qayta yoʻnaltirgan holda Investitsiya dasturini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasini tashkil etish hamda tadbirkorlikni va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash uchun xarajatlarni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020-yilda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzlarining chegaraviy hajmlarini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha xarajatlarni maqbullashtirish va cheklash yuzasidan aniq takliflarni kiritgan holda qatʼiy budjet intizomi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal qilish va qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchilik qiladigan Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining hududiy shtablarini ularning aniq funksiya va vazifalarini belgilagan holda tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha darajadagi rahbarlarning idoraviy mansub tashkilotlarda aholi va tadbirkorlik subyektlarining yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarni hal etish maqsadida qilgan murojaatlariga alohida eʼtibor qaratish, rasmiyatchilik, sansalorlik va byurokratiyaga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan shaxsiy javobgarligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha boʻlgan davrda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yigʻimlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-apreldan 1-iyulgacha boʻlgan davrda turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qishloq xoʻjaligidagi yerlarni sugʻorish uchun foydalaniladigan hajmlar boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yilda oʻrnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2019-yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020-yil 1-avgustga qadar uzaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlash muddati 2020-yil 15-oktabrga qadar uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldan jismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlarni soliqqa tortishdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur bandda belgilangan imtiyozni 2020-yil 1-apreldan amalga kiritishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish, shuningdek, ularning stavkalarini kamaytirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini 30 foizga kamaytirish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash boʻyicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) taqdim etsin. Bunda, koʻrsatib oʻtilgan soliqlarni toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) soliq toʻlovchilarning arizasi, shuningdek, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil 1-oktabrgacha boʻlgan davrda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qoʻllash toʻxtatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha penyalar hisoblanishini toʻxtatib turadi, shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini koʻrmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish yoʻli bilan soliq hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishda “Soliq xizmati” DUK orqali soliq toʻlovchilarga yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarning davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan soliq majburiyatlarini bajarishi uchun ularga masofadan xizmat koʻrsatishni kengaytirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2021-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq auditidan oʻtkazish toʻxtatilsin, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan oʻtkazish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tadbirkorlik subyektlariga:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-156-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil davomida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligini soʻndirish evaziga texnologik asbob-uskunalar va xom ashyo tovarlarini import qilish boʻyicha bir martalik operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni chegara bojxona postlari orqali tezkorlik bilan oʻtkazish, ularning uzluksiz bojxona rasmiylashtiruvini, shuningdek, eksport va import qilinayotgan tovarlarga ruxsat beruvchi hujjatlarning berilishini taʼminlash boʻyicha tezkor shtab tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-apreldan boshlab, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining tezkor tartibda, shu jumladan ruxsat beruvchi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgunga qadar berish orqali bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmi joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki hafta muddatda global ishlab chiqarish zanjirlari, transport-logistika tizimlari va savdo aloqalaridagi uzilishlar taʼsir qilayotgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga 2020-yil 1-oktabrga qadar eksport qiluvchilarning transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan subsidiyalar taqdim etish haqida mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi ikki hafta muddatda eksport qiluvchilarni manzilli qoʻllab-quvvatlashning taʼsirchan chora-tadbirlarini tasdiqlasin, shuningdek, barcha mulkchilik shaklidagi eksport qiluvchilarning yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarini oʻz vaqtida aniqlash va tezkor hal qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan respublika hududlaridagi quyidagilarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashni nazarda tutuvchi 2020-yilga qoʻshimcha infratuzilma loyihalari roʻyxatini shakllantirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari infratuzilma obyektlari uchun — 400 mlrd soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, umumiy foydalanishdagi yoʻllarni joriy taʼmirlash uchun — 1 trln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlari uchun — 500 mlrd soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya va melioratsiya obyektlari uchun — 400 mlrd soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash obyektlari uchun — 500 mlrd soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari uchun — 800 mlrd soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy faollik va bandlikni, shu jumladan ipoteka kreditlash hajmlarini oshirishni taʼminlovchi boshqa obyektlar uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi va oʻrnatilgan talablarga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha boʻlgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi bilan zararlanib, karantinga joylashtirilgan 14 yoshga toʻlmagan bolaning ota-onasi (uning oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) boʻlgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar sonini 2020-yil 1-apreldan boshlab 10 foizga oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va oʻz faoliyatini toʻxtatgan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlarini oʻz vaqtida toʻlab berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tizimini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarning faoliyati toʻxtatilgan davrda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinflari oʻquvchilarining ota-onalariga (ular oʻrnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik taʼtildan foydalanish grafigidan qatʼi nazar (shu jumladan 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik taʼtil taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga oʻtkazishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bank va toʻlov tizimlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini taʼminlash choralarini quyidagilar orqali koʻrish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanish hisobiga pul bozoriga har oyda umumiy summasi 1 trln soʻmgacha likvidlik taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankomatlarning yetarli miqdordagi naqd pul mablagʻlari bilan uzluksiz taʼminlanishi, shuningdek, masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tijorat banklari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik operatorlarga, mehmonxona biznesi subyektlariga, transport-logistika kompaniyalariga va turizm tarmogʻining boshqa korxonalariga, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ajratilgan kreditlar boʻyicha umumiy summasi 5 trln soʻmlik qarzdorliklarni toʻlash boʻyicha kechiktirishni (jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020-yil 1-oktabrga qadar uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tadbirkorlik korxonalariga taqdim etilgan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun, shu jumladan isteʼmol bozorini eng zarur tovarlar bilan toʻldirish uchun qayta tiklanadigan revolver kreditlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyunga qadar kredit portfelini stress-testdan oʻtkazish, shuningdek, muammoli kreditlarning ortish xavfi mavjud boʻlgan banklarda aktivlar sifatini baholab borish natijalarini taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik subyektlariga kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kafillik va kompensatsiyalar taqdim etish hajmlarini oshirishga boʻlgan talabni hisobga olgan holda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kapitallashuvini 500 mlrd soʻmgacha oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Uzbekistan airways” AJning 111 mln AQSH dollariga teng boʻlgan kreditini qoplash grafigini 2020-yil uchun qarzdorliklar toʻlovini toʻxtatgan holda qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelganligi munosabati bilan kreditlar va ular bilan bogʻliq toʻlovlarni qaytarish shartlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha “Uzbekistan airways” AJning xorijiy kreditorlari bilan muzokaralar olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi uch kun muddatda cheklovlar amal qiladigan davr uchun yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari kelib chiqqanligi haqida rasmiy xabarnoma eʼlon qilsin hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning murojaatlari asosida bir kunlik muddatda tegishli sertifikatlar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xom ashyo resurslari hajmlarini monitoring qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish uchun ularning birjaga qoʻyish hajmini oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi tomonidan importga xarid qilinadigan va intervensiya amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati va zarur hajmlarini aniqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining bozorlardagi narxlari ustidan kunlik monitoring oʻtkazishni taʼminlasin hamda ularning narxlarni sunʼiy oshirish, sunʼiy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yoʻl qoʻymaslik ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi oziq-ovqat mahsulotlarini shartnomalar asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda, bozorni toʻldirish va ichki bozorlardagi mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun yetarli hajmlarda sotishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil 22-martdan boshlab ikki oy davomida kunlik selektor yigʻilishlarini oʻtkazib, har bir hududda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma, transport va logistika, ijtimoiy soha obyektlari, savdo tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash chora-tadbirlari ijrosini batafsil muhokama qilib borsin hamda ularning natijalariga koʻra yuzaga keladigan masala va muammolar boʻyicha tezkor qarorlar qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmonning ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har hafta axborot berib borsin hamda, zarur hollarda, inqirozga qarshi kurashishning qoʻshimcha choralari boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish choralarining amalga oshirilishi, sanitariya-epidemiologik va tibbiyot muassasalarining uzluksiz faoliyatini taʼminlash ustidan shaxsiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari va aholining murojaatlarini tezkorlik bilan koʻrib chiqish, joylarda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va bandlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha zaxiralar aniqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oshib borayotgan yuklamani hisobga olgan holda telekommunikatsiya infratuzilmasining barqaror faoliyatini taʼminlash choralarini koʻrsin hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini qabul qilish uchun “tezkor aloqa liniyalari”ning uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish hamda uning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida aholi oʻrtasida tizimli ravishda axborot-maʼrifiy ishlarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5969-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari

S.U. Umurzoqov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

A.A. Abduhakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi

M.B. Nurmuratov

Markaziy bank raisi

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

E.M. Ganiyev

transport vaziri

N.B. Husanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

R.T. Mamatov

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

M.B. Azimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

B.A. Musayev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Sh.Sh. Sharaxmetov

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

F.N. Arziyev

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

A.I. Ikramov

Savdo-sanoat palatasi raisi

A.J. Ortiqov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri, Respublika komissiyasi kotibi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5969/0341-son, 22.10.2020-y., 06/20/6091/1399-son; 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son)