18.03.2020 yildagi PQ-4643-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanilishini ta’minlash, sohaga bozor mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi lavozimlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokurorlarining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi transport prokurorining katta yordamchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ekin maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi texnikalari holatini nazorat qilish, mineral o‘g‘itlarning maqsadli ishlatilishini, paxta va g‘alla hosilini yig‘ib olishda jamoat tartibi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi deb qayta nomlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalarining qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limlari agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limlari deb qayta nomlanib, ularga qo‘shimcha 145 ta shtat birliklari ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining boshqarma maqomiga ega bo‘lgan 12 nafar xodimdan iborat boshqaruv apparati tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat ichki ishlar boshqarmalari (bosh boshqarmasi) boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosarlari bo‘ysundiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tegishli sohaviy xizmat xodimlarini (ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika inspektorlaridan tashqari) jalb etish vakolati beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini va uning boshqaruv apparatini kiritish Ichki ishlar vazirligi xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) prokuratura organlari tuzilmasiga yangi kiritilayotgan lavozimlar va ajratilayotgan qo‘shimcha shtat birliklari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimidagi 160 ta shtatlar sonini qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosari — Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimlari tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi vazirlik Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti etib qayta tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra, tuman va shahar hokimlariga o‘z hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridagi haqiqiy ahvolni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi yoki uning hududiy boshqarmalariga uchuvchisiz uchish apparatlardan foydalanish bo‘yicha buyurtma berish vakolati beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi yerlarining monitoringi samaradorligini oshirish, ularning o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish maqsadida kosmosuratlar bilan ishlash, ularni deshifrovka qilish va Milliy geoaxborot tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘ysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlar bazasini Milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilsin hamda yer va suv resurslari bo‘yicha uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqaruvchi sertifikatlangan pilotlarni 2020-yil yakuniga qadar 100 nafarga, 2021-yil yakuniga qadar 200 nafarga yetkazish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchuvchisiz uchish apparatlari har bir tuman va shaharda ishlatilishini inobatga olgan holda, ularning samaradorligini oshiruvchi dasturiy ta’minotlarni joriy etish, shuningdek, uchish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aerofotosurat olishga mo‘ljallangan resurstejamkor samolyotni hamda uni jihozlovchi lazerli multispektral kamerani, istisno tariqasida, tender savdolarisiz, ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi ma’lumotlar bazasidagi sun’iy yo‘ldosh orqali yerni masofadan zondlash suratlaridan beg‘araz foydalanish va o‘zaro axborot almashuvini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali amalga oshirishga ruxsat berilsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi bir hafta muddatda tegishincha Bosh prokuror va ichki ishlar vazirining agrar va oziq-ovqat sohalariga biriktirilgan o‘rinbosarlariga kerakli tarkibiy tuzilmalarning ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, resurstejovchi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etishga oid “Mahalla”, “O‘zbekiston 24”, “Yoshlar” va mahalliy telekanallarda maxsus ko‘rsatuvlar tashkil etish hamda muntazam namoyish etib borish yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4643-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 07/20/4643/0332-son)