Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
buyrugʻi
Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2949-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 28-avgustdagi 6-mh-sonli ““Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2949-3, 11.09.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 24-oktabr 12-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2949, 2017-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2949/0286-son) bilan tasdiqlangan Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. NABIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-fevral,
1-mh-son
Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 21-fevraldagi 1-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 12-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotnoma-anketani muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
“231. Sport pasportini rasmiylashtirish va berish uchun yigʻim pul toʻlovi amalga oshirilayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi hamda Markaz hisob raqamiga oʻtkaziladi.”.
3. 4-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotnoma-anketani muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 10/20/2949-1/0294-son)