Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI VA MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING IChKI VA ChEGARA QOʻShINLARI HARBIY XIZMATChILARIGA, OʻQUV MUASSASALARI TINGLOVChILARI HAMDA KURSANTLARIGA TIBBIY XIZMAT KOʻRSATIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 352-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining ichki va chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilariga, oʻquv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlariga tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-davolash muassasalari zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining ichki va chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarini, oʻquv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlarini statsionar davolash vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 1996-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra shtatdagi 127 nafar xodimlari bilan ichki qoʻshinlarning garnizon gospitalini (Navoiy sh.) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi balansiga bersin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatini 1996-yilda mablagʻ bilan taʼminlash rejalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi smetasida Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati ichki va chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarini, oʻquv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlarini davolash uchun mablagʻlarni har yili nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-sentabr,
336-son