Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, oʻquv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlariga tibbiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 462-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2020-y., 09/20/462/1139-son)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 352-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, oʻquv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlariga tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 462-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2020-y., 09/20/462/1139-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-davolash muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini, oʻquv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlarini belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalarga asosan statsionar davolash vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-davolash muassasalari tomonidan tibbiy xizmatlar koʻrsatishda Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya ovqatlanish, kommunal xizmatlar, hammom-kirxona xizmati, dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun qilingan harajatlarni Mudofaa vazirligiga qoplab beradi, ushbu mablagʻlar keyinchalik Mudofaa vazirligining moddiy-texnik bazasini takomillashtirishga yoʻnaltiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 462-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2020-y., 09/20/462/1139-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 1996-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra shtatdagi 127 nafar xodimlari bilan ichki qoʻshinlarning garnizon gospitalini (Navoiy sh.) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi balansiga bersin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatini 1996-yilda mablagʻ bilan taʼminlash rejalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati smetasida harbiy xizmatchilarini davolash uchun mablagʻlarni har yili nazarda tutsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 462-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2020-y., 09/20/462/1139-son)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-sentabr,
336-son