Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KOREYA RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 29-yanvardagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Koreya Respublikasining Seul shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi taʼsis etilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
1996-yil uchun Elchixona xodimlari soni 9 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 6 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 3 kishi — maʼmuriy-texnik xodimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1996-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 21-sentabr,
331-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 16-iyuldagi PQ-1369-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)