Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAUDIYA ARABISTONI QIROLLIGIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Qirolligi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 20-fevraldagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Saudiya Arabistoni Qirolligining Er-Riyad shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi taʼsis etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Qirolligidagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 21-sentabr,
330-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)