Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qoʻriqlash va nazorat-litsenziya faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-iyul,
PF-5773-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5379-son Farmonining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Quyidagi funksiyalar:
2018-yil 1-apreldan rejimli mudofaa obyektlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilganligi haqida maʼlumotnoma berish — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga;
Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarishga ruxsat berish — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga oʻtkazilsin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi oltinchi xatboshidan “mol-mulk va obyektlarni qoʻriqlash” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2940-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 6-bandda:
toʻrtinchi xatboshidan “ayrim diplomatik obyektlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidan “fuqaroviy va xizmat qurollari, ularning oʻq-dorilari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidan “hamda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalarini qoʻriqlashning” soʻzlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn oltinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishincha oʻn beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3216-son qarorining 17-bandi uchinchi xatboshisidan “Fargʻona va Dashtobod shaharlarida esa Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3786-son qarorining 5-bandi uchinchi xatboshisidan “qoʻriqlash” soʻzi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)