1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er;
2.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;
3.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom

1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish shuningdek, suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash, nasos agregatini oʻrnatish hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarni bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom qoidalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval foydalanishga qaytarilgan yer maydonlarida amalga oshirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga hamda mavjud irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini taʼmirlash-tiklash ishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmonining 3-ilovasida keltirilgan tuman (shahar)ning qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan yerlarga, oʻrmon fondining oʻrmon bilan qoplanmagan va suv bilan taʼminlanmagan yerlariga hamda tuman hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ajratilgan yerlarga, shuningdek, lalmi va adir yerlarga nisbatan tatbiq etiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.12.00 Yerni olib qoʻyish natijasida yetkazilgan zarar va ziyonlarni qoplash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya obyektlari — suv resurslarini boshqarish, toʻplash va ularni suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga yetkazish, sugʻoriladigan yerlarni suv bilan taʼminlashga koʻmaklashadigan, gidrouzellar, suv oqimini yoʻnaltirish, daryolar va kanallar oʻzanlarini himoya qilish, suv omborlari, sel-suv omborlari, irrigatsiya tizimi kanallari va sugʻorish tarmoqlari inshootlari bilan, nasos stansiyalari, sugʻorish vertikal quduqlari, suv olish, suv tashlash, suv chiqarish va boshqa inshootlarni oʻz ichiga oladigan suv xoʻjaligi obyektlari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
melioratsiya obyektlari — kollektor-drenaj yer usti tashlama suvlarini toʻplash hamda ularni sugʻoriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga koʻmaklashadigan kollektorlarni va kollektor-drenaj tarmogʻini, vertikal drenaj quduqlarini, melioratsiya nasos stansiyalarini (agregatlarini) va kuzatuv tarmogʻini oʻz ichiga oladigan suv xoʻjaligi obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish — irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini toʻliq yoki qisman qayta qurish va qurish. Obyekt rekonstruksiya qilingandan keyin uning dastlabki loyiha parametrlari va inshootlar tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki toʻliq oʻzgarishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vertikal sugʻorish qudugʻi — yer osti suvlarini chiqarishga xizmat qiladigan, suv qabul qilgich, elektr nasos, quvurlar, shuningdek, boshqarish stansiyasi bilan jihozlangan hamda xizmat koʻrsatayotgan maydonni suv bilan taʼminlash uchun barpo etiladigan quduqdan iborat suv xoʻjaligi obyekti;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskori — qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kirituvchi va shu maqsadda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarini oʻz mablagʻi hisobidan amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar — aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish istagini bildirgan tomorqa yer egalari.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish (keyingi oʻrinlarda qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari deb ataladi) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan, yerlarni foydalanishga kiritishda vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va nasos agregatini oʻrnatish hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning esa 50 foizi, biroq 120 million soʻmgacha boʻlgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) mablagʻlari hisobidan (subsidiya sifatida) tuzilgan investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida bir marta qoplab beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqa yerini sugʻorish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq boʻlgan kichik hajmdagi har bir vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan qismini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sugʻorish uchun katta hajmdagi vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarning 100 foizini, biroq 150 million soʻmdan oshmagan qismini;
(5-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun 0,15 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda 30 yilga ijaraga berilgan va bitta konturda yoki yonma-yon ikkita konturda joylashgan kamida 30 ta dehqon xoʻjaliklari yerlarini sugʻorish uchun katta hajmli vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning 100 foizi, biroq 150 million soʻmdan oshmagan qismini;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va nasos agregatini oʻrnatish hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq 120 million soʻmgacha boʻlgan qismini qoplash uchun ajratiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, loyiha tashabbuskorlarining qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya ishlari, shuningdek, talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va nasos agregatini oʻrnatish hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining qolgan qismi ularning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq Davlat budjetidan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga markazlashgan xarajatlar smetasida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga asosan melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning 5 foizi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadigan qoʻshimcha mablagʻlar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlarini oʻzlashtirish uchun irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari xarajatlarining bir qismini qoplashga zarur qoʻshimcha mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyiha tashabbuskorlarining qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlari Davlat budjetidan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Manzilli dasturni shakllantirish tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarining manzilli dasturini shakllantirish
(2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan 1-paragraf bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman (shahar) hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hududiy organlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini hisobot yilining 1-fevraliga qadar shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzilli roʻyxatni shakllantirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga asosan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish prognoz koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari miqdori;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga kiritilayotgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarining nomi, yer maydoni, quvvati, ularning dastlabki qiymati va loyiha tashabbuskorlari nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq unumdorligi, yerlarning ball boniteti hamda infratuzilma obyektlari (dala shiyponi, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, sugʻorish inshootlari va boshqalar) bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim etilgan tuman (shahar) manzilli roʻyxatini belgilangan tartibda koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda hisobot yilining 1-martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadilar.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) va hududiy manzilli roʻyxatlarni sifatli shakllantirish, taqdim etilgan maʼlumotlarning aniqliligi yuzasidan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hududiy manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda hisobot yilining 1-apreliga qadar tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari boʻyicha manzilli dastur Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham kelishiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun Davlat budjetidan har bir gektar yerga 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan, yerlarni foydalanishga kiritishda vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va nasos agregatini oʻrnatish hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning esa 50 foizi, biroq 120 million soʻmgacha qoplanadigan qismini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari boʻyicha tasdiqlangan manzilli dasturiga asosan mazkur maqsadlar uchun markazlashgan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida aniqlaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tasdiqlangan manzilli roʻyxatini, hisobot yilining 15-apreliga qadar ommaviy axborot vositalarida hamda vazirlikning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning manzilli dasturini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Tuman (shahar) hokimliklari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlimlari, hokim yordamchilari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda kelgusi hisobot yilida suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish boʻyicha talabgorlarning manzilli roʻyxatini yiliga ikki marta, yaʼni birinchi marta hisobot yilining 1-noyabriga qadar, ikkinchi marta hisobot yilining 1-mayiga qadar shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.
(101-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) manzilli roʻyxatini shakllantirishda vertikal sugʻorish quduqlari burgʻulanadigan suv taʼminoti ogʻir boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinlari, aholi xonadonlari, dehqon xoʻjaliklari shuningdek, qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar inobatga olinadi.
(101-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish, shuningdek daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun tasdiqlangan manzilli roʻyxat Kengashning rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan kundan boshlab bir yil muddatga amal qiladi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim etilgan tumanlar manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda hisobot yilining tegishlicha 1-dekabr va 1-iyuniga qadar Kengashga taqdim etadi.
(102-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) va hududiy manzilli roʻyxatlarni sifatli shakllantirish, taqdim etilgan maʼlumotlarning aniq va ishonchligi yuzasidan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Kengash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hududiy manzilli roʻyxatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda hisobot yilining 15-dekabriga va 15-iyuniga qadar tasdiqlaydi.
(103-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash hisobot yilida suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish boʻyicha talabgorlarning manzilli dasturini hisobot yilining tegishlicha 1-yanvar va 1-iyuliga qadar oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
(103-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari boʻyicha investitsiya shartnomasini yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturlarga asosan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda investitsiya shartnomasi yoki “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablaridan kelib chiqib loyiha tashabbuskorlari bilan investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Davlat budjetidan har bir gektar yerga ajratiladigan subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari yer maydonlarini investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolanganidan soʻng vakolatli davlat organi qaroriga asosan loyiha tashabbuskoriga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ajratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Investitsiya shartnomasida yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskori tomonidan bajariladigan qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari roʻyxati va unga talab etiladigan mablagʻlar dastlabki miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan har bir gektar yerga ajratiladigan subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori va boshqa majburiyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish tartibi
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§ Qurish va rekonstruksiya qilish xarajatlarini davlat budjetidan qoplab berish tartibi
(4-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan 1-paragraf bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Loyiha tashabbuskorlari qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablagʻ olish uchun tegishli ravishda Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza-talabnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan qurish va rekonstruksiya ishlari xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (hisob-faktura va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari raisligida tasdiqlanadigan foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan rasmiylashtirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmalariga loyiha tashabbuskori tomonidan mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim qilinmaganda, ularni uch ish kunida loyiha tashabbuskoriga toʻliq holda taqdim qilish uchun qaytaradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari loyiha tashabbuskorlarining qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish boʻyicha bajarilgan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish yuzasidan kelib tushgan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining Davlat budjetidan qoplanadigan qismini uch ish kunida Suv xoʻjaligi vazirligining markazlashgan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi orqali loyiha tashabbuskorlarining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlar mablagʻlari hisobidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash boʻyicha kelishuvlar amalga oshirilgan hollarda, erishilgan kelishuvlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ikki tomonlama moliyalashtirishni va Davlat budjeti mablagʻlarini maqsadliligini taʼminlash boʻyicha har chorakda bir marta axborot kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlar mablagʻlari hisobiga qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§ Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Talabgorlar vertikal sugʻorish quduqlari burgʻulanib ishga tushirilgandan soʻng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablagʻ olish uchun tegishli ravishda tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi oʻrinlarda — tuman kengashi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (gidrogeologiya xulosasi, korxona va talabgor oʻrtasida tuzilgan shartnoma, hisob-faktura, nazorat-oʻlchov xulosasi, suv bilan taʼminlanadigan kamida 30 nafar tomorqa yer egalarining MFY raisi tomonidan tasdiqlangan roʻyxati, talabgorning bank rekvizitlari);
(201-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibda tuzilgan suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish ishlarini qabul qilish tuman (shahar) komissiyasining vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
(201-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan mazkur Nizomning 201-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim qilinmaganda, ularni uch ish kunida talabgorga toʻliq holda qayta taqdim qilish uchun qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan toʻliq taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi, tuman (shahar) hokimligi bilan kelishadi hamda viloyat fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar) taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash boʻyicha tushgan hujjatlarni uch ish kunida koʻrib chiqadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhi hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash boʻyicha subsidiya miqdori va talabgorlarning bank rekvizitlarini koʻrsatgan holda buyurtmanomalarni uch ish kunida shakllantiradi hamda tasdiqlagan holda Kengashga taqdim etadi.
(204-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Kengash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan kelishgan holda uch ish kunida talabgorlar kesimida buyurtmanoma rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2025-yillarda Davlat budjeti hisobidan qoplash uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-yanvardan boshlab — Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga mazkur jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplash uchun taqdim qiladi.
(205-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch ish kunida Kengash tomonidan kiritilgan buyurtmanoma asosida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan zarur mablagʻlarni Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
(206-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
(207-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi uch ish kunida Kengash tomonidan kiritilgan buyurtmanoma asosida subsidiyalarni uch ish kunida talabgorlarning tegishli tijorat bankidagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
(208-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash boʻyicha hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilishi hamda davlat tomonidan subsidiya mablagʻlari ajratilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan tizimli ravishda nazorat amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun davlat tomonidan subsidiya beriladigan yer maydonlarida qurish va rekonstruksiya ishlari yuzasidan nazorat belgilangan vakolatlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqa va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirishga Davlat budjetidan subsidiya beriladigan yer maydonlarida burgʻulanadigan va ishga tushiriladigan vertikal sugʻorish quduqlari yuzasidan nazorat begilagan vakolatlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, Kengash hamda uning hududiy organlari zimmasiga yuklatiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha tashabbuskorlarining yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarini davlat budjetidan qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Tuman (shahar) hokimliklari
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
1-fevralga qadar
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Tuman (shahar) manzilli roʻyxatini koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
1-martga qadar
3-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi
Hududiy manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib,Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari boʻyicha manzilli dasturni Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham kelishadi.
1-aprelga qadar
4-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi
Hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tasdiqlangan manzilli dasturini ommaviy axborot vositalarida hamda vazirlikning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.
15-aprelga qadar
5-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari
Tasdiqlangan manzilli dasturga asosan loyiha tashabbuskorlari bilan investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolaydi.
kelishuvga koʻra
6-bosqich
Loyiha tashabbuskorlari
Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, sarflangan xarajatlarningbir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplash uchun Suv xoʻjaligi vazirligining viloyat hududiy organlariga hujjatlarni taqdim etadi.
Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida
7-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligining viloyat hududiy organi
Loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni umumlashtirib Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
3 kun mobaynida
8-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi
Yer maydonlarini foydalanishga kiritishda qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining Davlat budjetidan qoplanadigan qismini loyiha tashabbuskorlarining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
3 kun mobaynida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Tuman (shahar) xokimliklari, Tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi,
Tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimi
Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish boʻyicha talabgorlarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.
Yiliga ikki marta:
1-noyabr va 1-mayga qadar
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Tumanlar (shahar) manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim etadi.
Yiliga ikki marta:
1-dekabr va 1-iyunga qadar
3-bosqich
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi
Hududiy manzilli roʻyxatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Yiliga ikki marta:
15-dekabr va 15-iyunga qadar
4-bosqich
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi
Manzilli dasturni ommaviy axborot vositalarida hamda oʻzining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.
Yiliga ikki marta:
1-yanvar va 1-iyulga qadar
5-bosqich
Talabgor
Vertikal sugʻorish quduqlari burgʻulanib ishga tushirilganidan soʻng, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olib oʻrnatilganidan soʻng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablagʻ olish uchun tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.
Ixtiyoriy ravishda
6-bosqich
Tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
Talabgorlar tomonidan toʻliq taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan holda hududiy fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim qiladi.
Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab 3 ish kunida
7-bosqich
Hududiy fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi
Tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan kiritilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhiga taqdim etadi.
3 ish kunida
8-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhi
Taqdim etilgan roʻyxatni koʻrib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan talabgorlar kesimida buyurtmanomalarni rasmiylashtiradi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim etadi.
3 ish kunida
9-bosqich
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhi taqdim etgan buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi va Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan kelishgan holda buyurtmanomalarni rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:
2022 — 2025-yillarda Moliya vazirligiga;
2026-yildan boshlab — Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplash uchun mazkur jamgʻarmaga taqdim qiladi.
3 ish kunida
10-bosqich
Moliya vazirligi
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan 2022 — 2025-yillarda kiritilgan buyurtmanomalar asosida zarur mablagʻlarni Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
3 ish kunida
11-bosqich
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Moliya vazirligidan 2022 — 2025-yillarda kelib tushgan mablagʻlarni gʻazna hisobvaragʻi orqali talabgorlarning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
3 ish kunida
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish ishlarini foydalanishga qabul qilish tuman (shahar) komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman (shahar) hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman (shahar) moliya boʻlimi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш