Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 24.02.2020 yildagi 109-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjat 08.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish shuningdek, suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash, nasos agregatini oʻrnatish hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarni bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom qoidalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval foydalanishga qaytarilgan yer maydonlarida amalga oshirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga hamda mavjud irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini taʼmirlash-tiklash ishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmonining 3-ilovasida keltirilgan tuman (shahar)ning qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan yerlarga, oʻrmon fondining oʻrmon bilan qoplanmagan va suv bilan taʼminlanmagan yerlariga hamda tuman hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ajratilgan yerlarga, shuningdek, lalmi va adir yerlarga nisbatan tatbiq etiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya obyektlari — suv resurslarini boshqarish, toʻplash va ularni suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga yetkazish, sugʻoriladigan yerlarni suv bilan taʼminlashga koʻmaklashadigan, gidrouzellar, suv oqimini yoʻnaltirish, daryolar va kanallar oʻzanlarini himoya qilish, suv omborlari, sel-suv omborlari, irrigatsiya tizimi kanallari va sugʻorish tarmoqlari inshootlari bilan, nasos stansiyalari, sugʻorish vertikal quduqlari, suv olish, suv tashlash, suv chiqarish va boshqa inshootlarni oʻz ichiga oladigan suv xoʻjaligi obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
melioratsiya obyektlari — kollektor-drenaj yer usti tashlama suvlarini toʻplash hamda ularni sugʻoriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga koʻmaklashadigan kollektorlarni va kollektor-drenaj tarmogʻini, vertikal drenaj quduqlarini, melioratsiya nasos stansiyalarini (agregatlarini) va kuzatuv tarmogʻini oʻz ichiga oladigan suv xoʻjaligi obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish — irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini toʻliq yoki qisman qayta qurish va qurish. Obyekt rekonstruksiya qilingandan keyin uning dastlabki loyiha parametrlari va inshootlar tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki toʻliq oʻzgarishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vertikal sugʻorish qudugʻi — yer osti suvlarini chiqarishga xizmat qiladigan, suv qabul qilgich, elektr nasos, quvurlar, shuningdek, boshqarish stansiyasi bilan jihozlangan hamda xizmat koʻrsatayotgan maydonni suv bilan taʼminlash uchun barpo etiladigan quduqdan iborat suv xoʻjaligi obyekti;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskori — qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kirituvchi va shu maqsadda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarini oʻz mablagʻi hisobidan amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar — aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish istagini bildirgan tomorqa yer egalari.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish (keyingi oʻrinlarda qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari deb ataladi) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan, yerlarni foydalanishga kiritishda vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va nasos agregatini oʻrnatish hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning esa 50 foizi, biroq 120 million soʻmgacha boʻlgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) mablagʻlari hisobidan (subsidiya sifatida) tuzilgan investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida bir marta qoplab beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqa yerini sugʻorish uchun chuqurligi 10 metrdan ortiq boʻlgan har bir vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajtlarni qoplashga quduqning har bir metr chuqurligi uchun 100 ming soʻmdan, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barovaridan oshmagan qismini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning 70 foizini, biroq 120 million soʻmdan oshmagan qismini;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va nasos agregatini oʻrnatish hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq 120 million soʻmgacha boʻlgan qismini qoplash uchun ajratiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, loyiha tashabbuskorlarining qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya ishlari, shuningdek, talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va nasos agregatini oʻrnatish hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining qolgan qismi ularning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq Davlat budjetidan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga markazlashgan xarajatlar smetasida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga asosan melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning 5 foizi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadigan qoʻshimcha mablagʻlar nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlarini oʻzlashtirish uchun irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari xarajatlarining bir qismini qoplashga zarur qoʻshimcha mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyiha tashabbuskorlarining qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlari Davlat budjetidan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Manzilli dasturni shakllantirish tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarining manzilli dasturini shakllantirish
(2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan 1-paragraf bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman (shahar) hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hududiy organlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini hisobot yilining 1-fevraliga qadar shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzilli roʻyxatni shakllantirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga asosan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish prognoz koʻrsatkichlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari miqdori;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga kiritilayotgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarining nomi, yer maydoni, quvvati, ularning dastlabki qiymati va loyiha tashabbuskorlari nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq unumdorligi, yerlarning ball boniteti hamda infratuzilma obyektlari (dala shiyponi, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, sugʻorish inshootlari va boshqalar) bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim etilgan tuman (shahar) manzilli roʻyxatini belgilangan tartibda koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda hisobot yilining 1-martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadilar.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) va hududiy manzilli roʻyxatlarni sifatli shakllantirish, taqdim etilgan maʼlumotlarning aniqliligi yuzasidan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hududiy manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda hisobot yilining 1-apreliga qadar tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari boʻyicha manzilli dastur Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham kelishiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun Davlat budjetidan har bir gektar yerga 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan, yerlarni foydalanishga kiritishda vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va nasos agregatini oʻrnatish hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning esa 50 foizi, biroq 120 million soʻmgacha qoplanadigan qismini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari boʻyicha tasdiqlangan manzilli dasturiga asosan mazkur maqsadlar uchun markazlashgan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida aniqlaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tasdiqlangan manzilli roʻyxatini, hisobot yilining 15-apreliga qadar ommaviy axborot vositalarida hamda vazirlikning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning manzilli dasturini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Tuman (shahar) hokimliklari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlimlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda hisobot yilida suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning manzilli roʻyxatini yiliga ikki marta, yaʼni birinchi marta hisobot yilining 1-fevraliga qadar, ikkinchi marta hisobot yilining 1-iyuniga qadar shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) manzilli roʻyxatini shakllantirishda vertikal sugʻorish quduqlari burgʻulanadigan suv taʼminoti ogʻir boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinlari, aholi xonadonlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim etilgan tumanlar manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda hisobot yilining tegishlicha 1-marti va 1-iyuliga qadar Kengashga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) va hududiy manzilli roʻyxatlarni sifatli shakllantirish, taqdim etilgan maʼlumotlarning aniq va ishonchligi yuzasidan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Kengash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hududiy manzilli roʻyxatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda hisobot yilining 1-apreliga va 1-avgustiga qadar tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash hisobot yilida suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning manzilli dasturini hisobot yilining tegishlicha 15-apreli va 15-avgustiga qadar ommaviy axborot vositalarida hamda Kengashning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boradi.
(2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan 2-paragraf bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari boʻyicha investitsiya shartnomasini yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturlarga asosan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda investitsiya shartnomasi yoki “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablaridan kelib chiqib loyiha tashabbuskorlari bilan investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Davlat budjetidan har bir gektar yerga ajratiladigan subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari yer maydonlarini investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolanganidan soʻng vakolatli davlat organi qaroriga asosan loyiha tashabbuskoriga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ajratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Investitsiya shartnomasida yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskori tomonidan bajariladigan qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari roʻyxati va unga talab etiladigan mablagʻlar dastlabki miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan har bir gektar yerga ajratiladigan subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori va boshqa majburiyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish tartibi
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§ Qurish va rekonstruksiya qilish xarajatlarini davlat budjetidan qoplab berish tartibi
(4-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan 1-paragraf bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Loyiha tashabbuskorlari qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablagʻ olish uchun tegishli ravishda Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza-talabnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan qurish va rekonstruksiya ishlari xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (hisob-faktura va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari raisligida tasdiqlanadigan foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan rasmiylashtirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmalariga loyiha tashabbuskori tomonidan mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim qilinmaganda, ularni uch ish kunida loyiha tashabbuskoriga toʻliq holda taqdim qilish uchun qaytaradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari loyiha tashabbuskorlarining qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish boʻyicha bajarilgan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish yuzasidan kelib tushgan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining Davlat budjetidan qoplanadigan qismini uch ish kunida Suv xoʻjaligi vazirligining markazlashgan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi orqali loyiha tashabbuskorlarining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlar mablagʻlari hisobidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash boʻyicha kelishuvlar amalga oshirilgan hollarda, erishilgan kelishuvlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ikki tomonlama moliyalashtirishni va Davlat budjeti mablagʻlarini maqsadliligini taʼminlash boʻyicha har chorakda bir marta axborot kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlar mablagʻlari hisobiga qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§ Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Talabgorlar vertikal sugʻorish quduqlari burgʻulanib ishga tushirilgandan soʻng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablagʻ olish uchun tegishli ravishda tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi oʻrinlarda — tuman kengashi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza-talabnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (hisob-faktura va boshqalar);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari raisligida tasdiqlanadigan foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan mazkur Nizomning 201-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim qilinmaganda, ularni uch ish kunida talabgorga toʻliq holda qayta taqdim qilish uchun qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan toʻliq taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi, tuman (shahar) hokimligi bilan kelishadi hamda viloyat fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar) taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Hududiy kengashlar talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha tushgan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishib Kengashga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Kengash hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan uch ish kunida talabgorlar kesimida buyurtmanoma rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan qoplash uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yildan boshlab — Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga mazkur jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplash uchun taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun mobaynida Kengash tomonidan kiritilgan buyurtmanoma asosida Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan zarur mablagʻlarni talabgor joylashgan hududdagi tuman budjeti hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Tuman moliya boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan kelib tushgan mablagʻlarni bir ish kuni mobaynida gʻazna hisobvaragʻi orqali talabgorlarning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bir ish kunida Kengash tomonidan kiritilgan buyurtmanoma asosida subsidiyalarni bir ish kunida talabgorlarning tegishli tijorat bankidagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi
(4-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan 2-paragraf bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash boʻyicha hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilishi hamda davlat tomonidan subsidiya mablagʻlari ajratilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan tizimli ravishda nazorat amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun davlat tomonidan subsidiya beriladigan yer maydonlarida qurish va rekonstruksiya ishlari yuzasidan nazorat belgilangan vakolatlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqa va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirishga Davlat budjetidan subsidiya beriladigan yer maydonlarida burgʻulanadigan va ishga tushiriladigan vertikal sugʻorish quduqlari yuzasidan nazorat begilagan vakolatlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, Kengash hamda uning hududiy organlari zimmasiga yuklatiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha tashabbuskorlarining yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarini davlat budjetidan qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

1-fevralga qadar

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Tuman (shahar) manzilli roʻyxatini koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

1-martga
qadar

3-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi

Hududiy manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib,Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari boʻyicha manzilli dasturni Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham kelishadi.

1-aprelga qadar

4-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi

Hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tasdiqlangan manzilli dasturini ommaviy axborot vositalarida hamda vazirlikning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.

15-aprelga qadar

5-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari

Tasdiqlangan manzilli dasturga asosan loyiha tashabbuskorlari bilan investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolaydi.

kelishuvga koʻra

6-bosqich

Loyiha tashabbuskorlari

Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, sarflangan xarajatlarningbir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplash uchun Suv xoʻjaligi vazirligining viloyat hududiy organlariga hujjatlarni taqdim etadi.

Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab
3 kun mobaynida

7-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligining viloyat hududiy organi

Loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni umumlashtirib Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

3 kun mobaynida

8-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi

Yer maydonlarini foydalanishga kiritishda qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining Davlat budjetidan qoplanadigan qismini loyiha tashabbuskorlarining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

3 kun mobaynida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlimlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda

Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.

yiliga ikki marta:

1-fevral va
1-iyunga qadar


2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Tumanlar (shahar) manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda Kengashga taqdim etadi.

yiliga ikki marta:

1 mart va
1-iyulga qadar


3-bosqich

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi

Hududiy manzilli roʻyxatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

yiliga ikki marta:

1 aprelva
1-avgustga qadar


4-bosqich

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi

Manzilli dasturini ommaviy axborot vositalarida hamda oʻzining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.

yiliga ikki marta:

15aprel va

15-avgustga qadar


5-bosqich

Talabgor

Vertikal sugʻorish quduqlari burgʻulanib ishga tushirilganidan soʻng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablagʻ olish uchun tegishli ravishda tuman kengashiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.

Ixtiyoriga koʻra


6-bosqich

Tuman kengashi

Talabgorlar tomonidan toʻliq taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan holda viloyat fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashlariga taqdim qiladi.

Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab
3
kun mobaynida


7-bosqich

Hududiy kengash

Tuman kengashi tomonidan kiritilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishadi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi taqdim etadi.

3 kun mobaynida


8-bosqich

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi

Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan talabgorlar kesimida buyurtmanoma rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:

2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;

2022-yildan boshlab Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplash uchun mazkur jamgʻarmaga taqdim qiladi.

3 kun mobaynida


9-bosqich

Moliya
vazirligi

Kengash tomonidan 2020-2021-yillarda kiritilgan buyurtmanoma asosida zarur mablagʻlarni talabgor joylashgan hududdagi tuman budjeti hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

3 kun mobaynida


10-bosqich

Tuman
moliya boʻlimi

Moliya vazirligidan kelib tushgan mablagʻlarni gʻazna hisobvaragʻi orqali talabgorlarning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

Bir ish kunida


11-bosqich

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Kengash tomonidan 2022-yildan boshlab kiritilgan buyurtmanoma asosida zarur mablagʻlarni talabgorning tegishli tijorat bankidagi hisobvaraqasiga oʻtkazib beradi.

Bir ish kunida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 09/20/109/0214-son, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/316/0489-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son; 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son, 20.08.2024-y., 09/24/515/0633-son; 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)