Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Sport-taʼlim muassasalaridan foydalanish darajasini va ular faoliyati samaradorligini yanada oshirish, bolalarni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etishni kengaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusida belgilangan vazifalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 maydagi 272-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yilda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini saqlash xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2021-yildan boshlab esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida nazarda tutiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlari loyihalarini shakllantirishda ushbu qarorga muvofiq tashkil etiladigan sport obyektlari belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin;
yangidan tashkil etiladigan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin va ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
yangidan tashkil etiladigan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini hamda bolalar va oʻsmirlar sport maktablari filiallarini yuqori malakali boshqaruv kadrlari va trenerlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelgacha bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining namunaviy shtatlar meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish choralarini koʻrsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-fevral,
90-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/90/0180-son, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)