Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING “ISTEʼMOL TOVARLARINI KUPONLAR BOʻYIChA SOTISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 30-MARTDAGI 15Z-SON QARORIGA QISMAN OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 22-dekabrdagi 584-son “1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasida isteʼmol bozorini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ichki isteʼmol bozorini himoya qilishni kuchaytirish, respublika aholisini tovarlar bilan barqaror taʼminlash maqsadida hamda mehnatkashlarning istaklarini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Fuqarolarda ishlatilmagan kuponlar mavjudligini tekshirish natijalarini, aholi daromadlarining oʻsishini hisobga olib hamda kuponlar boʻyicha sotiladigan tovarlar miqdori bilan ularni boshqarib borish maqsadida qayd qilingan daromadlar boʻyicha kuponlar berish miqdorini belgilashning yangi tabaqalashtirilgan shkalasi 1992-yil 1-iyuldan boshlab ilovaga muvofiq belgilansin.
3. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar va barcha mulkchilik shakllaridagi xoʻjaliklar shu yilning 8-iyuligacha tegishli bank muassasalariga ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar oshishini hisobga olib, yangi shkalaga muvofiq zarur kuponlar miqdoriga buyurtmalar bersinlar.
Respublika hududida joylashgan barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xoʻjaliklar shu yilning 10-iyuligacha xodimlarga, pensionerlarga, talabalarga va fuqarolarning boshqa toifalariga 1992-yil iyul oyi uchun kuponlar berishni taʼminlasinlar.
4. Tovarlarni kuponli kartochkalar boʻyicha sotish, ularni berish, saqlash, hisobga olish, inkassatsiya qilish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik Nizomga(1-ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ichki isteʼmol bozorini himoya qila borish maqsadida kuponli kartochkalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1992-yilning iyul — sentyabr oylarida oʻz kuchini saqlab qoladi”;
3-xatboshi chiqarib tashlansin;
4-xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yilning I va II choraklarida ajratilgan kuponlar shu yilning 1-oktabrigacha haqiqiydir”;
8-xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ishsizlik boʻyicha nafaqa oluvchi vaqtincha ishlamaydigan aholiga kuponlar nafaqa olish joyida shkalada belgilangan miqdorda beriladi”.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash uchun bank muassasalari tasarrufidagi savdo va nazorat tashkilotlari xodimlaridan iborat komissiyalar tuzsinlar. Kuponlar boʻyicha tovarlar sotishning belgilangan tartibiga rioya qilish boʻyicha tekshirish natijalarini har haftada koʻrib borsinlar va qatʼiy choralar koʻrsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-iyul,
312-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyuldagi 312-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qayd qilingan daromadlar yuzasidan 1992-yilning iyul—sentyabr oylari uchun kuponlar berish miqdorini belgilash
ShKALASI
|
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va boshqa qayd qilingan daromadlarning miqdori (soliqlarsiz va boshqa ushlab qolishlarsiz) (soʻm) |
Kuponlar berish miqdori |
| 1000 soʻmgacha | 500 |
| 1001 dan 2000 soʻmgacha | 500 soʻm + 1000 soʻmdan oshgan summaning 5 foizi |
| 2001 soʻm va undan yuqori | 550 soʻm + 2000 soʻmdan oshgan summaning 3 foizi |