O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Affinaj faoliyatini litsenziyalashni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
2020-yil 15-martdan boshlab affinaj faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi beradigan litsenziya asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;
affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) tomonidan beriladi;
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi beriladigan ish turlari (faoliyat turlari guruhlari doirasida) ro‘yxatiga muvofiq tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan xom-ashyo bilan ishlashga Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan avval berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi asosida faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat turini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddati tugagunicha litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda affinaj faoliyatini litsenziyalash jarayoniga jalb qilingan hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va boshqa tuzilmalarni ham jalb etgan holda, affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali berish bo‘yicha davlat xizmatini 2020-yil 15-martga qadar muddatda joriy qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi:
affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar mazkur qaror talablari asosida berilishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-fevral,
86-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2020-y., 09/20/86/0171-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)