Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2905-4]
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 10-iyuldagi 90-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2905, 2017-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 756-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-yanvar,
108-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 14-yanvardagi 108-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 5-bob quyidagi mazmundagi 71 — 73-bandlar bilan toʻldirilsin:
“71. Parazitologik laboratoriya diagnostikasidan iborat boʻlgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona);
vrach uchun ish stoli;
stullar;
kushetka (kamida 2 dona);
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
xonalar uchun koʻchma bakteriotsid lampa;
biks (kamida 4 dona);
laboratoriya stoli (kamida 2 dona);
sovutgich (xolodilnik);
gaz yoki elektr plitalar;
reagentlar uchun ikki kamerali sovutgich (xolodilnik);
kiyimlar uchun javon;
havo soʻrib oluvchi javon;
sterillash va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari;
termostat;
tsentrifuga (probirka uchun 8 ta 15 ml. oʻlchamli yoki 6 ta 15 ml. oʻlchamli);
predmet shishachasi toʻplami (kamida 200 dona);
qoplama shishachasi toʻplami (kamida 200 dona);
yoritqichli binokulyar mikroskop;
1180 — 1240 diapazonli areometr;
rN-metr yoki indikator testlari;
predmet shishachasi toʻplami (6x10 sm, 8x12 sm, kamida 200 dona);
qoplama shishachasi toʻplami (kamida 200 dona);
laboratoriya idishlari toʻplami;
30, 50, 100 gr.li polietilen yoki shisha stakanlar (kamida 100 dona);
probirkalar uchun shtativlar;
metall kovuzlok (petlya), 0,5 — 1 sm, kamida 20 dona);
shisha pipetkalar (kamida 20 dona);
Petri idishchalari (kamida 100 dona);
pinsetlar va ignalar;
shisha voronkalar;
kimyoviy reagentlar;
rezina probkalar;
turli ozuqa muhitlari uchun idish.
72. Biomaterial yigʻish punkti tashkil etiladigan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona);
stol va stullar;
kushetka yoki qon olish uchun maxsus oʻrindiq;
bolalar uchun yoʻrgak stoli (chaqaloqlar bilan ishlansa);
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
xonalar uchun koʻchma bakteriotsid lampa;
sovutgich (xolodilnik);
termosumka;
tsentrifuga;
termostat (qondan tashqari biomateriallar uchun);
havo soʻrib oluvchi javon (qondan tashqari biomateriallar uchun);
bir marta qoʻllaniladigan skarifikator (kamida 200 dona);
predmet shishachalari toʻplami;
turli qopqoqchali vakuteynyerlar;
probirkalar;
vakuteyner va probirkalar uchun shtativlar;
biomateriallar uchun konteynyerlar;
spirtli salfetkalar;
bir martalik qoʻlqoplar;
bir martalik shpritslar;
foydalanib boʻlingan narsalarni tashlash uchun idishlar;
kiyimlar uchun javon yoki ilgich.
73. Bakteriologik laboratoriya diagnostikasi tashkil etiladigan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona);
vrach uchun ish stoli;
stullar;
kushetka (kamida 2 dona);
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
xonalar uchun koʻchma bakteriotsid lampa;
biks (kamida 4 dona);
laboratoriya stoli (kamida 2 dona);
sovutgich (xolodilnik);
gaz yoki elektr plitalar;
reagentlar uchun ikki kamerali sovutgich (xolodilnik);
kiyimlar uchun javon;
havo soʻrib oluvchi javon;
sterillash va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari;
termostat;
tsentrifuga (probirka uchun 8 ta 15 ml. oʻlchamli yoki 6 ta 15 ml. oʻlchamli);
predmet shishachasi toʻplami (kamida 200 dona);
qoplama shishachasi toʻplami (kamida 200 dona);
yoritqichli binokulyar mikroskop;
1180 — 1240 diapazonli areometr;
rN-metr yoki indikator testlari;
predmet shishachasi toʻplami (6x10 sm, 8x12 sm, kamida 200 dona);
qoplama shishachasi toʻplami (kamida 200 dona);
laboratoriya idishlari toʻplami;
30, 50, 100 gr.li polietilen yoki shisha stakanlar (kamida 100 dona);
probirkalar uchun shtativlar;
metall kovuzlok (petlya), 0,5 — 1sm, kamida 20 dona);
shisha pipetkalar (kamida 20 dona);
Petri idishchalari (kamida 100 dona);
pinsetlar va ignalar;
shisha voronkalar;
kimyoviy reagentlar;
rezina probkalar;
turli ozuqa muhitlari uchun idish;
avtomatlashtirilgan identifikatsiyali bakteriologik analizator;
laminar javon;
stereomikroskop;
goryelkalar;
PSR toʻplami;
anaerostatlar yoki yuqori is gazli termostatlar;
serotiplar uchun toʻplamlar;
muhitlardagi rNni oʻlchash vositalari.”.
2. 6-bobning nomi “diyetologiya” degan soʻzdan keyin “hamda parazitologiya” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“klizma moslamasi (parazitologiya, gastroenterologiya uchun).”.
4. 9-bandda:
oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “programma” degan soʻz “dastur” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yigirma sakkizinchi xatboshidagi “magnitafon” degan soʻz “magnitofon” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“klizma moslamasi (parazitologiya, gastroenterologiya uchun).”.
5. Quyidagi mazmundagi 61-bob bilan toʻldirilsin:
“61-bob. Intervension kardiologiya ixtisosligi boʻyicha
91. Maslahat, diagnostika, konservativ va operativ davolashdan iborat boʻlgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona);
vrach uchun ish stoli;
hamshiralar posti uchun stol;
stullar;
kushetka;
sovutgich (xolodilnik);
karavotlar;
koʻp funksiyali karavot;
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
palatalar uchun koʻchma bakteriotsid lampa;
biks (kamida 4 dona);
shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga moʻljallangan);
sterillash va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari;
tonometr va fonendoskop;
rentgenangiografiya kompleksi;
magistral tomirlarni kateterlash toʻplamlari;
qonning quyulishini aktiv vaqtini aniqlash uchun portativ apparat;
bemorlar uchun aravachalar;
bemorlar uchun zambil;
tibbiyot termometri;
koronar stentlar;
ballonli katetyerlar;
koronar oʻtkazgichlar;
oʻtkazuvchi katetyerlar;
diagnostika katetyerlari (JL, JR);
diagnostika oʻtkazuvchilari;
introdyusyerlar;
ballonli katetyerlar periferik tomirlar uchun;
periferik tomirlar uchun stentlar;
kava-filtrlar;
bir martalik qoʻlqoplar;
funksional toʻshaklar;
toʻshak oldi tumbasi;
markazlashgan, har bir toʻshakka ulangan kislorod, havo, vakuum oʻtkazgichi;
konsol-elektr rozetkalari;
vakuumli aspirator;
soyasiz operatsiya lampasi;
bikslar va biks ushlagichlar;
xirurgik elektr soʻrgich bakterial filtr bilan;
EKG portativ;
EKG apparati (koʻp kanalli);
ExoKG apparati (qiziloʻngach uchun datchik bilan);
yurakni miokardial, transvenoz, endokardial va tashqi elektrostimulatsiyasi uchun elektrokardiostimulyator;
markazlashgan kompyuter va 5 ulagichli EKGli, yurak qisqarishlari, nafas olish chastotasi, invaziv va noinvaziv arterial bosimni oʻlchash, oʻpka arteriyasining bosimini oʻlchash, markaziy venoz bosimni oʻlchash, yurak qon haydashi, qondagi gemoglobinning kislorod bilan taʼminlanganligini aniqlash, badan haroratining oʻzgarishlari, SOS signalini avtomatik ravishda beruvchi (signal trevogi) karavot oldi kardiomonitorlari;
IVL apparati tashqi nafas funksiyasini monitoringlaydigan va gazoanalizatorli;
transportirovka uchun portativ nafas olish apparati;
traxeya intubatsiyasi toʻplami;
infuzomatlar;
infuzion stoykalar 5 dozatorli va 3 infuzomatli;
bifazali defibrillyator sinxronlash funksiyasi bilan;
printerli personal kompyuter programmalashgan tarmoq bilan, tez xabar berish va javob qilish sistemasi, nusxa olish, chop etish va skanerlash uchun koʻp funksiyali moslamalar;
ultratovushli ingalyator;
infuzion va transfuzion vositalarni vena ichiga tez yuborish sistemasi;
intubatsiyali va vena ichi narkozlash toʻplamlari;
koʻp funksiyali narkozli nafas olish apparati;
tarozi;
tibbiyot termometri.”.
6. 12-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-bob. Akusherlik va ginekologiya, oʻsmirlar (bolalar) ginekologiyasi ixtisoslik turlari boʻyicha”.
7. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Maslahat, diagnostika va konservativ va operativ davolashdan iborat boʻlgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona);
ginekologiya kreslosi (yoritgich lampasi bilan);
operatsiya stoli;
elektr soʻrgich;
elektr koagulyator;
apparat EKG;
defibrillyator;
IVL va narkoz apparati;
laringoskop;
pulsoksimetr;
kardiomonitor;
soyasiz operatsiya lampasi;
koʻchma yoritgich;
vrach uchun ish stoli;
akusher stetoskopi;
bir martalik qogʻonoqni yorish uchun amniotomlar;
kichik gabaritli ona va homila qon aylanish faoliyatini aniqlovchi doppler apparati;
santimetr tasmasi;
homila vakuum ekstraktori;
bachadon tamponadasi uchun moslama;
azot oksidi manbasi (markaziy tarqatma);
qon guruhini aniqlash uchun planshet;
eritmalarni ilitish uchun moslama;
plazma erituvchi uskuna;
hamshiralar posti uchun stol;
stullar;
kushetka;
sovutgich (xolodilnik);
tibbiyot karavotlari (koʻp funksiyali elektr uzatgichli, monitorli);
bir martalik tugʻruq qabul qilish uchun akusherlik toʻplami;
tugʻruq yoʻllarini koʻrish uchun asbob-uskunalar toʻplami;
aravacha (katalkalar);
tomboelastograf (qon quyulish jarayonini kuzatish va qayd qilish uchun);
qon reinfuziyasi uchun moslama (qonni qayta quyish uchun);
infuzion terapiya uchun moslama (qon quyish uchun);
bachadon ichi sheyveri;
koʻp funksiyali universal bachadon manipulyatori;
kolposkop;
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
xonalar uchun koʻchma bakteriotsidli chiroq;
biks (kamida 4 dona);
“forma 30” biks jamlamasi;
shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga moʻljallangan kamida 2 dona);
sterillash va distillashga moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari;
boʻy oʻlchagich;
chanoqni oʻlchash asbobi;
tonometr va fonendoskop;
bachadon zondi (kamida 4 dona);
Simps oyna toʻplami (kamida 8 dona);
Kusko oynasi (kamida 6 dona);
kornsang (kamida 6 dona);
uchli qisqich (kamida 2 dona);
tarozi;
kuraksimon oynacha;
yarani kengaytirgich (kamida 2 dona);
Gegar kengaytirgichi (7 oʻlchamdan 12 oʻlchamgacha) (kamida 2 ta toʻplam);
bir martalik qoʻlqoplar;
bir martalik ginekologik toʻplam (turli oʻlchamlarda);
laboratoriya oynachalari;
kyuretkalar (2, 4, 6 oʻlchamli) (kamida 2 ta toʻplam);
Koxer qisqichi;
Mikulich qisqichi;
igna ushlagichlar;
katetyerlar;
akusherlik qisqichi;
xirurgiya ignalari va tikish toʻplami (kamida 10 ta);
pianalar (kamida 5 dona);
xirurgiya pichogʻi (skalpel 2 dona);
qaychilar (kamida 2 dona);
intubatsiya trubkalari 4 dona turli oʻlchamda;
tikuv materiallari;
Ambu qopi;
kislorod maskasi;
gemodinamika monitori;
xirurgiya choyshabi;
xirurgiya pichogʻi uchun bir martali olmoslar;
suyuqliklar uchun idishlar;
tibbiyot termometri.”.
8. Quyidagi mazmundagi 121 va 122-boblar bilan toʻldirilsin:
“121-bob. Reproduktologiya ixtisoslik turi boʻyicha
271. Maslahat, diagnostika, konservativ, kichik operativ davolashdan iborat boʻlgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
vrach uchun ish stoli;
kompyuter va printer;
stullar;
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
kushetka;
shirma;
operatsion ginekologiya kreslosi;
biks (kamida 2 dona);
“VIChga qarshi” jamlanma;
shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga moʻljallangan) (kamida 2 dona);
dezinfeksion konteynyerlar;
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakterotsidli chiroq;
tarozi;
boʻy oʻlchagich;
sterillash va distillashga moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari;
tanometr va fonendoskop;
stetofonendoskop;
operatsiya stoli;
soyasiz operatsiya lampasi;
vakuum-aspirator;
laringoskop klinklar toʻplami bilan;
defibrillyator;
IVL va narkoz apparati;
pulsoksimetr;
personal kuzatuv monitori;
ginekologik koʻruv uskunalari;
markazlashgan kislorod tarmogʻi;
vaginal va abdominal datchikli ultratovush apparati;
kuzatish televizori;
yoritgichli lampa;
suyuq azot uchun Dyuar idishi;
konservatsiyalangan jinsiy hujayralarni saqlash uchun Dyuar idishi;
jinsiy hujayralarni joʻnatish uchun Dyuar idishi;
biomaterial uchun konteynyerlar;
xonadagi kislorod hajmini kuzatish datchiklari;
bir martalik qoʻlqoplar;
bir martalik ginekologik toʻplamlar (turli oʻlchamlarda);
binokulyar lupa;
jinsiy hujayralar uchun muhitni saqlaydigan idish;
kichik pipetkalar;
plastik;
isitkichli stolchalar;
manipulyator;
IVF ishchi stansiyasi;
antivibratsion stol;
termostat (SO2 inkubator);
yoritgichli mikroskop;
invertirlangan mikroskop;
mikromanipulyator;
tsentrifuga;
laminatsiyalangan boks isitgichi bilan;
inkubatorlardagi SO2 miqdorini kuzatish datchiklari;
chiqindilar uchun konteyner;
aravachalar;
tibbiyot termometri.
122-bob. Neonatologiya ixtisoslik turi boʻyicha.
272. Maslahat, diagnostika, konservativ davolashdan iborat boʻlgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona);
vrach uchun ish stoli;
hamshiralar posti uchun stol;
stullar;
kushetka;
neonatal karavotlar;
monitorli karavotlar (elektr uzatmalar va haroratni muvozanatlashtiruvchi moslamalar bilan);
chaqaloqlar uchun reanimatsiya stoli (Neoterm);
miyaning elektr faolligini kuzatuvchi moslama;
SRAR — nafas yoʻllarida doimiy musbat bosim yaratuvchi, mustaqil nafas olishga koʻmaklashuvchi moslama;
koʻchma inkubator;
kapnograf;
plazmani eritish uchun moslama;
transportli kyuvez;
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
palatalar uchun koʻchma bakteriotsid lampa;
biks (kamida 6 dona);
shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga moʻljallangan) (kamida 4 dona);
yoʻrgak stoli;
chaqaloqlar uchun tarozi va boʻy oʻlchagich;
sterillash va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari;
tonometr va fonendoskop;
EKG apparati;
UTT apparati;
laringoskop turli oʻlchamdagi klinklari bilan;
IVL apparati;
narkozli nafas olish apparati;
pulsoksimetr;
endotraxeal trubkalar (2,5 mm; 3 mm; 3,5 mm; 4 mm);
nasosli shpritslar;
infuzomat;
meshok Ambu;
mobil rentgen apparati;
negatoskop;
glyukometr;
elektr soʻrgich;
fototerapiya uchun lampa;
shpatel (kamida 10 dona);
chaqaloqlar uchun nazal kanyulalar;
zondlar (6 mm, 8 mm, 12 mm);
oshqozon zondlari;
siydik katetyerlari;
steril sanatsion yuqori nafas organlari uchun katetyerlar;
tikish materiallari;
tomir klipslari;
oʻmrov osti (podklyuchichniy) katetyerlari (0,6 mm);
katta tomirlar kateterizatsiyasi uchun toʻplam 3F10 mm, 4F15 mm,5F20 mm;
endotraxeal trubkalar 2 mm; 2,5 mm; 3 mm; 3,5 mm; 4 mm; 4,5 mm, 5 mm;
traxeostom trubkalar;
bolalar kislorod niqoblari 3 sm, 5 sm, 7sm;
tomir katetyerlari 20 mm, 22 mm, 24 mm;
kindik kateteri;
probirkalar (PX-16);
petri chashkasi;
yozgi va qishki toʻshakchalar;
choyshablar;
tibbiyot termometri.”.
9. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Maslahat, diagnostika, konservativ va operativ davolashdan iborat boʻlgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
vrach uchun ish stoli;
stullar;
tonometr va fonendoskop;
bir martalik qoʻlqoplar;
kushetka;
sovutgich (xolodilnik);
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
xonalar uchun koʻchma bakteriotsid lampa;
shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga moʻljallangan);
sterillash va distillashga moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari;
neyroxirurgik operatsiya stoli (elektr privod bilan);
soyasiz operatsiya lampasi;
bogʻlov stoli;
peshona yoritgichi;
bikslar;
elektr soʻrgich;
monopolyar, bipolyar koagulyatorlar;
koagulatsiya uchun bipolyar pinset (Yasargil) (175 mm — 0,4 mm, 175 mm — 1.0 mm);
apparat EKG;
apparat Exo EEG;
EOP (elektr optik moslashma);
operatsion mikroskop;
mobil rentgen;
defibrillyator;
IVL apparati;
narkozli nafas olish apparati;
laringoskop;
pulsoksimetr;
kardiomonitor;
koʻp funksiyali karavotlar (elektr uzatmalar bilan jihozlangan);
kraniotomiya oʻtkazish uchun toʻplam (bosh miya jarrohligi uchun);
tezkor kraniotomiya oʻtkazish uchun toʻplam (bosh miya jarrohligi uchun);
laminoektomiya oʻtkazish uchun toʻplam;
bosh fiksatsiyasi uchun skoba (bosh miya jarrohligi uchun);
neyroendoskop;
Renni klipslari;
suyak qisqichlari (Kerrison) (1,0 mm, 2,0 mm, 3,0 mm, 4,0 mm, 5,0 mm);
Luer, Bilrot Mikulich, Alis, Koxer qisqichlari;
oddiy anatomik va xirurgik qisqichlar (pinsetlar);
Kaspar toʻgʻri, egri konxatomlari;
toʻmtoq uchli elevator;
Davis dissektori;
Kaspar kyuretkasi;
miya shpateli;
miya retraktorlari toʻplami (Leyla) (bosh miya jarrohligi uchun);
Bayonet mikro qaychilari, mikro igna ushlagichlari (toʻgʻri va egilgan);
mikro pinsetlar;
gipofiz uchun kyuretkalar toʻplami (bosh miya jarrohligi uchun);
mikrosoʻrgich nakonechniklari;
boʻyin retraktorlari toʻplami;
boʻyin umurtqasi uchun Keydjlar;
boʻyin, koʻkrak va bel umurtqasi uchun fiksatorlar;
gemostatik gubkalar;
mikroplastinalar;
parenximatoz bosh miya bosimini oʻlchash uchun Kodman apparati (datchiklari bilan) (bosh miya jarrohligi uchun);
endovaskulyar muolajalar uchun mikrokatetyerlar;
klapanli shuntlar (past, oʻrta va yuqori bosimli);
maxsus tomir ichi materiallari va preparatlari toʻplami;
Vaytlaner 130 mm. 5 1/8 yara kengaytirgichlari toʻmtoq va egri uchli;
Vulstayn 130 mm. 5 1/8 yara kengaytirgichlari toʻmtoq va egri uchli;
negatoskop;
binokulyar lupalar (2 va 4,5-marta kattalashtirish uchun);
mikropinset (0,3 mm 135 mm. 5 ¼ tikish uchun);
koʻp funksiyali monitorlar invaziv va noinvaziv tekshiruvlar uchun;
Luer, Bilrot Mikulich, Alis, Koxer qisqichlari;
intubatsiya trubkalari;
Ambu qopi;
kislorod maskasi;
gemodinamika monitori;
xirurgik choyshablar;
kichik va katta neyroxirurgik toʻplam;
suyuqliklar uchun idishlar;
atravmatik tikuv materiallari soʻriladigan soʻrilmaydigan;
transpedikulyar fiksator sistemalari;
titan plastinalari (umurtqalar uchun);
bosh suyak defektlarini yopish uchun titan setkalar va protakril;
bemorlar uchun aravachalar;
bemorlar uchun zambil;
tibbiyot termometri.”.
10. 41-bandda:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — qirq oltinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — qirq beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi — qirq beshinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — qirq toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirma sakkizinchi xatboshidagi “bir martali” degan soʻzlar “bir martalik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 44-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“kushetka;
ximioterapiya toʻplami;
nur bilan davolash asbob-uskunalar toʻplami.”.
12. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Maslahat, diagnostika konservativ va kichik (kaminvaziv, endoskopik) operativ davolashdan iborat boʻlgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
vrach uchun ish stoli;
hamshiralar uchun stol;
stullar;
tibbiyot asbob-uskunalari uchun javon;
ortopediya stoli;
kushetka;
togʻaralar;
togʻaralar uchun Krasnobayeva tagligi;
vintli taburetka;
biks (kamida 2 dona);
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
xodimlar kiyimi uchun javon;
yigʻiluvchan shirma;
bemorlarning kiyimlari uchun ilgich;
rentgenogrammalarni saqlash uchun yonmaydigan quti (seyf);
gipslash ishlari uchun stol;
gips bintlari uchun javon;
gipsli bintlarni tayyorlash uchun stol;
sovutgich (xolodilnik);
sterillash va distillashga moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari;
negatoskop;
tonometr va fonendoskop;
gradusli burchak oʻlchagich;
Diterix shinasi (kamida 2 dona);
Shtillya qaychisi (kamida 2 dona);
Knorre gips kengaytirgichi (kamida 2 dona);
kornsang (kamida 2 dona);
anatomik va xirurgiya pinseti (kamida 2 dona);
bir martalik qoʻlqoplar;
tibbiyot termometri;
karavotlar (operativ davolash uchun);
koʻp funksiyali karavot (kamida 2 dona) (operativ davolash uchun);
operatsiya stoli (operativ davolash uchun);
soyasiz operatsiya lampasi (operativ davolash uchun);
artroskop (operativ davolash uchun);
artroskopik asbob-uskunalar (kamida 10 dona, operativ davolash uchun);
artroskopik optika (kamida 4 dona, operativ davolash uchun);
Kuper qaychisi (kamida 2 dona, operativ davolash uchun);
elektr soʻrgich (operativ davolash uchun);
elektr koagulyator (operativ davolash uchun);
EKG apparati (operativ davolash uchun);
ogʻiz kengaytirgich (kamida 2 dona, operativ davolash uchun);
til ushlagich (kamida 2 dona, operativ davolash uchun);
oshqozon zondlari (operativ davolash uchun);
turli pichoqchalar (kamida 4 dona, operativ davolash uchun);
igna ushlagichlar (kamida 4 dona, operativ davolash uchun);
tikuv materiallari (kamida 5 dona, operativ davolash uchun);
IVL apparati (operativ davolash uchun);
narkozli nafas olish apparati (operativ davolash uchun);
defibrillyator (operativ davolash uchun);
laringoskop (operativ davolash uchun).”.
13. 301-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“301-bob. Xalq tabobati ixtisosligi boʻyicha
541. Maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat boʻlgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (xijoma, girudoterapiya, fitoterapiya, gomeopatiya uchun);
xalq tabobati vakili uchun ish stoli;
stullar;
kushetka;
muolaja xonasida statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
sterillash va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari;
tonometr va fonendoskop;
tibbiyot termometri.
sovutgich (xolodilnik);
xijoma uchun toʻplam;
zulukni saqlash uchun idishlar (girudoterapiya uchun);
arilarni saqlash uchun moslama (apiterapiya uchun);
koʻp ignali bolgʻacha (akupunktura uchun);
nevrologik bolgʻacha (akupunktura uchun);
dezinfeksiya vositalari va yorliqlangan idishlar (xijoma va girudoterapiya uchun);
bir martalik qoʻlqoplar;
steril materiallar: bint, tampon, sochiqlar (xijoma, girudoterapiya su-djok uchun);
steril material uchun bikslar (xijoma va girudoterapiya, su-djok uchun);
ishlatib boʻlingan material uchun idishlar (xijoma, girudoterapiya, apiterapiya uchun);
olingan qonni yigʻish uchun idish (xijoma uchun);
bir martalik skalpellar (xijoma uchun);
pinsetlar (xijoma, girudoterapiya, akupunktura, apiterapiya uchun);
petri likobchalari (xijoma, girudoterapiya, akupunktura, apiterapiya uchun);
leykoplastr (xijoma va girudoterapiya uchun);
bir martalik choyshablar;
bir martalik ignalar (akupunktura, akupressura, su-djok uchun);
muolaja vaqtini belgilash uchun signalli soat (akupunktura, su-djok uchun);
bir martalik stakanlar (fitoterapiya, gomeopatiya uchun);
grafinlar (fitoterapiya, gomeopatiya uchun);
fitoichimlik tayyorlash uchun apparat (fitoterapiya uchun);
fitobar-stoyka, stol-stullar va idishlar uchun shkaf (fitoterapiya uchun);
mokslar, magnitlar, massajyerlar, tabiiy toshlar, metall yulduzlar (su-djok uchun);
koʻp martali stakanlardan foydalanilganda, ularni ivitish, yuvish,
dezinfeksiyalash vositalari (fitoterapiya, gomeopatiya uchun);
standart oʻlchamdagi uqalash kushetkasi (manual terapiya, akupressura uchun).
542. Maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat boʻlgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (xijoma, girudoterapiya, fitoterapiya, gomeopatiya uchun);
xalq tabobati vakili uchun ish stoli;
hamshiralar posti uchun stol;
stullar;
kushetka;
sovutgich (xolodilnik);
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
sterillash va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani oʻtkazish uchun imzolangan shartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud boʻlganda);
karavotlar;
tonometr va fonendoskop;
tibbiyot termometri.
xijoma uchun toʻplam;
zulukni saqlash uchun idishlar (girudoterapiya uchun);
arilarni saqlash uchun moslama (apiterapiya uchun);
koʻp ignali bolgʻacha (akupunktura uchun);
nevrologik bolgʻacha (akupunktura uchun);
dezinfeksiya vositalari va yorliqlangan idishlar (xijoma va girudoterapiya uchun);
bir martalik qoʻlqoplar;
steril materiallar, bint, tampon, sochiqlar (xijoma, girudoterapiya, su-djok uchun);
steril material uchun bikslar (xijoma va girudoterapiya, su-djok uchun);
ishlatib boʻlingan material uchun idishlar (xijoma, girudoterapiya, apiterapiya uchun);
olingan qonni yigʻish uchun idish (xijoma uchun);
bir martalik skalpellar (xijoma uchun);
pinsetlar (xijoma, girudoterapiya, akupunktura, apiterapiya uchun);
Petri likobchalari (xijoma, girudoterapiya, akupunktura, apiterapiya uchun);
leykoplastr (xijoma va girudoterapiya uchun);
bir martalik choyshablar;
bir martalik ignalar (akupunktura, akupressura, su-djok uchun);
muolaja vaqtini belgilash uchun signalli soat (akupunktura, su-djok uchun);
bir martalik stakanlar (fitoterapiya, gomeopatiya uchun);
grafinlar (fitoterapiya, gomeopatiya uchun);
fitoichimlik tayyorlash uchun apparat (fitoterapiya uchun);
fitobar-stoyka, stol-stullar va idishlar uchun shkaf (fitoterapiya uchun);
mokslar, magnitlar, massajyerlar, tabiiy toshlar, metall yulduzlar (su-djok uchun);
koʻp martali stakanlardan foydalanilganda, ularni ivitish, yuvish,
dezinfeksiyalash vositalari (fitoterapiya, gomeopatiya uchun);
standart oʻlchamdagi uqalash kushetkasi (manual terapiya, akupressura uchun).”.
14. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2020-yil 14-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi R. IZAMOV
2020-yil 14-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2020-y., 10/20/2905-4/0169-son)