05.02.2020 yildagi 61-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.02.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Samarqand viloyatida murakkab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qarori ijrosini taʼminlash, jumladan, kimyo tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etgan holda yuqori samarali murakkab va fosforli mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga muvofiq “Samarqandkimyo” AJ ustav kapitalidagi 60,35 foiz davlat aksiyalarini va “Oʻzkimyosanoat” AJning 39,65 foiz aksiyalarini ekologik jihatdan zararsiz zamonaviy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilish sharti bilan salohiyatli investorlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib borgan holda “nol” xarid qiymatida sotishga rozilik berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy investor “Ferkensco Management Limited” (Kipr) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda investor deb ataladi) bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ oʻrtasida “Samarqandkimyo” AJ negizida “Samarqand viloyatida murakkab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) oʻzaro kelishuvga erishilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va investor oʻrtasida 2019-yil 1-noyabr kuni hamkorlikning asosiy tamoyillari toʻgʻrisidagi 1-son Kelishuv imzolanganligi, unda investorga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat kafolatini talab etmagan holda, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari natijasiga koʻra aniqlangan qiymatda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, shuningdek, xorijiy va mahalliy moliya institutlarining kreditlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish natijasida 200 mln AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-iyulga qadar “Samarqandkimyo” AJ negizida murakkab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishning zamonaviy, ekologik jihatdan zararsiz majmuasining (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) ishga tushirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Samarqandkimyo” AJning kreditor qarzdorliklarini soʻndirish, ishga tushirilgan obyektda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kamida 500 ta yangi ish oʻrinlari yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Samarqandkimyo” AJda yillik quvvati 600 ming tonna mineral oʻgʻitlar, jumladan 300 ming tonna monoammoniyfosfat (MAF) va 300 ming tonna murakkab mineral oʻgʻitlar (NPK) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimligi obyekt qurilishi davrida “Samarqandkimyo” AJ ishchilarini ish bilan taʼminlash hamda obyekt ishga tushirilgach, ishchilarni ularning tegishli malakalari boʻlgan taqdirda, yangi qurilgan kimyoviy majmuada ish bilan taʼminlash choralari koʻrilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ soʻroviga binoan investor investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi monitoringini olib borish uchun obyektga kirish ochiqligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzkimyosanoat” AJ, Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda investor bilan “Samarqandkimyo” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyalarni “nol” xarid qiymatida, shu jumladan mazkur qaror 1-bandining “v” kichik bandida koʻrsatilgan majburiyatlarni inobatga olgan holda, sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini imzolasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar bazaviy loyiha natijalariga asosan investorning investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlariga aniqlik kiritgan holda oʻzaro Investitsiyaviy bitim belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, oldi-sotdi shartnomasi va Investitsiyaviy bitimda koʻrsatilgan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan muddatlarda va hajmda bajarilmagan taqdirda, aksiyalar oʻz egalariga samarali boshqarishni tashkil qilish uchun qaytariladi, investor tomonidan ilgari kiritilgan investitsiyalar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Samarqandkimyo” AJ va investorga 2021-yil 1-iyulga qadar qurilish ishlarini loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtning oʻzida olib borishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Samarqand viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya, va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda investor yoki “Samarqandkimyo” AJ murojaat qilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda loyiha doirasida qurilish ishlari uchun doimiy yoki muddatli (vaqtincha) foydalanish, jumladan, muhandislik kommunikatsiyalarini oʻtkazish va vaqtinchalik inshootlarni qurish uchun zarur boʻladigan yer maydonlari va inshootlar belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini hamda loyihani amalga oshirish davrida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga amal qilinishi yuzasidan tegishli nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ talab etilgan miqdorda elektr energiyasi hamda tabiiy gaz yetkazib berish yuzasidan 2020-yil 10-fevralga qadar “Samarkandkimyo” AJ bilan oʻzaro shartnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzkimyosanoat” AJ “Samarqandkimyo” AJga murakkab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish uchun zarur miqdorda xomashyo resurslari, shu jumladan suvsiz siqilgan ammiak, kaliy xloridi, karbamid va boshqa kimyoviy mahsulotlarni kimyo tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilangan tartibda muntazam yetkazib berish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Samarqandkimyo” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda loyiha hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin, shuningdek, ishlab chiqilayotgan ishchi hujjatlarning ekspert kuzatuvini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha doirasida olib boriladigan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Loyihani amalga oshirish doirasida 2023-yil 1-fevralga qadar obyektni qurish doirasida import qilinadigan tovarlar va materiallar, xomashyo, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar, texnologik uskunalar, priborlar, transport vositalarining ehtiyot qismlari, yoqilgʻi-moylash materiallari majburiy tartibda sertifikatlashtirishdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Loyihani amalga oshirish davrida investor hamda “Samarqandkimyo” AJ buyurtmalariga asosan oʻrnatilgan tartibda quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — xorijiy mutaxassislarga koʻp martali kirish vizalarini, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent hamda Samarqand xalqaro aeroportida rasmiylashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — xorijiy mutaxassislarga koʻp martali kirish vizalarini berilishini va uzaytirilishini hamda ular yashash joyida vaqtincha roʻyxatga olinishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb etishga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan boʻlmagan) ruxsatnomalar berish (muddatini uzaytirish) hamda chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 09/20/61/0125-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)