Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2993-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 27-fevraldagi 3-2018 va 33-son qarori (roʻyxat raqami 2993, 2018-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-yil 9-aprel., 14-son, 290-modda) bilan tasdiqlangan Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-yanvar,
1-2020-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-yanvar,
2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 17-yanvardagi 1-2020 va 2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning birinchi va ikkiinchi xatboshilaridagi, 3-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 11-banddagi “kunlik muddatda” degan soʻzlar “ish kuni ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/2993-1/0118-son)