29.01.2020 yildagi F-5537-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududiga 2019-nCoV koronavirusi (keyingi o‘rinlarda — koronavirus)ning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, qulay sanitariya-epidemiologik muhitni ta’minlash va aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi (keyingi o‘rinda — Respublika komissiyasi) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Respublika komissiyasining (A.N. Aripov) asosiy vazifalar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumjahon, mintaqaviy va mamlakat ichidagi epidemiologik vaziyatni doimiy tahlil va monitoring qilish, mamlakatda koronavirusning tarqalishi va epidemiologik vaziyatning yomonlashishi tendensiyalarini prognoz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish va ularga tuzatishlar kiritish maqsadida XXR va boshqa manfaatdor davlatlarning davlat tuzilmalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan zarur hamkorlikni va ma’lumot almashishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus muammolari bo‘yicha tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, ushbu kasallikni profilaktika qilish, diagnostika va davolashning zamonaviy va samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxirani shakllantirish va sohaga aloqador sog‘liqni saqlash muassasalarini hamda aholini diagnostika vositalari, virusga qarshi preparatlar va shaxsiy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida zarur hajmda ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida mamlakat hududida koronavirusga o‘z vaqtida diagnostika va kompleks profilaktika qilish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni tashkil etish, shuningdek. epidemiologik noqulay davlatlarda vaqtincha yashayotgan va koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori zonalarga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus bo‘yicha epidemiologik vaziyatning yomonlashishi ehtimoli belgilarini o‘z vaqtida aniqlash va kasallanish xavfini kamaytirish hamda bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan profilaktik va epidemiologiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, Internet, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa operatorlari va boshqalar)ni jalb qilgan holda aholi o‘rtasida koronavirusning tarqalishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni tushuntirish, shuningdek, uni profilaktika qilish usullari bo‘yicha sanitariya-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus bo‘yicha epidemiologik vaziyat murakkablashgan holatda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika komissiyasi manfaatdor vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohaga aloqador tashkilotlarni jalb qilgan holda uch kun muddatda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar dasturi)ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar dasturidagi tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, klinik-epidemiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha koronavirus bilan kasallangani gumon qilingan, gripp va boshqa o‘tkir respirator kasalliklarning og‘ir shakliga chalingan bemorlar ko‘rsatilgan virus turiga majburiy tartibda diagnostikadan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining hisob-kitoblari bo‘yicha 2020-yil 5-fevralga qadar Davlat chegaralarining kesib o‘tish joylardagi sanitariya-karantin punktlarini statsionar va portativ teplovizorlar bilan jihozlash hamda koronavirusning yangi turini aniqlash uchun diagnostika vositalari va boshqa maxsus himoya vositalarini xarid qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur moliyaviy mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus bo‘yicha epidemiologik osoyishtalikkacha bo‘lgan davrda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralarini yaratsin, og‘ir respirator infeksiyalarga chalingan bemorlarni davolash uchun sohaga aloqador statsionarlarning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarini zarur dori va dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan jihozlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Uzbekistan airports” AJ, “Uzbekistan airways” AJ hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududiga koronavirusning kirib kelishini nazorat qilsin va oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda mamlakatimizning ta’lim muassasalarida koronavirusning tarqalishini profilaktika qilish va oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi samarali virusga qarshi preparatlar hamda shaxsiy himoya vositalarining mahalliy ishlab chiqarilishini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tizimli axborot-ma’rifiy ishlarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davolash-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarini ehtiyojga muvofiq koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklarni samarali profilaktika qilish, diagnostika va davolash uchun zarur bo‘lgan shaxsiy himoyaning samarali vositalari, diagnostikumlar, virusga qarshi, simptomatik preparatlar, boshqa vositalar va uskunalar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur farmoyishning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-5537-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-son farmoyishiga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya rahbari

A.A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Komissiya rahbarining o‘rinbosari

A.K. Shadmanov

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, Komissiya rahbarining o‘rinbosari

A.A. Abduxakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

E.M. Ganiyev

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri

A.X. Kamilov

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

S.U. Umurzakov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

I.U. Madjitov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim va�iri

Sh.X. Shermatov

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

A.V. Shin

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri

B.S. Yuldashev

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti

S.X. Kariyev

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi

O.K. Abduraxmanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari

B.A. Shayakubov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari

A.Dj. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

B.T. Norkobilov

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

M.B. Azimov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

B.I. Almatov

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori — Davlat bosh sanitar vrachi

T.A. Ishmetov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

A.A. Tashpulatov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

A.A. Muminov

O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari

B.A. Rashidov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari

S.S. Saydaliyev

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi markazi boshlig‘i

N.I. Usmanbekov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari

M.J. Ganiyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatining shu’ba mudiri

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 07/20/5537/0116-son)