Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Namangan viloyatining Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 739-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Namangan viloyatining aholisi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarining sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlanishini yanada yaxshilash, shuningdek OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 739-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muhtor Elchisiga — Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OPEK jamgʻarmasi bilan loyihani amalga oshirish boʻyicha karz bitimini imzolash;
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga — OPEK jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi, “Kommunxizmat” agentligi, Namangan viloyati “Suvoqova” DUK va Namangan viloyati hokimligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-yanvar,
41-son