Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 34-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 16-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3097-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunining 5-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3097-son, 2018-yil 11-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 50-son, 958-modda) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 34-bandidagi “xususiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2020-yil 1-avgustdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-dekabr
630-son
Kelishilgan:
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
2019-yil 18-dekabr
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D. SATTAROV
2019-yil 18-dekabr
Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 18-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/3097-2/0058-son)