Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.02.2020 16.01.2020 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.02.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qarzini samarali boshqarish va jalb qilinayotgan qarzlardan maqsadli foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-fevraldagi 79-sonli “Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlarning amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizning jahon moliya tizimiga jadal integratsiyalashuvi sharoitlarida davlat qarzining xavfsiz darajada boʻlishi mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mezonlarga koʻra, hozirda Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzi (keyingi oʻrinlarda — davlat qarzi) “moʻtadil” darajada boʻlsada, Oʻzbekistonning suveren kredit reytinglari barqarorligini hamda davlat qarzining xavfsiz darajada boʻlishini kafolatli taʼminlash mexanizmlarini yaratish bugungi kun talabi boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat qarzining yillik limitlarini belgilash, davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olishda ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, ularning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish va loyihalar natijalarini baholashning shaffof va samarali mexanizmlarini joriy etish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro andozalar asosida davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish hamda jalb qilinayotgan qarzlardan samarali foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi texnik koʻmagida Davlat qarzini boshqarishning oʻrta muddatli strategiyasi ishlab chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qarzini boshqarishning oʻrta muddatli strategiyasini mamlakatdagi makroiqtisodiy oʻzgarishlar va tashqi omillarni hisobga olgan holda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi lozimligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining meʼyori asosidagi Moliya vazirligining hisob-kitoblariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash uchun davlat qarzining maksimal darajasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 50 foizdan oshmasligi lozimligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunida 2020-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish boʻyicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 4 milliard AQSH dollari hamda Davlat budjetidan qaytariladigan tashqi qarzni oʻzlashtirishning chegaralangan hajmi 1,5 milliard AQSH dollari miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat qarzini samarali boshqarishda quyidagi ustuvor maqsadlarga qatʼiy rioya qilinishi belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qarziga oʻz vaqtida va toʻliq xizmat koʻrsatilishini kafolatli taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish, diversifikatsiyalash va davlat qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarining oshib ketish xatarlarini pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqishni talab etmaydigan dasturlarni (keyingi oʻrinlarda — dastur) ularning ijtimoiy-iqtisodiy va strategik ahamiyatidan hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdan kelib chiqib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlarning natijadorligini, oʻz-oʻzini oqlashini,ular amalga oshirilishi boʻyicha maʼlumotlarning shaffofligini taʼminlash orqali qarzlardan maqsadli va samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdordagi davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar va banklarni bosqichma-bosqich bozor shartlarida moliyalashtirishga oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzi (keyingi oʻrinlarda — davlat tashqi qarzi) hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan bitimlarni imzolash va Oʻzbekiston Respublikasi kafolatini berish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan maʼqullangan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan dastur va loyihalarga doir masalalarni koʻrib chiqish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qarzini samarali boshqarish va ulardan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati tuzilmasida davlat qarzini samarali boshqarish va undan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis shtat birligi qoʻshimcha ravishda kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdordagi davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan tashqi qarz majburiyatlarini jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini tegishli tartibda xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Barcha darajadagi davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy hokimliklar rahbarlari soha, tarmoq va hududni rivojlantirish dasturlari uchun ikki va koʻp tomonlama hamkorlik, shu jumladan, xalqaro va hududiy forumlar, investitsion anjuman va boshqa hamkorlik doirasida ijtimoiy-iqtisodiy hamda moliyaviy samaradorligi chuqur tahlil qilinmagan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish boʻyicha takliflarni kiritish amaliyotiga chek qoʻyilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlarni tanlab olish va natijadorligini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi qarorni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-dekabrga qadar ilgʻor xorijiy tajriba asosida kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan dastur hamda loyihalarni tanlab olish mezonlari, ularni koʻrib chiqish, tanlab olish va natijadorligini nazorat qilish tartibini belgilovchi nizomni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan loyiha va dasturlarning natijadorligini baholash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakunlangan loyiha va dasturlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi auditdan oʻtkazishi, audit natijalari boʻyicha axborotni har chorak yakunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga yuborishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar yakunlangan loyiha va dasturlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalariga uch oy ichida taqdimotlar oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi loyiha va dasturlarning ishlab chiqilishi, tanlab olinishi, monitoringi va audit natijalariga oid maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari va veb-saytlarda joylashtirilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan uch oy muddatda davlat qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlarni baholash va auditdan oʻtkazish hamda ularni xatarlar boʻyicha guruhlashtirish masalalarini oʻz ichiga oluvchi tartibning tasdiqlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tashqi qarzi holati boʻyicha, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi esa davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishi boʻyicha har yili bir marta Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hisobot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan davlat tashqi qarzlari maqsadli yoʻnaltirilgunga qadar Moliya vazirligi Gʻaznachiligining gʻazna hisob varaqlarida saqlanishi yoki vaqtinchalik tijorat banklari depozitlariga oʻtkazilishi natijasida yuzaga keladigan foiz xarajatlaridagi tafovutlar Davlat budjeti hisobidan qoplanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlar boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida, toʻliq va kafolatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Kafolat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari uchun toʻlovlar, jalb qilingan qarzlarni qayta kreditlash bitimida belgilangan Moliya vazirligining marjasi va boshqa manbalar hisobidan shakllantirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari uchun toʻlovlar qarzlarning qoldiq summasiga yillik 0,5 foizdan kam boʻlmagan miqdorda belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qarzi, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari hisobidan moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar boʻyicha qarzdor tashkilotlar (banklar) oʻz qarz toʻlovlarini vaqtida va toʻliq amalga oshirmagan holatlarda davlat qarzi Jamgʻarma mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan soʻndirilsin hamda qarzdor tashkilotlardan (banklardan) mavjud qarzdorlikva hisoblangan jarima toʻlovlari mos ravishda Jamgʻarma va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajriba asosida Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha loyihaoldi hujjatlari, shuningdek, texnik topshiriqlar va tender hujjatlarining kompleks ekspertizasidan belgilangan tartibda oʻtkazadi. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyiha qiymatining 80 foizi va undan ortiq qismi tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalar kompleks ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov investitsiya loyihalari va xarid hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 16-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/27/0055-son)