Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.J. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-yanvar,
26-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 26-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash) tartibining 29-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari “sogʻliqni saqlash” soʻzlaridan keyin “va suv xoʻjaligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Xorazm viloyatining Toshsoqa tizimi magistral sugʻorish kanallarini tiklash” investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-avgustdagi 282-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matnidagi 7-pozitsiyasidagi “7 (2013 — 2019 gg.)” raqamlari “9 (2013 — 2021 gg.)” raqamlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizomining 12-bandi “yo” kichik bandining oʻn ikkinchi xatboshisi “irrigatsiya obyektlari” soʻzlaridan oldin “nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshirish va monitoringlar doirasida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/26/0056-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)