1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori ijrosini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jon boshiga va “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish mexanizmi tajriba-sinov tarzida joriy etiladigan Sirdaryo viloyati tibbiyot tashkilotlarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini “har bir davolangan holat uchun” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jon boshiga moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi tuzilmasida Sirdaryo viloyati “sogʻliqni saqlash” tizimidagi muassasalarning shtatlari doirasida 7 kishidan iborat tibbiy xizmatlar boʻyicha davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalarni tuzish va bajarilgan ishlarni qabul qilish boʻlimini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirishning yangi mexanizmlariga oʻtayotgan tibbiyot tashkilotlari uchun ctatsionar va ambulator sharoitda bemorlarni davolash xarajatlarini alohida hisobga olish maqsadida mavjud elektron buxgalteriya hisobi va hisobot dasturlarini takomillashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlangan tibbiy yordam sifati standartlariga muvofiq orderlar va yoʻllanmalar berish, tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻriligi ustidan nazoratni, shuningdek, moliyalashtirishning yangi mexanizmini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov oʻtkazish natijalarining tizimli monitoringi va tahlilini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda tajribani amalga oshirishning oraliq yakunlari boʻyicha axborotni, shuningdek, tajriba-sinov natijalariga koʻra amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 19-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jon boshiga va “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish mexanizmi tajriba-sinov tarzida joriy etiladigan Sirdaryo viloyati tibbiyot tashkilotlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tibbiyot tashkiloti nomi
2020-yil 1-apreldan
1.
Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi
2.
Viloyat koʻz dispanseri
3.
Viloyat narkologiya dispanseri
4.
Viloyat kardiologiya dispanseri
5.
Viloyat teri-tanosil dispanseri
6.
Viloyat oʻsma kasalliklar dispanseri
7.
Viloyat endokrinologiya dispanseri
8.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi
2020-yil 1-iyuldan
1.
Guliston shahar tibbiyot birlashmasi
2.
Shirin shahar tibbiyot birlashmasi
3.
Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi
4.
Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi
5.
Guliston shahar tibbiyot birlashmasi
6.
Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmasi
7.
Oq oltin tuman tibbiyot birlashmasi
8.
Sardoba tuman tibbiyot birlashmasi
9.
Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasi
10.
Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi
11.
Xovos tuman tibbiyot birlashmasi
12.
Viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi
13.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo filiali
14.
Viloyat perinatal markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 19-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini “har bir davolangan holat uchun” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlarini Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi, Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) va tibbiyot tashkiloti oʻrtasida davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tuzish orqali klinik-xarajat guruhlari asosida har bir davolangan holat uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida oʻtayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir davolangan holat — klinik xizmat koʻrsatish yakunlangan holat boʻlib, mijozga tashhis qoʻyish va davolashning tasdiqlangan bayonnomalariga muvofiq tibbiyot tashkilotida boʻlgan vaqtda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni oʻz ichiga oladi yoki mazkur bosqichda tibbiy xizmat koʻrsatishning muayyan yakuniy natijasiga erishilishi tufayli xizmat koʻrsatishning yakunlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik-xarajat guruhlari (KXG) — bir xil va oʻxshash klinik vaziyatlar boʻyicha nisbatan teng resurs sarflaydigan va qiymatga ega boʻlgan tibbiy xizmatlar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir davolangan holat uchun bazaviy tarif — mijozga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun bazaviy xarajatlarning meʼyori boʻlib, KXG asosida bir davolangan holat uchun xizmatlar qiymati hisob-kitobidan kelib chiqib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma — mijozga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun vakolatli organlar (davlat buyurtmachisi) va tibbiyot tashkilotlari (davlat xaridlari ijrochisi) oʻrtasida Davlat budjeti va/yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari mablagʻlari hisobiga tuziladigan bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murakkablik indeksi — KXG boʻyicha har bir davolangan holat uchun oʻrta hisobdagi bazaviy tarif qiymatidan ogʻishish koeffitsiyenti boʻlib, tibbiy xizmat koʻrsatish usuliga va uni koʻrsatishga sarflanadigan xarajatlarga bogʻliq boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-iqtisodiy ekspertiza — tibbiyot tashkiloti tomonidan toʻlovga taqdim etilgan hisobvaraqlardagi koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar hajmining asosliligini ekspert baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Moliyalashtirishning prognoz hajmini aniqlash va shartnomalarni tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliya yilida tibbiyot tashkilotiga bir shartnoma doirasida ajratilgan mablagʻlar hajmini hisob-kitob qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili 1-fevralgacha quyidagilarni tasdiqlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir davolangan holat uchun bazaviy tarif va murakkablik indekslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statsionar tibbiy yordam olishi rejalashtirilgan mijozlar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Har bir davolangan holat uchun” bazaviy tarifni va murakkablik indeksini hisob-kitob qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tibbiyot tashkiloti bilan “har bir davolangan holat uchun” shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tegishli tibbiyot tashkilotlari uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli organlar va tibbiyot tashkiloti oʻrtasida “har bir davolangan holat uchun” boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar haqi ushbu Nizom ilovasiga muvofiq namunaviy shakl boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari moliya organlari bilan birgalikda tibbiyot tashkilotlari budjetlarini hisoblab chiqadi, shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi va ular bilan shartnoma imzolangandan keyin uch kun ichida tibbiyot tashkilotlariga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya yilida shartnomaga muvofiq davolangan holatlar haqini toʻlash uchun mablagʻlar hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MH = N x BT, bunda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MH — muayyan moliya yili uchun shartnoma boʻyicha mablagʻlar hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — moliya yilidagi barcha rejalashtirilgan davolangan holatlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BT — har bir davolangan holat uchun tasdiqlangan bazaviy tarif. Bunda bazaviy tarif tibbiyot tashkilotini saqlab turish uchun zarur boʻlgan mablagʻlardan shakllantiriladi. Asosiy vositalarni xarid qilish, kapital qurilish va taʼmirlash xarajatlari bazaviy tarif tarkibiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tibbiyot tashkilotining daromadlari va xarajatlari smetalari vakolatli organlar bilan tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan mablagʻ va boshqa daromadlar koʻzda tutilgan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tibbiyot tashkilotlari ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutilayotgan daromadlar doirasida xodimlar sonini mustaqil belgilaydi, takomillashtirilgan tarif setkasi boʻyicha bazaviy lavozim maoshlaridan, shuningdek, ustama va qoʻshimchalardan kelib chiqqan holda shtat jadvalini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida oʻtayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlari uchun amaldagi namunaviy shtat normativlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun tibbiyot tashkilotlari xarajatlarini toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari xisobidan tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash vakolatli organlar bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan mablagʻning 1/12 qismini quyidagi ketma-ketlikda xarajatlar moddalariga boʻlmagan holda alohida satr bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 5 sanasigacha boʻlgan muddatda rejalashtirilgan mablagʻning 70 foizi miqdorida tibbiyot tashkilotining xarajatlarini qoplash uchun oldindan toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan 30 foiz mablagʻ keyingi oyning 15 sanasigacha shartnoma shartlariga koʻra bajarilgan dastlabki hisobot hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tibbiyot tashkilotlari har chorakda avvalgi chorak uchun dastlabki hisob hujjatlari asosida tibbiy yordam koʻrsatilishi boʻyicha bemorlar reyestrini shaklantiradi, oʻzaro hisob-kitoblarni yakunlash uchun shakllantirilgan hujjatlar asosida taqqoslama dalolatnoma tuzadi, ular tibbiy xizmatlar haqini toʻlash uchun hisobvaraq-faktura bilan birga hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasigacha vakolatli organlarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tibbiyot tashkilotlari tomonidan shartnomada belgilangan majburiyatlarning toʻliq bajarilmasligi natijasida oldindan toʻlov sifatida toʻlangan mablagʻ keyingi xisobot choragida nazarda tutilgan mablagʻ xisobidan kamaytirish orqali ushlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnomada belgilangan muddatdagi hajmdan ortiq koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni toʻlashga shartnoma doirasida avvalgi davrda bajarilmagan hajmlar hisobiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tibbiyot tashkiloti tomonidan shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar toʻliq hajmda bajarilganda, hisobot davri yakunida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida qolgan budjet mablagʻlari budjetga qaytarilmaydi. Ushbu mablagʻlar tibbiyot tashkilotini rivojlantirish va xodimlarni ragʻbatlantirish uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shartnomada koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarning hajmi va qiymati yoki boshqa omillarning taʼsiri natijasida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taraflarning kelishuviga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tibbiy iqtisodiy hujjatlarning toʻgʻri shakllantirilganligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tibbiy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza quyidagi parametrlar boʻyicha birlamchi tibbiy hujjatlar asosida har chorakda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolangan bemorlar reyestrining toʻgʻri toʻldirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozni davolashda tashhis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatlar haqini toʻlash uchun taqdim etilgan hisobvaraq-fakturadagi summalarning davolangan bemorlar reyestridagi summalarga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tibbiy yordam koʻrsatishda tashhis qoʻyish va davolash sifatiga doir belgilangan standartlarga mos kelmagan holatlar aniqlangan taqdirda, tibbiy-iqtisodiy ekspertiza natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza natijalariga koʻra tibbiy xizmat hajmlarini sunʼiy oshirib koʻrsatish holatlari aniqlanganda, ortiqcha toʻlangan mablagʻlar keyingi toʻlovlarda ushlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza hujjatlarining haqqoniyligi ustidan nazorat vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida oʻtayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan masalalarni oʻzaro hamkorlikda tartibga solish vakolatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablariga rioya qilmaganligi uchun mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini “har bir davolangan holat uchun” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20__ yil “___” ________ №, № ______; ______
Koʻrsatilgan tibbiy yordamning qiymati va hajmiga muvofiq “har bir davolangan holat” boʻyicha haq toʻlash yuzasidan NAʼMUNAVIY SHARTNOMA
20__ yil “____” ____________
__________ shahri
__________________________ viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi nomidan, Nizom asosida ish koʻruvchi, bundan keyin “Moliya boshqarmasi” deb yuritiladi, boshqarma boshligʻi _________________________________________,
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
__________________________ viloyati hokimligi Sogʻliqni saqlash boshqarmasi nomidan, Nizom asosida ish koʻruvchi, bundan keyin “Buyurtmachi” deb yuritiladi, boshqarma boshligʻi __________________________________________,
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
_________________________ shifoxona (dispanser) nomidan, Nizom asosida ish koʻruvchi, bundan keyin “Xizmat koʻrsatuvchi” deb yuritiladi, bosh shifokor _____________________________________________________,
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
_________________________ tibbiyot tashkilotlarini “har bir davolangan holat uchun” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdi:
I. Shartnoma predmeti
1. “Buyurtmachi” aholiga koʻrsatiladigan tibbiy yordamning hajmini tasdiqlaydi, “Xizmat koʻrsatuvchi” mazkur hududda yashovchi shaxslarga zarur statsionar tibbiy yordam koʻrsatish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. 2. “Xizmat koʻrsatuvchi” ushbu shartnomaga ilovaga muvofiq hajmlarda tibbiy yordam olishni istagan shaxslarga zarur statsionar tibbiy yordam koʻrsatishni oʻz zimmasiga oladi. 3. “Moliya boshqarmasi” tegishli gʻaznachilik boʻlimlari orqali shaxslarga koʻrsatilgan statsionar tibbiy yordamning qiymatini mazkur shartnoma shartlarida belgilangan hajmlarda va tartibda budjet mablagʻlari hisobidan qoplab beradi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
4. “Moliya boshqarmasi”ning xuquqlari: • “Xizmat koʻrsatuvchi”dan mazkur shartnoma talablariga rioya qilishi boʻyicha nazorat oʻrnatish maqsadida mijozlarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam turlari, hajmlari va boshqa maʼlumotlarni olish; • budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish masalalari, hisobotlarni toʻgʻri tuzish boʻyicha “Xizmat koʻrsatuvchi”ning faoliyati yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish; • “Xizmat koʻrsatuvchi” faoliyatiga eʼtirozlar bildirish, zarar yetkazilgan hollarda amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni undirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash. 5. “Moliya boshqarmasi”ning majburiyatlari: • moliya yili uchun viloyat budjeti parametrlarida tasdiqlangan va tegishli tuman uchun taqsimlangan aholiga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadlariga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlari hajmini “Buyurtmachiga”ga yetkazish; • “Xizmat koʻrsatuvchi”ga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam uchun shartnomaning 3-bandiga muvofiq budjet mablagʻlari hisobidan oʻz vaqtida moliyalashtirishni amalga oshirish; • “Xizmat koʻrsatuvchi”ning davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmatlar koʻrsatish borasidagi faoliyati va hisobotning toʻgʻri tuzilishi boʻyicha nazorat oʻrnatish; • Qonunchilikda va mazkur shartnomada koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. 6. “Buyurtmachi”ning huquqlari: • bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish qoidalariga amal qilinishining ahvoli yuzasidan nazorat oʻrnatish uchun “Xizmat koʻrsatuvchi”dan doimiy ravishda tegishli maʼlumotlar olish; • koʻrsatgan tibbiy xizmat mazkur shartnoma talablariga hajm va sifat jihatidan mos kelishi yuzasidan monitoring oʻrnatish, tekshiruvlar oʻtkazish; • “Xizmat koʻrsatuvchi” faoliyatiga eʼtirozlar bildirish, zarar yetkazilgan hollarda amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni undirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash; 7. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari: • moliya yili uchun aniqlangan tibbiy xizmat hajmi (davlat buyurtmasini) “Xizmat koʻrsatuvchi”ga bajarish uchun taqdim etish maqsadida mazkur shartnomaga ilovaga muvofiq tasdiqlash; • “Xizmat koʻrsatuvchi” statsionar sharoitda davolayotgan bemorlarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam shartlari, hajmi, muddati, sifati yuzasidan nazorat oʻrnatish; • Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Xizmat koʻrsatuvchi” statsionar sharoitda davolayotgan bemorlarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam shartlari, hajmi, muddati, sifati yuzasidan oʻtkaziladigan tekshiruvlarda ishtirok etish; • fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlari toʻgʻrisidagi axborotlar, tibbiy xizmat hajmlari, turlari va uni olish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan “Xizmat koʻrsatuvchi”ni taʼminlash; • Qonunchilikda va mazkur shartnomada koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. 8. “Xizmat koʻrsatuvchi”ning huquqlari: • mazkur shartnoma asosida koʻrsatilgan tibbiy yordam uchun oʻz xarajatlarini qoplashga budjetda belgilangan hajmlardagi mablagʻni olish; • koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat xarajatlarini qoplash uchun budjet mablagʻlarini olish jarayonidagi muammolar yuzasidan viloyat hokimligi Moliya boshqarmasi va Sogʻliqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilish. 9. “Xizmat koʻrsatuvchi”ning majburiyatlari: • diagnostika va davolash standartlariga muvofiq yoʻllanma asosida murojaat qilgan shaxslarga bepul tibbiy xizmat koʻrsatish; • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bemorlarning tanlov asosida davolanish va shifokorni tanlash huquqini roʻyobga chiqarish, tibbiy xizmatlarni mazkur shartnomada belgilangan hajmlar va muddatlar doirasida tibbiyot amaliyoti, texnologiya va kasb etikasining yuksak darajasida koʻrsatish; • mijoz sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi shifokor sirini oshkor qilmaslik; • mijozlarga “Xizmat koʻrsatuvchi”ning ish tartibi, koʻrsatiladigan tibbiy xizmat turlari, uning sifati va muvofiqligi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etish; • koʻrsatiladigan tibbiy xizmatning hajmi, muddatlari, sifati va shartlari yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat uchun tegishli maʼlumotlarni “Buyurtmachi” va “Moliya boshqarmasi”ga xisobot davrining keyingi oyi 25 sanasigacha boʻlgan muddatda taqdim etish; • budjet mablagʻlaridan foydalanganlik va shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlarga hisobotlarni taqdim etib borish; • “Xizmat koʻrsatuvchi” yoki uning xodimlarining aybi bilan mijozning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni, shuningdek, bunday ziyon yetkazilishi natijasida kelib chiqqan zararlarni toʻliq hajmda qoplash; • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida va mazkur shartnoma shartlarida koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
III. Tomonlarning javobgarligi
10. “Moliya boshqarmasi” budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat oʻrnatishga javobgardir. 11. “Buyurtmachi” shartnoma asosida toʻlovlarni amalga oshirish tizimiga oʻtish jarayonida “Xizmat koʻrsatuvchi”ga tashkiliy va metodik yordam koʻrsatish va tibbiy xizmat sifati boʻyicha nazoratni taʼminlash uchun javobgardir. 12. “Xizmat koʻrsatuvchi” mijozlarga diagnostika va davolash standartlariga muvofiq sifatli va zarur hajmlarda tibbiy yordam koʻrsatish uchun javobgardir.
IV. Fors-major
13. Tomonlarning har biri, agar oʻz majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida (yer qimirlashi, suv toshqini, yongʻin, epidemiya i boshqa tabbiy ofatlar) yuz bersa, ushbu muddatlarga majburiyatlar bajarilishi kechiktiriladi va mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
V. Shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish tartibi
14. Mazkur shartnoma uni barcha tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va moliya yili yakunigacha 20__ yil 31-dekabrgacha amal qiladi. 15. Tomonlar shartnoma shartlarini bajarishdan bir tomonlama voz kechish huquqiga ega emas. 16. Mazkur shartnoma quyidagi holatlar yuz bergan paytdan boshlab bekor qilingan hisoblanadi: tomonlardan birining tugatilishi; tomonlar yozma ravishda shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida ahdlashuv tuzib, vakolatli vakillar tomonidan imzolanishi. 17. Mazkur shartnoma bekor qilinganda, tomonlar 10 kun muddat ichida oʻzaro-hisob-kitoblarni solishtirib, debitor va kreditor qarzdorliklarni tugallab, yakuniy hisob-kitoblar toʻgʻrisida tegishli dalolatnoma tuzadi.
VI. Yakunlovchi qoidalar
18. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan barcha boshqa masalalar yuzasidan tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida ish koʻrishadi. 19. Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma shaklda tuzilgan boʻlsa va tomonlarning bunga vakolat berilgan vakillari tomonidan imzolangan boʻlsa, haqiqiy va mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. 20. Mazkur shartnoma har bir tomon uchun bir nusxadan, jami toʻrt nusxada tuzildi, barcha nusxalar oʻxshash va bir xil yuridik kuchga egadir. 21. Mazkur shartnomani bajarishda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan nizolar va kelishmovchiliklar imkoni boricha tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi. Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlmagan taqdirda, tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 19-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jon boshiga moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) Sirdaryo viloyatidagi qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari, shuningdek, markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarni (keyingi oʻrinlarda birlamchi boʻgʻin muassasalari deb ataladi) bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib, shartnomalar asosida moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom jon boshiga moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan Sirdaryo viloyatining birlamchi boʻgʻin tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma — aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun bir tarafdan vakolatli organlar (davlat buyurtmachisi) va boshqa tarafdan tibbiyot tashkilotlari (davlat xaridlari ijrochisi) oʻrtasida Davlat budjeti va/yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari mablagʻlari hisobiga kelishilgan hajmlarda yozma shaklda tuziladigan bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatish koeffitsiyenti — maʼlum bir muhim omillarni (aholi jinsi va yoshi hamda zichligi) hisobga olgan holda, bazaviy xarajatlar meʼyorini tuzatish uchun ishlatiladigan koyeffitsiyentlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan aholi — belgilangan tartibda birlamchi boʻgʻin muassasasida tibbiy xizmat olish uchun roʻyxatdan oʻtgan aholi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy xarajatlarning meʼyori (aholi jon boshiga moliyalashtirish) — Oʻzbekiston Respublikasining hududida bir fuqaroga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy xizmat koʻrsatish uchun xarajatlarning yagona standarti, ushbu muassasalarning yil davomida xizmatlarning barcha hajmlari uchun toʻlov miqdorini aniqlashda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Birlamchi boʻgʻin muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga aholini biriktirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholi birlamchi boʻgʻin muassasalariga tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarining buyrugʻi bilan biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Birlamchi boʻgʻin muassasalariga biriktirilgan aholi soni va tarkibi boʻyicha axborot tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbari tomonidan tuziladi, aholining umumiy soni esa hududiy statistika organi (tuman/shahar) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Biriktirish rejalashtirilgan davr boshida birlamchi boʻgʻin muassasalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan uchastkalar asosida 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Birlamchi boʻgʻin muassasalari budjetini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birlamchi boʻgʻin muassasalarining budjeti bazaviy xarajatlarning meʼyori asosida rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har bir birlamchi boʻgʻin muassasasini yillik moliyalashtirish hajmi bazaviy xarajatlarning meʼyori va birlamchi boʻgʻin muassasasiga biriktirilgan aholi soni hisob-kitobidan kelib chiqib, quyidagi formula boʻyicha tuzatish koeffitsiyentlaridan foydalanilgan holda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MYH = XBMreja x BAS x HTK, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MYH — rejalashtirilgan yilda hudud birlamchi boʻgʻin muassasalarini yillik moliyalashtirish hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XBMreja — rejalashtirilgan yildagi bazaviy xarajatlarning meʼyori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAS — rejalashtirilgan yil boshida birlamchi boʻgʻin muassasasiga biriktirilgan hududdagi aholi soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HTK — alohida hududlarda birlamchi boʻgʻin muassasalarini moliyalashtirish imkoniyatini hisobga oladigan hududiy tuzatish koeffitsiyenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Borish qiyin boʻlgan hududlar roʻyxatlari va murakkab geografik sharoitlarda ishlash uchun qoʻshimcha haqlarning aniq miqdorlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bazaviy xarajatlarning meʼyorini aniqlashda birlamchi boʻgʻin muassasalarining imtiyozli retseptlar boʻyicha beriladigan dori-darmonlar, shuningdek, kapital taʼmirlash va qurilish hamda qimmat baho uskunalarni xarid qilish xarajatlari nazarda tutilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Birlamchi boʻgʻin muassasalarini saqlab turish uchun xarajatlar har oyda oʻrtacha taxminan yillik budjetning 12 dan bir qismi miqdorida ayrim tibbiy xizmat turlariga boʻlgan ehtiyojlar mavsumiy oʻzgarishi hisobga olingan holda moliyalashtiriladi. Har oy uchun moliyalashtirishning prognoz hajmlari 2-ilovada keltirilgan shakldagi shartnomalarda belgilanadi. Birlamchi boʻgʻin muassasalari vafot etgan, hisobdan chiqarilgan va yangi biriktirilgan aholini hisobga olgan holda, biriktirilgan aholi haqida har chorakda sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarini va moliya organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Alohida birlamchi boʻgʻin muassasasini moliyalashtirishning yillik hajmi bazaviy xarajatlarning meʼyori hisob-kitobi va birlamchi boʻgʻin muassasalariga biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, tuzatish koeffitsiyentlaridan (aholi jinsi va yoshi hamda zichligi) foydalangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yilllik mablagʻlar hajmi bazaviy xarajatlarning meʼyori belgilangan tartibda ish haqlarini oshishi hamda kommunal xizmatlarning tariflarini oʻzgarishi hisobiga qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi hududiy moliya boshqarmasi bilan kelishilgan holda, birlamchi boʻgʻin muassasalari budjetlarini hisoblab chiqadi hamda tuman (shahar) moliya organlariga belgilangan tartibda yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Birlamchi boʻgʻin muassasalari ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutilayotgan daromadlar doirasida xodimlar sonini mustaqil belgilaydi, takomillashtirilgan tarif setkasi boʻyicha bazaviy lavozim maoshlaridan, shuningdek, ustama va qoʻshimchalardan kelib chiqqan holda shtat jadvalini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba doirasidagi tibbiyot tashkilotlari uchun amaldagi namunaviy shtat normativlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun birlamchi boʻgʻin muassasalari xarajatlari haqini toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Birlamchi boʻgʻin muassasalarining tibbiy xizmat haqi har oyda (xarajatlar guruhini ajratmay) tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq, shuningdek, 2-ilovaga muvofiq shartnomada belgilangan kelishilgan tibbiy yordam hajmlari qiymati doirasida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tibbiy xizmatlar uzluksiz koʻrsatilishini va joriy xarajatlar qoplanishini taʼminlash maqsadida birlamchi boʻgʻin muassasalariga budjet mablagʻlari har oyda ikki bosqichda, boshqa xarajatlar tarkibida xarajatlar moddalari boʻyicha alohida satrda, tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda quyidagi tartibda ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 5 sanasigacha boʻlgan muddatda birlamchi boʻgʻin muassasalariga oylik rejali budjetdan ajratiladigan mablagʻlar rejalashtirilgan summasining 85 foizi miqdorida oldindan toʻlov oʻtkaziladi (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash, dori-darmonlar xarid qilish va boshqa xarajatlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan 15 foizi chorak yakunlangandan soʻng keyingi oyning 15 sanasigacha birlamchi boʻgʻin muassasalarining qonun hujjatlarida belgilangan faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini tasdiqlaydigan hujjatlar haqqoniyligi tekshirilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Birlamchi boʻgʻin muassasalari faoliyatining samaradorligi Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq belgilanadi. Taqdim etilgan maʼlumotlar haqqoniyligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va sogʻliqni saqlash hududiy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Har bir birlamchi boʻgʻin muassasasini shartnomaga muvofiq uning uchun rejalashtirilgan budjet doirasida amalda moliyalashtirish hajmi biriktirilgan aholiga koʻrsatilgan xizmatlar hajmi va sifatiga bogʻliq, biroq tasdiqlangan xarajatlar smetasi hajmining 85 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar toʻliq hajmda yakunlangach, hisobot davri oxirida (chorak, yil) shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida qolgan budjet mablagʻlari birlamchi boʻgʻin muassasalari tomonidan budjetga qaytarilmaydi. Ushbu mablagʻlar tibbiyot tashkilotini rivojlantirish va xodimlarni ragʻbatlantirish uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi jon boshiga moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida oʻtayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan masalalarni oʻzaro hamkorlikda tartibga solish vakolatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom talablariga rioya qilmaganligi uchun mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jon boshiga moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20__ yil 1-yanvardagi holatga koʻra tuman (shahar) aholisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jon boshiga moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20__ yil “___” ________ №, № ______; ______
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordamning jon boshiga haq toʻlash yuzasidan NAʼMUNAVIY SHARTNOMA
20__ yil “___” ____________
__________ shahri
_________________________ viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi nomidan, Nizom asosida ish koʻruvchi, bundan keyin “Moliya boshqarmasi” deb yuritiladi, boshqarma boshligʻi _________________________________________,
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
_____________________________ viloyati hokimligi Sogʻliqni saqlash boshqarmasi nomidan, Nizom asosida ish koʻruvchi, bundan keyin “Buyurtmachi” deb yuritiladi, boshqarma boshligʻi _______________________________________ _____________________________________, _________________________________ (tuman birlamchi bugʻin muassasasi)
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
nomidan, Nizom asosida ish koʻruvchi, bundan keyin “Xizmat koʻrsatuvchi” deb yuritiladi, bosh shifokor ______________________________________, bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib, shartnomalar
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
asosida moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdi:
I. Shartnoma predmeti
1. “Buyurtmachi” aholiga koʻrsatiladigan tibbiy yordamning hajmini tasdiqlaydi, “Xizmat koʻrsatuvchi” mazkur hududda yashovchi shaxslarga zarur tibbiy yordamni koʻrsatish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. 2. “Xizmat koʻrsatuvchi” ushbu shartnomaga ilovaga muvofiq hajmlarda tibbiy yordam olishni istagan shaxslarga zarur tibbiy yordam koʻrsatishni oʻz zimmasiga oladi. 3. “Moliya boshqarmasi” tegishli gʻaznachilik boʻlimlari orqali shaxslarga koʻrsatilgan tibbiy yordamning qiymatini mazkur shartnoma shartlarida belgilangan hajmlarda va tartibda budjet mablagʻlari hisobidan qoplab beradi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
4. “Moliya boshqarmasi”ning xuquqlari: • “Xizmat koʻrsatuvchi”dan mazkur shartnoma talablariga rioya qilinishi boʻyicha nazorat oʻrnatish maqsadida mijozlarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam turlari, hajmlari va boshqa maʼlumotlarni olish; • budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish masalalari, hisobotlarni toʻgʻri tuzish boʻyicha “Xizmat koʻrsatuvchi”ning faoliyati yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish; • “Xizmat koʻrsatuvchi” faoliyatiga eʼtirozlar bildirish, zarar yetkazilgan hollarda amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni undirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash. 5. “Moliya boshqarmasi”ning majburiyatlari: • moliya yili uchun viloyat budjeti parametrlarida tasdiqlangan va tegishli tuman uchun taqsimlangan aholiga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadlariga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlari hajmini “Buyurtmachiga”ga yetkazish; • “Xizmat koʻrsatuvchi”ga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam uchun shartnomaning 3-bandiga muvofiq budjet mablagʻlari hisobidan oʻz vaqtida moliyalashtirishni amalga oshirishi; • “Xizmat koʻrsatuvchi”ning davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmatlar koʻrsatish borasidagi faoliyati va hisobotning toʻgʻri tuzilishi boʻyicha nazorat oʻrnatish; • Qonunchilikda va mazkur shartnomada koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. 6. “Buyurtmachi”ning huquqlari: • bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish qoidalariga amal qilinishining ahvoli yuzasidan nazorat oʻrnatish uchun “Xizmat koʻrsatuvchi”dan doimiy ravishda tegishli maʼlumotlar olish; • koʻrsatgan tibbiy xizmat mazkur shartnoma talablariga hajm va sifat jihatidan mos kelishi yuzasidan monitoring oʻrnatish, tekshiruvlar oʻtkazish; • “Xizmat koʻrsatuvchi” faoliyatiga eʼtirozlar bildirish, zarar yetkazilgan hollarda amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni undirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash; 7. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari: • moliya yili uchun aniqlangan tibbiy xizmat hajmi (davlat buyurtmasini) “Xizmat koʻrsatuvchi”ga bajarish uchun taqdim etish maqsadida mazkur shartnomaga ilovaga muvofiq tasdiqlash; • “Xizmat koʻrsatuvchi” bemorlarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam shartlari, hajmi, muddati, sifati yuzasidan nazorat oʻrnatish; • Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Xizmat koʻrsatuvchi mijozlarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam shartlari, hajmi, muddati, sifati yuzasidan oʻtkaziladigan tekshiruvlarda ishtirok etish; • fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlari toʻgʻrisidagi axborotlar, tibbiy xizmat hajmlari, turlari va uni olish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan “Xizmat koʻrsatuvchi”ni taʼminlash; • Qonunchilikda va mazkur shartnomada koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. 8. “Xizmat koʻrsatuvchi”ning huquqlari: • mazkur shartnoma asosida koʻrsatilgan tibbiy yordam uchun oʻz xarajatlarini qoplashga budjetda belgilangan hajmlardagi mablagʻni olish; • koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat xarajatlarini qoplash uchun budjet mablagʻlarini olish jarayonidagi muammolar yuzasidan, viloyat Hokimligi Moliya boshqarmasi va Sogʻliqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilish. 9. “Xizmat koʻrsatuvchi”ning majburiyatlari: • murojaat qilgan shaxslarga diagnostika va davolash standartlariga muvofiq bepul tibbiy xizmat koʻrsatish; • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bemorlarning tanlov asosida davolanish va vrachni tanlash huquqini roʻyobga chiqarish, tibbiy xizmatlarni mazkur shartnomada belgilangan hajmlar va muddatlar doirasida tibbiyot amaliyoti, texnologiya va kasb etikasining yuksak darajasida koʻrsatish; • mijoz sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi shifokor sirini oshkor qilmaslik; • mijozlarga “Xizmat koʻrsatuvchi”ning ish tartibi, koʻrsatiladigan tibbiy xizmat turlari, uning sifati va muvofiqligi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etish; • koʻrsatiladigan tibbiy xizmatning hajmi, muddatlari, sifati va shartlari yuzasidan oʻtaziladigan nazorat uchun tegishli maʼlumotlarni “Buyurtmachi” va “Moliya boshqarmasi”ga xisobot davrining keyingi oyi 25 sanasigacha boʻlgan muddatda taqdim etish; • budjet mablagʻlaridan foydalanganlik va shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlarga hisobotlarni taqdim etib borish; • “Xizmat koʻrsatuvchi”ning yoki uning xodimlarining aybi bilan mijozning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni, shuningdek bunday ziyon yetkazilishi natijasida kelib chiqqan zararlarni toʻliq hajmda qoplash; • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida va mazkur shartnoma shartlarida koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
III. Tomonlarning javobgarligi
10. “Moliya boshqarmasi” budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat oʻrnatishga javobgardir. 11. “Buyurtmachi” shartnoma asosida toʻlovlarni amalga oshirish tizimiga oʻtish jarayonida “Xizmat koʻrsatuvchi”ga tashkiliy va metodik yordam koʻrsatish va tibbiy xizmat sifati boʻyicha nazoratni taʼminlash uchun javobgardir. 12. “Xizmat koʻrsatuvchi” mijozlarga diagnostika va davolash standartlariga muvofiq sifatli va zarur hajmlarda tibbiy yordam koʻrsatish uchun javobgardir.
IV. Fors-major
13. Tomonlarning har biri, agar oʻz majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida (yer qimirlashi, suv toshqini, yongʻin, epidemiya i boshqa tabbiy ofatlar) yuz bersa, ushbu muddatlarga majburiyatlar bajarilishi kechiktiriladi va mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
V. Shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish tartibi
14. Mazkur shartnoma uni barcha tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va moliya yili yakunigacha 20__ yil 31-dekabrgacha amal qiladi. 15. Tomonlar shartnoma shartlarini bajarishdan bir tomonlama voz kechish huquqiga ega emas. 16. Mazkur shartnoma quyidagi holatlar yuz bergan paytdan boshlab bekor qilingan hisoblanadi: tomonlardan birining tugatilishi; tomonlar yozma ravishda shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida ahdlashuv tuzib, vakolatli vakillar tomonidan imzolanishi. 17. Mazkur shartnoma bekor qilinganda, tomonlar 10 kun muddat ichida oʻzaro-hisob-kitoblarni solishtirib, debitor va kreditor qarzdorliklarni tugallab, yakuniy hisob-kitoblar toʻgʻrisida tegishli dalolatnoma tuzadi.
VI. Yakunlovchi qoidalar
18. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan barcha boshqa masalalar yuzasidan tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida ish koʻrishadi. 19. Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma shaklda tuzilgan boʻlsa va tomonlarning bunga vakolat berilgan vakillari tomonidan imzolangan boʻlsa, haqiqiy va mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. 20. Mazkur shartnoma har bir tomon uchun bir nusxadan, jami toʻrt nusxada tuzildi, barcha nusxalar oʻxshash va bir xil yuridik kuchga egadir. 21. Mazkur shartnomani bajarishda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan nizolar va kelishmovchiliklar imkoni boricha tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi. Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlmagan taqdirda, tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqli.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 09/20/19/0047-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)