O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda xizmat yengil avtomobillaridan foydalanishni yanada tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-son hamda “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qarorlariga muvofik Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshkaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda yengil xizmat avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2011-yil 26-maydagi 153-son karorining rus tilidagi matnida 1-ilovaning 111-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
111. |
Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya |
- |
282 |
19 |
3 |
260 |
- |
- |
|
|
Sentralniy apparat |
- |
7 |
5 |
2 |
- |
- |
- |
|||
|
Oblastnie zvenya |
- |
14 |
14 |
- |
- |
- |
- |
|||
|
Rayonnie zvenya |
- |
259 |
- |
- |
259 |
- |
- |
|||
|
Podvedomstvennie organizatsii |
- |
2 |
- |
1 |
1 |
- |
- |
”. |
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat kilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-yanvar,
15-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 09/20/15/0040-son)