06.01.2020 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radioterapiya va pozitron-emissionli tomografiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining chet el investitsiyasi ishtirokida “Tek grup saglik hizmetleri” MChJning Toshkent shahrida radioterapiya va pozitron-emissionli tomografiya markazini (keyingi oʻrinlarda markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir xafta muddatda “Tek grup saglik hizmetleri” MChJga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan holda markazni qurish uchun Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifokorlar koʻchasi, 2-uyda joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasining Koʻp tarmoqli klinikasiga tegishli yer uchastkasining N 34 (geomaʼlumot nuqta) hududidan doimiy foydalanish uchun 0,60 ga yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda belgilangan tartibda zarur boʻlgan kommunikatsiya tarmoqlari yoʻnalishi va joylashishini oʻzgartirish hamda ajratilgan yer uchastkasi chegarasiga qadar yetkazib berish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Tek grup saglik hizmetleri” MChJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazni qurish hamda jihozlash ishlari uchun 7,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya mablagʻlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazni bir yil muddatda foydalanishga topshirish hamda 20 tadan kam boʻlmagan ish oʻrnini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioterapiya va pozitron-emissionli tomografiya yoʻnalishida 2020-yil davomida 5 nafar tibbiyot xodimlarini oʻz hisobidan chet davlatlarga malaka oshirish kurslariga oʻqishga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaz tashkil etilgandan 8 yil davomida onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning (imtiyozli toifadagi shaxslar) uch nafariga har oyda toʻla ravishda radioterapiya usulida davolash hamda uch nafar bemorni pozitron-emissionli tomografiya tekshiruvidan bepul oʻtkazish boʻyicha investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, “Tek grup saglik hizmetleri” MChJ tomonidan olingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasiga boʻlgan huquq uning xarajatlari qoplanmagan holda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi markaz ishga tushishidan avval chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Tek grup saglik hizmetleri” MChJ bilan amal qilish muddati 8 yil boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni bepul radioterapiya boʻyicha davolash va pozitron-emissionli tomografiya tekshiruvidan oʻtkazish tartibi va hajmini belgilovchi shartnoma imzolanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatsin..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 09/20/5/0022-son)