Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “INTELSAT” YOʻLDOSH ALOQASI XALQARO TASHKILOTIGA KIRISHI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻldosh aloqasi tizimlari va tarmoqlarini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish va ularni xalqaro aloqa tarmoqlarga integratsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Aloqa vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining “Intelsat” yoʻldosh aloqasi xalqaro tashkilotiga kirishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Aloqa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasidan “Intelsat” yoʻldosh aloqasi xalqaro tashkilotidagi vakolatli vakil etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Aloqa vazirligi “Intelsat” xalqaro telekommunikatsiya yoʻldosh tashkiloti toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq bir oy muddatda zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasining “Intelsat” yoʻldosh aloqasi xalqaro tashkilotiga kirishi tartibotini belgilangan tartibda bajarsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Intelsat” yoʻldosh aloqasi xalqaro tashkilotiga kirish badali sifatida 1997-yilning I-choragida budjetdan (1,1 mln. AQSH dollariga teng miqdorda) mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, Yoʻldosh aloqasi xalqaro tashkilotiga kirish badalidan tushgan dividendlar ular toʻliq toʻlab boʻlgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga, toʻlab boʻlingandan soʻng esa Oʻzbekiston Respublikasida yoʻldosh telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 24-fevral,
105-son