30.12.2019 yildagi O‘RQ-599-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-modda, № 12, 781, 783-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 2, 3-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 166-moddalar, № 8, 471-modda, № 9, 589-modda, № 11, 792-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 va 2021-yillar davomida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) normalarining amaliy taʼsiri va samaradorligi doimiy ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan taqdirda Soliq kodeksining alohida normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini Soliq kodeksiga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari Soliq kodeksiga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda Soliq kodeksining ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan imtiyozlar 2020-yilning 1-apreliga qadar amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilning 1-yanvarigacha qabul qilingan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, yagona ijtimoiy toʻlov, yagona soliq toʻlovi va qatʼiy belgilangan soliq oʻrniga tegishincha ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi kiritilmoqda, ularning toʻlovchilariga qonun hujjatlarida ilgari belgilab qoʻyilgan imtiyozlar va alohida hisoblash tartibi tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Belgilab qoʻyilsinki, hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oʻrnini qoplash 2020-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ushbu Qonun 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining 69-bobi qoidalari 2020-yil 1-yanvardan keyin tuziladigan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan xalqaro va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari tomonidan maʼqullangan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga 2020-yil 1-iyulga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda yangi tartib joriy etiladi, unga muvofiq davlat soliq xizmati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni soliq auditi tayinlanganligi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi 2020-yil 1-yanvarga qadar hosil boʻlgan zararni kelgusiga, ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi besh yildan koʻp boʻlmagan muddatda koʻchirishni amalga oshirishga haqli. Har bir keyingi soliq davrida hisobga olinadigan oʻtkazilayotgan zararning jami summasi joriy soliq davridagi soliq bazasining 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining VI, VII boʻlimlari va 5-bobi 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 40-moddasi birinchi qismining 1-bandi 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi. 2023-yil 1-yanvarga qadar chet el kompaniyasidagi ishtiroki ulushi 50 foizdan koʻproqni tashkil etadigan yuridik yoki jismoniy shaxs chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-599-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 03/19/599/4255-son; 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)