31.12.2019 yildagi 1057-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona nazorati samaradorligini taʼminlash, bojxona tartibotlarini soddalashtirish, shuningdek, vaqtni hamda moliyaviy xarajatlarni qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda beriladigan muvofiqlik sertifikati, sanitariya-epidemiologiya xulosasi, ekologik sertifikat mavjud boʻlish talab etiladigan tovarlarni “Yagona oyna” bojxona axborot tizimida ularning berilishi tasdiqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval dastlabki bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab uch soat ichida amalga oshiriladi, bunda xavflarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan xavf aniqlangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 25-sentabrdagi 762-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Belgilab qoʻyilsinki, tashuvchilar yoxud tovar egalari yoki tovarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar havo va temir yoʻl transportida tashiladigan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida dastlabki elektron tarzda oldindan axborotni bojxona organlarining axborot tizimiga butunjahon Internet tarmogʻi orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtishidan bir soat oldin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasiga yetib kelishidan bir soat oldin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq yoʻnalishni amalga oshirishda — havo transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga uchib kelishidan ikki soat oldin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa yoʻnalishni amalga oshirishda — havo transportining uchish vaqtida yuborishi shart.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ uch oy muddatda qoʻshni davlatlarning temir yoʻl maʼmuriyatlari bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolanishi va tegishli maʼlumotlar bilan tezkor almashish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar va konsullik muassasalarini ushbu qaror qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va xorijiy tashuvchilarga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga bojxona organlarining axborot tizimiga tovar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni mustaqil ravishda taqdim etish imkonini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, ulardan foydalanish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1057-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 09/20/1057/4261-son)