Birlashgan Arab Amirliklaridan mamlakatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini inobatga olib, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy investorlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorining 5-ilovasiga izohga quyidagi mazmundagi 6-band qo‘shilsin:
“6. Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim 2020-yil 1-yanvardan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga kirishda amal qilish muddati 90 kundan kam bo‘lmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini taqdim etadilar”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.