26.12.2019 yildagi 1039-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4161-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik) huzuridagi Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika degustatsiya komissiyasi) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik huzuridagi Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika degustatsiya komissiyasi faoliyatiga Agentlik direktori tomonidan tayinlanadigan rais rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika degustatsiya komissiyasi tarkibi vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan nomzodlardan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning 2-bandi 2020-yil 1-fevraldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.J. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1039-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-dekabrdagi 1039-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzuridagi Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) tomonidan ishlab chiqariladigan isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarining organoleptik sifat koʻrsatkichlarini aniqlash uchun tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlari — konyak spirti yoki tozalangan isteʼmol etil spirtidan, vino materiallari va (yoki) tarkibida spirt boʻlgan oziq-ovqat mahsulotidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan, hajmidagi etil spirtining ulushi bir yarim foizdan ortiq boʻlgan oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organoleptik baholash — sifat va miqdoriy usullar yordami bilan aniqlanadigan, inson sezgi aʼzolarining oʻrganilayotgan obyekt sifatidagi mahsulot xususiyatlariga boʻlgan javob reaksiyasi, bunda sifat usulida baholash ogʻzaki tavsiflar (deskriptorlar) orqali va miqdoriy usulida baholash esa sezgi intensivligini tavsiflovchi raqamlarda ifodalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organoleptik xususiyatlar — mahsulotlarning hidi, taʼmi, rangi hamda organoleptik koʻrsatkichlari muayyan mahsulotga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablariga muvofiqligini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
degustatsiya — oziq-ovqat mahsulotlarini ogʻiz boʻshligʻida organoleptik baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
degustator — oziq-ovqat mahsulotlarini asosan ogʻiz boʻshligʻida organoleptik baholaydigan sinovchi, tanlab olingan sinovchi yoki mutaxassis-ekspert.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya tarkibi Agentlik direktori bilan kelishilgan holda Komissiya raisi tomonidan har uch yilda vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tarkibda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Degustatorlarga boʻlgan talablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Degustator sohada uch yildan kam boʻlmagan kasb faoliyati tajribasiga va organoleptik tahlil yoʻnalishida ish tajribasiga ega boʻlish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
U yuqori sensor sezgirlikka va mahsulotning rangi, hidi, xushboʻyligi va taʼmidagi nozik farqlarni ajrata olish qobiliyatiga ega boʻlish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Degustator uning sezgirligini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan umumiy va maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan hamda mahsulotning organoleptik tahlilini bajarishni oʻziga xos xususiyatlari bilan tanish boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Degustator mahsulot ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlarini bilishi, sifatini baholashning prinsiplari va usullarini tushunishi, baho beriladigan mahsulotning sifat darajasini farqlashni bilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Degustator organoleptik tahlilni muayyan texnikasini bajarish va oʻz sezgilarini obyektiv aniqlash malakasiga, ushbu sezgilariga ballarda ifodalab oʻlchash usullariga ega boʻlishi hamda organoleptik tahlil usullarida qabul qilinadigan atamalarni chuqur bilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlarida kamida uch nafar aʼzodan iborat boʻlgan degustatsiya guruhi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkilotlarning degustatsiya guruhi aʼzolari, Komissiyaning kamida bir nafar vakili ishtirokida isteʼmol etil spirti va alkogol ichimliklar namunalarini, ularni keyinchalik sifatini organoleptik baholashga taqdim qilish uchun tanlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Komissiyaning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarini organoleptik xususiyatlariga koʻra mahsulotning sifatini organoleptik baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan qaytadan ishlab chiqarishga qoʻyilgan mahsulot va texnologik jarayonlar hamda tarkibi oʻzgartirilgan mahsulotlarning sifatini organoleptik baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan alkogol mahsulotlarini nazorat qiluvchi organlar va isteʼmolchilar tomonidan talab boʻlganda organoleptik baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar va isteʼmolchilar tomonidan taqdim etilgan etil spirti va alkogol mahsulotlarini, shuningdek, isteʼmolchilar, nazorat qiluvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida mahsulot sifati boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda sifatini organoleptik baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga, respublika va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar va tanlovlarga namoyish etish uchun yetkazib beriladigan alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy mahsulotlar, xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni degustatsiya bahosi boʻyicha yagona amaliyotni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida mahsulot sifatini baholash boʻyicha yigʻilishlarga qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning degustatsiya guruhlariga uslubiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlarni xalqaro, mintaqaviy va boshqa mahsulot tanlovlarida ishtirok etishga tavsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar sifatini oshirish va ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarga rioya etishga (texnologik jarayon buzilgan hollarda) yoʻnaltirilgan degustatsiya natijalari toʻgʻrisida takliflarni ishlab chiqish va Komissiya raisiga tasdiqlash maqsadida taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilib, degustatsiyaga taqdim qilingan alkogol mahsulotlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom ashyo sifati, vinochilik mahsulotlari, isteʼmol etil spirti va alkogol ichimliklar ishlab chiqarishda kupajning tarkibi toʻgʻrisida xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajribaviy eksperimental mahsulotlar namunalarini va yangi nomdagi tasdiqlangan mahsulotlarni organoleptik baholashni amalga oshirish va tegishli qarorlar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasiga isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash natijalari haqida xabar berishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlari isteʼmolchilarini ommaviy axborot vositalari orqali oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida xabardor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarga degustatsiya natijalari boʻyicha bayonnoma nusxasini taqdim etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Komissiya faoliyati tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya faoliyatini tashkil etish ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiyaga rais rahbarlik qiladi, ishlarni boshqaradi, komissiya majlislarini olib boradi, majlislar bayonlarini, ish rejalarini va komissiyaning boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya jami yigirma bir nafar mutaxassislardan iborat tarkibda faoliyat yuritadi. Komissiya yigʻilishlari, agar ularning ishida komissiya aʼzolari umumiy sonining 50 foizidan ortigʻi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisning qaroriga muvofiq yigʻilishda vinochilik, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi malakali mutaxassislari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholashda faqat Komissiya aʼzolari tomonidan berilgan baholar hisobga olinadi. Degustatsiyaga taklif etilgan shaxslar mahsulot sifatini baholashi va degustatsiyaga taqdim qilingan mahsulot namunalari muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Ularning mahsulot sifati boʻyicha bergan organoleptik baholari taklif sifatida qabul qilinishi mumkin. Taklif etilgan shaxslar degustatsiya natijalari va Komissiya qarorini muhokama qilishda qatnashmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, Respublika degustatsiya komissiyasining yigʻilishi komissiya aʼzolarining harakatlari (harakatsizligi) tufayli oʻtkazilmagan taqdirda, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan litsenziya talablari buzilmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiyaning qarorlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Bayonnomada quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
degustatsiya oʻtkazilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolari toʻgʻrisida maʼlumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
degustatsiya maqsadi, turi va shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol etil spirti va alkogol mahsuloti mahsulot hamda uni ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi koʻrsatilgan degustatsiya qilish uchun taqdim etilgan namunalar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balli baholash va namunalarning organoleptik xususiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama paytida ifodalangan degustatorlarning taklifi va izohlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari va balli baholash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar va tadbirlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik Komissiyaga organoleptik baholash maqsadida taqdim qilingan isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarini talabnoma taqdim qiluvchilar bilan tuzilgan shartnoma asosida organoleptik baholash ishlarini tashkillashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik Komissiya yigʻilishini amalga oshirish uchun hamda ishlarini tashkillashtirish yuzasidan belgilangan tartibda konkurs asosida akreditatsiyalangan laboratoriyalarda amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiyaga taqdim etilgan namunalar Komissiya tomonidan yetti ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya yigʻilishida har bir ishtirokchiga isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarining namunalari sifatini organoleptik baholash uchun 50 ml miqdorgacha sarflanish normasi belgilanadi. Barcha sarflanishlar mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan dalolatnomaga muvofiq hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Taqdim etilgan namunalarni baholash natijalari boʻyicha Komissiya taqdim etilgan mahsulot Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya qarori Komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi va aʼzolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emas. Komissiya raisi eng oxirida ovoz beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Komissiyaning isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash yuzasidan qarorlari majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarining sifatini organoleptik balli baholash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Komissiya qarorlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Komissiyani tugatish yoki qayta tashkil etish qonun hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzuridagi Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi vakillari (uch nafar);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi vakillari (ikki nafar);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi vakillari (ikki nafar);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari (ikki nafar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar vakillari (oʻn nafar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari (ikki nafar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

Komissiya raisi

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori bilan kelishgan holda vazirlik va idoralar taqdim etgan nomzodlar orasidan Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tarkibini tasdiqlash.

3 yilda bir marotaba

II bosqich

Komissiya

Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholashni (keyingi oʻrinlarda — degustatsiya) oʻtkazish boʻyicha reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har chorakda bir marotaba

III bosqich

Komissiya, tashkilotlar

Degustatsiya oʻtkazish uchun isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan mahsulot namunalarini yigʻish.

Har chorakda bir marotaba

IV bosqich

Komissiya, tashkilotlar

Degustatsiya oʻtkazish joyi va sanasi toʻgʻrisida isteʼmol etil spirti
va alkogol mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni xabardor qilish.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

V bosqich

Komissiya

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlar sifatini organoleptik baholash.

7 ish kuni ichida

VI bosqich

Komissiya

Degustatsiya natijalari boʻyicha Komissiya bayonnomasini rasmiylashtirish hamda baholash natijalarini isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga yuborish.

5 ish kuni ichida

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzuridagi Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”
‎Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi”
‎Davlat unitar korxonasi direktori ‎‎

“____”____________________ 20__ y.

Dalolatnoma

Biz quyida imzo chekuvchilar, “___”____________ yil _____-son buyruqqa asosan tuzilgan komissiya aʼzolari: Standartlash boʻyicha mutaxassis_________________________________________________________________
‎Laboratoriya mudiri__________________________________________________________________________
‎Standartlash boʻlimi boshligʻi__________________________________________________________________

_______yil ______chorak uchun organoleptik koʻrsatgichlar boʻyicha tahlil oʻtkazish maqsadida tashkilotlar tomonidan __________dona ( __litr) alkogol mahsulotlar namunasi berilgan. Shundan _______dona ( __litr) laboratoriya tahlili uchun sarflangan, ________dona ( __litr) degustatsiya uchun sarflanganligi. Undan __________litr chiqindi (sliv), _______dona shisha idish _______________% absolyut alkogol ____________________________ga topshirilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzildi.

‎‎Standartlash boʻyicha mutaxassis

______________________________________ (F.I.O. imzo)

‎‎Laboratoriya mudiri

______________________________________ (F.I.O. imzo) ‎‎

‎‎Standartlash boʻlimi boshligʻi

______________________________________ (F.I.O. imzo) ‎‎

‎‎Qabul qildi ____________________________

‎‎______________________________________

(lavozimi)‎‎

‎‎(F.I.O. imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2019-y., 09/19/1039/4232-son; 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)