Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyruqning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2971-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 156-son “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 2971-1, 2019-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 3-son, 58-modda) 2-bandidagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-dekabr,
111-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2971-2/4199-son)