Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3124-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 3-son, 57-modda) 2-bandidagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-dekabr,
112-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/3124-1/4197-son)