24.12.2019 yildagi PF-5896-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining biometrik hujjatiga ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimini belgilash va viza rejimini yengillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — BMT) bilan oʻzaro hamkorligi doimiy ravishda kengayib, chuqurlashib bormoqda. BMT bilan oʻrnatilgan oliy va yuqori darajadagi aloqalar muntazam rivojlanib bormoqda. Oʻzbekiston BMTning Bosh assambleyasi va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalari faoliyatidagi oʻz ishtirokini faollashtirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari bilan barcha dolzarb yoʻnalishlarda oʻzaro munosabatlarini yanada mustahkamlash va har tomonlama rivojlantirish, xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarni kengaytirish, shuningdek, BMT xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2020-yil 1-yanvardan boshlab BMTning biometrik hujjatiga (qizil rangli Laissez-Passer pasporti) ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning biometrik hujjatiga (moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari Oʻzbekiston Respublikasidagi taklif qiluvchi tomonning taklifnoma xati asosida 2 ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning biometrik hujjatlariga (qizil yoki moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolarida bir vaqtning oʻzida amal qilish muddati BMTning biometrik hujjatlari amal qilish muddatidan kam boʻlmagan milliy pasporti (harakatlanish hujjati) boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mazkur Farmon qoidalari toʻgʻrisida BMTni xabardor qilsin, shuningdek, BMTning biometrik hujjatlari (qizil va moviy rangli Laissez-Passer pasportlari) namunalarini, bunday hujjatlar va ularning himoya elementlari batafsil tavsifini soʻrab olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkiloti imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (Nyu-York, 1946-yil 13-fevral) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi maqsadga muvofiqligini oʻrganib, natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5896-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 06/19/5896/4194-son)