Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 7 MARTDAGI 108-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chet el diplomatik vakolatxonalarini joylashtirish uchun maʼmuriy binolarni Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga berish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-martdagi 108-son qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1. Qarorning 1 va 3-ilovalariga qisman oʻzgartish kiritilib, quyidagilar Toshkent shahrida chet el vakolatxonalarini joylashtirish uchun berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16noyabrdagi 555-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi maʼmuriy binosining markaziy qismi oʻrniga “Toshsanoatqurilish” tresti 2-qurilish-montaj boshqarmasining Staxanov koʻchasi, 26-uydagi binosi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining maʼmuriy binosi oʻrniga SAIGIMS institutining T. Shevchenko koʻchasi, 15-uydagi binosi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat neft mahsulotlari bilan taʼminlash qoʻmitasining maʼmuriy binosi oʻrniga axborot-hisoblash markazi va malaka oshirish kurslarining Sodiqov koʻchasi, 14-uydagi binosi.
Chilonzor nohiya ijroiya qoʻmitasi maʼmuriy binosining manzili aniqlashtirish maqsadida avval koʻrsatilgan Volgograd koʻchasi, 2-uy emas, balki Chilonzor koʻchasi, 82-uy deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tovar-moddiy boyliklar olib ketilishini nazorat qiluvchi Davlat nazorati bosh boshqarmasining, Urush va mehnat faxriylari respublika Kengashining, Grek siyosiy muhojirlari jamiyatining maʼmuriy binolari va Furik koʻchasi, 2-a uydagi bino qarorning 1 va 3-ilovalaridan chiqarib tashlansin.
“2. Koʻchirilayotgan tashkilotlar, vazirliklar, idoralarning apparatlarini joylashtirish uchun 2-ilovaga muvofiq yotoqxonalar binosi, V.I. Lenin nomidagi ToshDUning falsafa, tarix fakultetlari va malaka oshirish institutining binosi Amir Temur koʻchasi, 60-a uydagi yotoqxona bilan birga, shuningdek, Rus tili va adabiyoti institutining Furqat koʻchasida qurilayotgan binosi Toshkent shahar hokimligi balansiga berilsin”.
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻrta Osiyo Tibbiyot fanlari akademiyasining apparatlari Rus tili va adabiyoti institutining Furqat koʻchasida qurilayotgan binosiga joylashtirilsin.
5. ToshDU falsafa, tarix fakultetlari va malaka oshirish instituti kontingenti bilan Oliy oʻquv yurtlari shaharchasida Sharqshunoslik instituti binolarida joylashtirilsin, Amir Temur koʻchasi, 60-a uydagi shu munosabat bilan boʻshab qolgan joylarga Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik hisobidagi “Sayyoh-Intur” birlashmasi va “Vatanparvar” MKT Markaziy Kengashining apparatlari joylashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi respublika uslubiyat markazining Lohutiy koʻchasida qurilayotgan binosiga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti joylashtirilsin”.
“8. Buyurtmachilar: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, “Oʻzradioelektrotexasbob” konserni Oʻzbekiston hisoblash texnikasi va informatika ishlab chiqarish birlashmasi, bosh pudratchi tashkilot – “Toshkentboshqurilish” Rus tili va adabiyot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining uslubiyat markazi, Oʻzbekiston hisoblash texnikasi va informatika ishlab chiqarish birlashmasining texnik xizmat koʻrsatish markazi binolari qurilishini 1992-yil iyun oyida tugallashni taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qayd qilingan inshootlar qurilishini tugallash uchun respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga qoʻshimcha ravishda 26,0 mln. soʻm va Oʻzbekiston hisoblash texnikasi va informatika ishlab chiqarish birlashmasiga 3,5 mln. soʻm ajratsin”.
4. Qarorning 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 19-iyun,
294-son