13.12.2019 yildagi 996-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent hayvonot bogʻini kelgusida modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlariga asosan, teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-maʼrifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratishda asosiy vazifa etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent hayvonot bogʻi bugungi kunda xizmat koʻrsatishning zamonaviy xalqaro standartlarga javob bermaydi shuningdek, zarar bilan faoliyat yuritayotgan davlat tashkiloti hisoblanadi. Xususan, soʻnggi uch yilda Toshkent hayvonot bogini saqlash uchun davlat budjetidan jami 22,7 mlrd. soʻm ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish, mamlakat iqtisodiyotidagi davlat ishtirokini qisqartirish, shuningdek zamonaviy madaniy-tomosha, ilmiy-maʼrifiy maskanlarini yaratish orqali mamlakat aholisiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, hayvonot bogʻining kolleksiyasini noyob va ekzotik hayvonlarning turlari bilan boyitishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasini tashkiliy-huquqiy shaklini masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xoʻjalik jamiyatiga aylantirgan holda, “Wildlife Care” MChJga (keyingi oʻrinlarda Ishonchli boshqaruvchi deb ataladi) ishonchli boshqarishga (keyingi oʻrinlarda Ishonchli boshqarish shartnomasi deb ataladi) berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ustav kapitali qayta tashkil etilayotgan “Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasi mol-mulklarining qoldiq balans qiymatida shakllantiriladi va jamiyatning ustav kapitalidagi taʼsischi funksiyasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ishonchli boshqaruvchi tomonidan Ishonchli boshqarish shartnomasi talablariga toʻliq rioya etilgan taqdirda, shartnomaning muddati 30 yilgacha uzaytirib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilganda “Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasining amaldagi soliq rejimi saqlanib qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishonchli boshqaruvchi uchun toʻlanadigan haq miqdori “Toshkent hayvonot bogi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yil yakunlari boʻyicha hisoblanadigan dividend hisobidan toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan investitsiyalar auditorlik tashkilotining hisobotiga asosan “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining sof foydasidan qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga “Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasi uchun 2019-yilda ajratilgan mablagʻlardan kam boʻlmagan miqdorda budjet hisobidan mablagʻlar ajratilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda “Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shaklini masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xoʻjalik jamiyatiga aylantirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent hayvonot bogini Ishonchli boshqaruvchi tomonidan kompleks modernizatsiya qilish hamda infratuzilma sharoitlarini yaxshilash boʻyicha konsepsiya 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishonchli boshqaruvchi tomonidan quyidagi takliflar bildirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki besh yil davomida 5 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar tarkibiy turini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi volyerlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar uchun reabilitatsiya markazini tashkil etish va hayvonot bogʻi ishchilarining malakasini oshirish uchun oʻquv markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy audio-video vizualizatsiyasini joriy etish va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi bilan birgalikda, “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilgandan soʻng, bir oylik muddatda Ishonchli boshqaruvchi bilan mazkur qarorda koʻrsatilgan shartlar asosida Ishonchli boshqarish shartnomasini tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda, “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatidagi davlat ulushini kelgusida Ishonchli boshqaruvchiga davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida berilishi boʻyicha taklif kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati mazkur qarorning 2-bandi “b” kichik bandida belgilangan tartibda tugatilgandan soʻng, Toshkent hayvonot bogʻidagi hayvonlar va boshqa mulklarni Madaniyat vazirligi tasarrufiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Istisno tariqasida Ishonchli boshqarish shartnomasi amal qilish davomida “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan xaridlarga Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
996-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 996-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent hayvonot bogini kompleks modernizatsiya qilish hamda infratuzilma sharoitlarini yaxshilash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent hayvonot bogʻi Oʻzbekiston Respublikasining madaniyat, taʼlim va turistik infrastrukturasining eng muhim obyektlaridan biridir. 2020 — 2024-yillarda Toshkent hayvonot bogʻini kompleks modernizatsiya qilish hamda infratuzilma sharoitlarini yaxshilash boʻyicha Konsepsiya (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) hayvonot bogʻlarining asosiy prinsiplari ijrosini taʼminlash, shu jumladan sunʼiy sharoitlarda yovvoyi hayvonlarni koʻrgazmaga chiqarish va oʻrganish, ilmiy-maʼrifiy, tadqiqot va tabiatni muhofaza qilishga oid masalalarni hal qilish hisoblanadi. Shuningdek, Konsepsiya doirasida aholi va turistlarning madaniy hordiq zonalarini yaratish, xususan hayvonlar va bogʻga tashrif buyurganlar uchun maksimal qulay sharoitlarni yaratish maqsadida hayvonlar saqlanayotgan joylardan uzoqroqda bolalar uchun oʻyin zonalarni tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Konsepsiyaning maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar turlarini koʻpaytirish, oq ayiq, nosorog, shimpanze, pingvin, jirafa, antilopa, zebra, baykal nerpasi kabi noyob hayvonlarni shu jumladan, Xalqaro Qizil kitob, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kirgan hayvonlarni xarid qilish, shuningdek, Oʻzbekiston endemik hayvonlarni saqlab qolish, koʻpaytirish, bu sohadagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, oʻlkamizning faunasini tashviqot qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonot bogʻining landshaft dizaynini oʻzgartirish, yangi aydentikasini (yangi logotip, bogʻdagi koʻrsatkichlar, yoʻlaklardagi belgilar, axborot tablo) yaratish va joriy etish orqali hayvonot bogʻi hududini madaniylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent hayvonot bogʻining veterinariya binosini rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy uskunalarni xarid qilish orqali hayvonlar uchun reabilitatsiya markazini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va chet davlatlar hayvonot bogʻlari xodimlarining malakasini oshirish uchun oʻquv markazini tashkil etish, shuningdek hayvonot bogʻiga yangi ishga kiradiganlar uchun oʻquv qoʻllanmalar chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audio va video vizualizatsiya hamda tashrif buyuruvchilar uchun maksimal qulay sharoitlarni yaratish maqsadida yagona toʻlov xizmati tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar uchun xalqaro standartlarga muvofiq yangi volyerlar qurish hamda mavjud volyerlarni rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonot va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mahalliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilish orqali hayvonot bogʻini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonot bogʻini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning shaffof mexanizmini taʼminlash maqsadida biologlar, hayvonot bogʻi xodimlari, koʻngillilar, zoohimoyachilar, jurnalistlardan iborat boʻlgan jamoa kengashini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyaning vazifasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonot bogʻlarining asosiy prinsiplari ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy sharoitlarda yovvoyi hayvonlarni koʻrgazmaga chiqarish va oʻrganish, ilmiy-maʼrifiy, tadqiqot va tabiatni muhofaza qilishga oid masalalarni hal qilish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Konsepsiyadan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya amalga oshishi natijasida quyidagi natijalarga erishilishi kutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyoda eng yaxshi hayvonot bogʻi darajasigacha yetkazish maqsadida Toshkent hayvonot bogʻini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish, uni MDXdagi boshqa hayvonot bogʻlari bilan raqobatbardoshligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar atrof-muhiti landshaftining ijobiy oʻzgartirilishiga koʻmaklashish va hayvonot bogʻi asosida turistlarni (mahalliy va xorijiy) jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevroosiyo Hayvonot bogʻlar va Akvariumlar (EARAZA) hududiy uyushmasida Toshkent hayvonot bogʻining oʻrnini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent hayvonot bogʻining balansida saqlanayotgan hayvonlar, shuningdek mavjud faoliyat koʻrsatayotgan infrastruktura Konsepsiyaning aktivlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻyilgan maqsadlarni samarali amalga oshirish uchun “Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasini tashkiliy-huquqiy shaklini masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xoʻjalik jamiyatiga aylantirgan holda ishonchli boshqarishga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilgandan soʻng, Ishonchli boshqaruvchi bilan Ishonchli boshqarish shartnomasi (keyingi oʻrinlarda Shartnoma deb ataladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hayvonot bogining hozirgi holati va muammolarni hal etish boʻyicha taklif
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirda hayvonot bogʻining faoliyati quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat asosan rekreatsion, soʻng maorif yoʻnalishida olib borilmoqda, tabiatni muhofaza qilish (hayvonlarning noyob turlarini koʻpaytirish) sohasida faoliyat deyarli olib borilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlarning asosiy qismini saqlash sharoitlari ularning ehtiyojlari va xalqaro standartlarga muvofiq emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd qilingan muammolarni hal etish maqsadida 2024-yilga qadar quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sektor va chet el investorlarning investitsiyalarini jalb qilish orqali hayvonlar, shu jumladan Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan noyob hayvonlar uchun qulay hududni barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining aholisi va xorijiy turistlar uchun vaqtni qiziqarli va mazmunli oʻtkazish maqsadida kulay sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh yil (2020 — 2024-yillar) davomida hayvonot bogʻini toʻliq rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda xalqaro ekspert hamjamiyatini jalb etgan holda Toshkent hayvonot bogʻining 100 yilligini nishonlash maqsadida xalqaro konferensiya oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Taklif etilayotgan innovatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchilarni maksimal soniga integratsiya qilish va keyinchalik merchendayz mahsulotini rivojlantirish imkoniyati mavjud kengaytirilgan brend-platformani yaratish. Bundan tashqari, mazkur brend-platforma ijtimoiy va marketing instrumentlarini, shu jumladan reklama va PRNN yanada faolroq qoʻllash imkoniyatini berishi quyidagi yoʻnalishlarni moslashuvchan boʻlishiga imkon beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonot bogʻi boʻylab qulay navigatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz) maʼlumot taxtachalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-saytni restayling qilish va mobil ilovalarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy tarmoqlarda faol reklama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvenir va merchaidayzing mahsulotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, hayvonot bogʻi xodimlarini oddiy mehmondan ajratib olish muammoligi sababli tizim dizayni asosida hayvonot bogʻining barcha xodimlari uchun alohida maxsus kiyim ishlab chiqish. Hayvonot bogʻining barcha xodimlari, sotuvchilar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar hayvonot bogʻining korporativ uslubiga mos keladigan kiyim kiyishlari shart. Bundan tashqari, hayvonot bogʻi xodimlari ular oʻrtasida boʻlingan hududni qoʻriqlashlari, qafaslar yaqinidagi tashrif buyuruvchilarni nazorat qilishlari, tashrif buyuruvchilar tomonidan hayvonlarning sogʻligi va hayotiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan taqiqlangan narsalarni tashlashlariga yoʻl qoʻymasliklari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonot bogʻining faoliyatini oʻta mavsumiyligini kamaytirishga, oktyabr oyidan aprelga qadar tashriflarni koʻpaytirish va ishni faollashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqish. Jumladan, qishki ekspozitsiyani, tashrif buyuruvchilar uchun “issiq hududlar”ni yaratish, keng omma uchun turli tadbirlar, axborot yangiliklari va voqealar marketingini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, hayvonot bogʻining ekspozitsiyasi, infrastrukturasi yaxshilanishi, mavsumiyligi kamaytirilishi, reklama va voqeaviy marketing (masalan, hayvonot bogʻida yangi qiziqarli hayvon keltirilishini OAVda namoyish etish va PR-tadbir oʻtkazish) orqali takroriy tashriflarni koʻpaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli xil chiptalarni, jumladan oilaviy, guruhlar uchun va koʻp marotabalik hamda ekskursiyaviy xizmat koʻrsatish va qoʻshimcha imkoniyatlar (sovgʻa, suvenir, hayvonlarni ovqatlantirish va x.k.) mavjud chiptalarni joriy etish. Bundan tashqari, chiptalarni sutkani vaqti va hafta kunlari boʻyicha boʻlish shuningdek, chiptalarni onlayn buyurtmalash, xarid qilish va kartalarni toʻldirish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonot bogʻi hududida taqdim etilayotgan barcha turdagi xizmatlarni (shu jumladan tashrifni, attraksionlarni va boshqalarni) toʻlash vositasi sifatida depozit kartalarni yaratish. Shu bilan birga, hayvonot bogʻida kartadan mablagʻlarni echish, marketing tadqiqotlari va tahlilni amalga oshirish imkonini beruvchi tegishli uskunalar oʻrnatish, shuningdek, sarflangan mablagʻlarning maʼlum foizi foydalanuvchiga yoki tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan diskont tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, hayvonlarni ruxsatsiz ovqatlantirish muammosini hal etadigan, hayvonlarni oziqlantirish uskunalarini oʻrnatish. Mazkur uskunalar ovqatni maqsadlar boʻyicha ajratib berishi, jumladan qushlar ozuqasini boshqa hayvonlarnikidan alohida qilib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzining asosiy funksiyalaridan tashqari, hayvonot bogʻi bogʻ hududi sifatida ham taqdim etilishi lozim. Shu munosabat bilan landshaft dizaynini batafsil ishlash, guldonlar, fontanlar, sayr hududlarini tashkil qilish zarur. Haykaltaroshlik kompozitsiyalarga alohida eʼtibor berilishi lozim. Hozirgi kunda hayvonot bogʻidagi haykaltaroshlik kompozitsiyalar mutanosib boʻlmagan koʻrinishga va ijro etish sifati past darajaga ega. Shu munosabat bilan hayvonot bogʻini innovatsion rekonstruksiyasi qilish orqali quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli ob-havo sharoitlarida dam olish imkoniyatini yaratish (oʻrindiqlar, yomgʻirdan boshpanalar, qishki paytda — issiqxonalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonot bogʻini rekonstruksiyasida tashrif etuvchilarning dam olishi uchun maksimal qulay sharoitlar koʻzda tutish jumladan, maxsus zonalarga ajratilgan yuqori sifatli ovqatlanish va suvenirlar savdosining shahobchalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa qilish imkonini beruvchi (kontakt) hayvonot bogʻi yoki yosh hayvonlarga moʻljallangan maydoncha hududini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim faoliyati, maʼruzalar, toʻgaraklar, multimedia prezentatsiyalari oʻtkazish bilan bogʻliq hududlarni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Hayvonot bogʻidan foydalanish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasini tashkiliy-huquqiy shaklini masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xoʻjalik jamiyatiga aylantirgan holda, ishonchli boshqarishga beriladi. Bu holatda ishonchli boshqaruvchi obyektdan foydalanishda mustaqil ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkning moddiy-texnika taʼminoti va saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkni joriy taʼmirlanishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik tarmoqlari va elektr uskunalaridan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdan foydalanish bilan bogʻliq barcha toʻlovlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikda belgilangan yongʻinga qarshi, sanitar va boshqa normalarga rioya etilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli boshqaruvchi hayvonot bogʻining tegishli koʻchmas mulkni tasarruf etish, garovga qoʻyish, foydalanish maqsadlarini oʻzgartirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning amal qilish muddati belgilangan tartibda tugatilgandan soʻng, Toshkent hayvonot bogʻidagi hayvonlar va boshqa mulklarni Madaniyat vazirligi tasarrufiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Konsepsiyaning umumiy qiymati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyaning umumiy qiymati 5 million AQSh dollarini tashkil etadi, bunda Shartnoma imzolanganidan soʻng 5 yil davomida (2020 — 2024-yillar) qayta investitsiya qilingan foyda hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Konsepsiyani moliyalashtirish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyani moliyalashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli boshqaruvchi rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun oʻz mablagʻlaridan foydalanadi, foydani qayta investitsiya qiladi, shuningdek umumiy qiymati kamida 5 million dollarga teng xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi. Shuningdek, ishonchli boshqaruvchi Shartnoma imzolangan kundan boshlab dastlabki 5 yil ichida olingan foyda miqdorini toʻliq qayta investitsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan investitsiyalar auditorlik tashkilotining hisobotiga asosan “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining sof foydasidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli boshqaruvchi uchun toʻlanadigan haq miqdori “Toshkent hayvonot bogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yil yakunlari boʻyicha hisoblanadigan divident hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Konsepsiyani amalga oshirish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyani amalga oshirish muddati 30 yilni tashkil etadi, shundan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich (2020-2021-yillar) — hayvonot bogʻi holatini xar tomonlama tahlil qilish, rekonstruksiya qilinadigan ustuvor obyektlarni aniqlash, yangi obyektlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, xalqaro ekspertlarni jalb qilish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich (2021-2022-yillar) — hayvonot bogʻining ommaviyligini oshirish, obyektlarni bosqichma-bosqich qayta qurish boʻyicha yangi rivojlanish strategiyasini tasdiqlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqich (2022 — 2024-yillar) — rejalashtirilgan tadbirlar va qurilish ishlarini yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi bosqich (2024 — 2049 yillar) — yangi tashkil etilgan infratuzilmani saqlash, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, hayvonot bogʻining hududini zaruratga qarab kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyani boshqarish, Konsepsiya boshqaruvi tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni boshqarish (NR menejment), mutaxassislarni tanlash (yoʻllash) mexanizmini joriy qilish hamda chet elda malaka oshirish, master-klasslar oʻtkazish uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilish orqali xodimlarning bilimlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul oqimlarining shaffof tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va xizmatlarni xarid qilishning shaffof tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga audit natijalarini taqdim etgan holda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining doimiy auditini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Shartnoma shartlariga rioya etilishini taʼminlash borasida Konsepsiyaning amalga oshirilishini monitoring qiladi. Ishonchli boshqaruvchi tegishli hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borilishini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 996-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “2016 — 2020-yillar davrida Toshkent hayvonot bogʻini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 20-maydagi 163-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 21-son, 230-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 345-modda) 1-ilovaning 68-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 69-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 09/19/996/4156-son)