09.12.2019 yildagi O‘RQ-590-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 21-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda) IV boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IV. NAVBATDAGI YIL UChUN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TOʻGʻRISIDAGI QONUNNI QABUL QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi (bundan buyon matnda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va budjetnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-noyabrigacha koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Spikeri Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va budjetnomani dastlabki tarzda koʻrib chiqish hamda fikrlar va takliflar ishlab chiqish uchun Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasiga, fraksiyalarga hamda Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga yoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish jarayonida fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi bilan bogʻliq qoʻshimcha axborotni tegishli organlardan talab qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi barcha fraksiyalar hamda Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining fikrlari va takliflarini oʻrganib chiqib, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining va budjetnomaning dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini oʻtkazadi hamda Qonunchilik palatasi Kengashiga Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritish mumkinligi toʻgʻrisida belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fraksiyalarning hamda Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish chogʻida Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning maʼruzasini, Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi vakilining qoʻshimcha maʼruzasini eshitadi hamda uni birinchi oʻqishda qabul qilish haqida yoxud rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi birinchi oʻqishda rad etilgan taqdirda Qonunchilik palatasi uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rad etilgan Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi olingan kundan eʼtiboran oʻn toʻrt kun ichida Qonunchilik palatasining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda qonun loyihasini maromiga yetkazadi hamda maromiga yetkazilgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga birinchi oʻqishda qayta koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining davlat sirini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi qismi Qonunchilik palatasining yopiq majlisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida Senatga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan belgilangan tartibda oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masala, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining majlisida birinchi navbatda koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar belgilangan tartibda kiritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 2, 47-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda) IV boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IV. NAVBATDAGI YIL UChUN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TOʻGʻRISIDAGI QONUNNI QABUL QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun (bundan buyon matnda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun deb yuritiladi) Senatning koʻrib chiqishi uchun topshiriladi va Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun va budjetnoma Senat majlisida koʻrib chiqilgunga qadar oldindan senatorlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning majlisida Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning maʼruzasi bilan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun Senat tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay maʼqullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun Senatning eng yaqin majlisida koʻrib chiqilishi kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 11, 791-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — qirq birinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi — qirq ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshisidagi “kelgusi” degan soʻz “oʻrta muddatli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi va yigirma yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga biriktiriladigan va oʻziga ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy fiskal balans — Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chetdan jalb qilingan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan qarz mablagʻlari evaziga amalga oshiriladigan xarajatlarni oʻz ichiga olgan jamlanma balans”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma oltinchi — qirq ikkinchi xatboshilari tegishincha yigirma sakkizinchi — qirq toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi qirq toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — oʻz tasarrufida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan, Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan mablagʻ oluvchi tashkilotlarga ega boʻlgan yuridik shaxs, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan va Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirq toʻrtinchi xatboshisi qirq beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi qirq oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya — oʻrta muddatli davr uchun soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi hujjat”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 25-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini (bundan buyon matnda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va budjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va budjetnomani koʻrib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetnomani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorakda koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtgan moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tashqi audit oʻtkazish hamda baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovlariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 26-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 28-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 29-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va budjetnomani ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari loyihalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va budjetnomani koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasiga Davlat budjetining daromadlari prognozini har chorakda yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlash, shuningdek navbatdagi yil uchun xarajatlar smetasini tuzish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari yoyilmasiga moliya yili mobaynida oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi — oʻttizinchi xatboshilari tegishincha oʻninchi — yigirma toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 83-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“83-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi yil uchun Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga budjet moʻljallari oʻrta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet soʻrovini tuzish tartibini yuborishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet soʻrovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet soʻrovlarini koʻrib chiqish va jamlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 96-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“96-modda. Budjetnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi hujjat boʻlib, ushbu yoʻnalishlar asosida Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻtgan yilgi asosiy yakunlarini va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻrta muddatli davr uchun asosiy yoʻnalishlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻrta muddatli davr uchun prognozini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fiskal tavakkalchiliklar tahlili hisobga olingan holda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qarzining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlarning yillik chegaraviy miqdorini”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 17-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“17-bob. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunni qabul qilish tartibi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 97, 98 va 99-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“97-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va budjetnomani kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va budjetnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga — joriy yilning 15-sentabriga qadar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya boʻyicha xulosani joriy yilning 5-oktabridan kechiktirmay taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga ham, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-noyabriga qadar koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga koʻrib chiqish uchun qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay maʼqullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining navbatdagi yil uchun loyihalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun kuchga kirgandan keyin bir hafta muddatda, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiqlashtirilgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisida uch kun muddatda qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi yil uchun tuman va shaharlar budjetlarining loyihalari tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilingandan keyin uch kun ichida tegishli ravishda xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlarning budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar uch kun ichida qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“126-modda. Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qoʻshimcha manbalari va yil boshiga qoldiq mablagʻlari tegishli ravishda ular umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalaniladi hamda foydalanilgan mablagʻlar boʻyicha Qonunchilik palatasiga har chorakda hisobot taqdim etiladi. Mazkur xarajatlar 3 va undan ortiq foizga oshgan taqdirda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalardan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining takliflariga asosan birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar hokimliklari tumanlar va shaharlar budjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari favqulodda va shunga oʻxshash kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi talab etiladigan hollarda ishlatilgan mablagʻlar toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga hisobot berish sharti bilan qoʻshimcha manbalarni yoʻnaltirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 143-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat budjeti daromadlari va xarajatlariga tasdiqlangan budjetlar doirasida uning ijrosi jarayonida qonun hujjatlari asosida oʻzgartirishlar kiritish tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida hisobga olib boriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 144-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 145-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni boshqa birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollar mustasno):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 va undan ortiq foizi miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizdan kam miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar tarkibida nazarda tutilgan maqsadli mablagʻlar birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan budjetlararo transfertlarni koʻpaytirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida bir ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan mablagʻlarni boshqa ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 va undan ortiq foiz miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizdan kam miqdorda tegishli birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlarni joriy xarajatlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 146-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 147-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini boshqa hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 va undan ortiq foiz miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizdan kam miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi bir budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchidan boshqa budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar soʻroviga koʻra tegishli hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 148-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablagʻlarni boshqa hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foiz va undan ortiq miqdorda xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizdan kam miqdorda tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi bir budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchidan boshqa budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar soʻroviga koʻra tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 149-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“149-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi xarajatlariga oʻzgartirishlar kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan 3 foiz va undan ortiq miqdorga koʻpaytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan 3 foizdan kam miqdorda koʻpaytirish yoki kamaytirishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi taqsimlovchi organlarining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining xarajatlarini ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan koʻpaytirish ularni qoplash manbalari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan umumiy hajmlarini koʻpaytirmasdan yoki kamaytirmasdan oʻzgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamgʻarmalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining taqsimlovchi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-403-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 5-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat budjeti ijrosining borishini koʻrib chiqish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 6-modda chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-590-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)