Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2011 19.08.1996 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2011
Hujjat 19.08.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZGOʻShTSUTSANOAT” DAVLAT UYuShMASI KORXONALARINI XUSUSIYLAShTIRISh, AKSIONERLAShTIRISh JARAYoNLARINI ChUQURLAShTIRISh VA DAVLAT TOMONIDAN QULLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2015-yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 31-oktabrdagi PQ-1633-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilik mahsulotlari etishtiruvchilarni ragʻbatlantirish, goʻsht-sut sanoatida iqtisodiy islohotlarni, xususiylashtirish va aksionerlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” Oʻzbekiston davlat-aksionerlik uyushmasi tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning roʻyxatiga va uning ijro etuvchi apparati tarkibiga 1, 1a va 2-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqalardagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini muvofiqlashtirish goʻshtni qayta ishlovchi bosh korxonalarga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Goʻsht-sut sanoati korxonalarini xususiylashtirish va aksionerlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish dasturi 3-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning davlat paketini (4-ilovaga muvofiq*) aksionerlik jamiyatlarining asosiy fondlarini qayta hisoblashni hisobga olib ularning nominal qiymati boʻyicha “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasining ustav fondini shakllantirish uchun toʻla xoʻjalik yuritishga bersin. Belgilab qoʻyilsinki, aksiyalarning uyushma ustav fondiga oʻtkazilgan ulushi uyushma tomonidan besh yil mobaynida mutanosib ulushlarda sotib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasiga uning oʻz aksiyalarini emissiya prospektlari tomonidan belgilangan muddatlarda yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet el investorlari oʻrtasida tarqatish va sotish boʻyicha yordam koʻrsatsin. Nazarda tutilgan aksiyalarning sotilishidan tushadigan mablagʻlarning bir qismi aylanma mablagʻlarni toʻldirishga va uyushma korxonalarini texnik qayta jihozlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish prognozini 4-ilovaga* muvofiq bajarishni taʼminlasin. Shu maqsadda emissiyaning ilgari belgilangan tartibini qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblansin va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar hisobiga yangi aksiyalar chiqarish taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarni 5-ilovaga* muvofiq shaxsiy mulkka aylantirish (sotish)ni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qoʻshma korxonalarni tashkil etish, yuqori samarali asbob-uskunalarni qoʻllagan holda tarmoqning qayta ishlovchi korxonalarini rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash toʻgʻrisidagi taklifi 6-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida aytib oʻtilgan ilovaning bajarilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank”, “Paxta-bank”ka rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi korxonalariga milliy valyutada uzoq muddatli kredit ajratishni nazarda tutish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga loyihalarning samaradorligini va xarajatni qoplay olishini tasdiqlovchi ekspertizalar asosida uyushma korxonalariga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash maqsadida texnologik asbob-uskunalar sotib olish uchun xorijiy valyutada kredit ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalar boʻyicha agentlikka va “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasiga xorijiy firmalar oʻrtasida “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi obyektlarini rekonstruksiyalash va texnika bilan qayta jihozlash loyihalarini keng reklama qilish faoliyatini avj oldirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 1996-yilning II yarim yilligida va 1997-yilda “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi tizimida chorvachilik mahsulotlari etishtirishning asosiy parametrlari 7-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasining chorvachilik xoʻjaliklarini qayta ishlovchi korxonalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasining chorvachilik xoʻjaliklari, chorva ozuqasi etishtirishni koʻpaytirish vazifalarini bajarish uchun don va boshqa dehqonchilik mahsulotlarini xoʻjaliklar ihtiyorida qoldirib, ularni davlatga sotishdan ozod qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushmaning chorvachilik xoʻjaliklari yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, urugʻliklar va sugʻorish suvlari bilan taʼminlash sharoitlari boʻyicha paxtachilik va gʻallachilik xoʻjaliklariga tenglashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilansinki, uyushmaga shrot va sheluxa sotish preyskurant narxlar boʻyicha amalga oshiriladi. Uyushmaga chorvachilik xoʻjaliklariga, aholiga va boshqa isteʼmolchilarga shrot va sheluxani ular tomonidan uyushmaning qayta ishlovchi korxonalariga tirik mol va sut sotish hajmlariga mutanosib ravishda erkin narxlar boʻyicha sotish huquqi berilsin. Belgilansinki, shrot va sheluxani xarid qilishning preyskurant narxi bilan sotishning erkin narxi oʻrtasida paydo boʻladigan mablagʻlar farqi “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasining zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalari va xoʻjaliklaridan kreditlardan foydalanganlik uchun qoʻshilgan 57,4 mln. soʻm miqdoridagi foizlarni hisobdan chiqarish va bank ssudalari boʻyicha 111,7 mln. soʻm miqdoridagi muddati oʻtkazib yuborilgan va ilgari toʻlov muddati kechiktirilgan qarzlarni toʻlashni, ularga foizlar qoʻshmasdan, 8-ilovaga* muvofiq 2000-yilgacha kechiktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi korxonalariga chorva mollari va sut topshirayotgan chorvachilik, parrandachilik, dehqon (fermer) xoʻjaliklari va boshqa xoʻjaliklarga imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya vazirligi “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda sut zavodlari tomonidan bolalar ovqati ishlab chiqarishga doir xarajatlarning bir qismi uchun pul yordami berish imkoniyati toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari chorvachilik xoʻjaliklariga ajratilgan yerlardan belgilanmagan maqsadda foydalanishga, yerlarning paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun ajratilishiga yoʻl qoʻymasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati (“Oʻzgoʻshtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasini boshqarishni takomillashtirish va uning faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 18-yanvardagi 30-son qarorining 1, 3, 4, 7 va 10-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-son