Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar muomalasining maxsus tartibini oʻrnatish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3199]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustadi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra, qimmatli qogʻozlarning muomalasi, davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno, faqatgina ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtirish tugaganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2. Mazkur buyruq kuchga kirgunga qadar chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasi bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarga mazkur buyruq tatbiq etilmaydi.
3. Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilari ikki hafta muddatda oʻzlarining ichki hujjatlarini ushbu buyruqqa muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-noyabr,
2019-61-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/3199/4110-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)