O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
2. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 64-modda; 1997-yil, № 2, 64-modda) 1-moddasi “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” degan so‘zlardan so‘ng quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
3. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari to‘g‘risidagi Nizom “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoniga oid matndan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun beriladi”;
4. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining ko‘krak nishonlari tavsifi “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvonining ko‘krak nishoni tavsifidan keyin quyidagi mazmundagi matn bilan to‘ldirilsin:
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq ustalari yasagan buyumlar (qumg‘on, lagan va xontaxta), pastki o‘ng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismi yuqorirog‘idan “XALQ USTASI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.