14.11.2002 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 128-moddasi toʻrtinchi qismining oʻzbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taklifni Oliy Majlisga taqdim etish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Mustafoyev, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga amal qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 128-moddasi toʻrtinchi qismining oʻzbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taklifni Oliy Majlisga taqdim etish haqidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrishga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari S. Hakimova, U. Bozorov va G. Pirjanovning Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 128-moddasi toʻrtinchi qismining oʻzbek va rus tilidagi matnlarini bir-biriga muvofiqlashtirish zarurligi xususida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq koʻrsatgan tashabbusi asos boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachi-sudya S. Hakimovaning axborotini, Konstitutsiyaviy sud Raisi B. Mustafoyev, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanovning fikrlarini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksi 128-moddasi toʻrtinchi qismining oʻzbek tilidagi matnida bir yil mobaynida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan toʻrttasini va undan koʻprogʻini sodir etish — eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab boʻlishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128-modda toʻrtinchi qismining rus tilidagi matnida esa bir yil mobaynida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan toʻrttasini va undan koʻprogʻini sodir etish — eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etishga sabab boʻladi, deyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 128-moddasi toʻrtinchi qismining jazo choralari bir xil huquqbuzarlik uchun oʻrnatilgan boʻlib, oʻzbek va rus tilidagi matnlari bir-biriga nomuvofiq boʻlib qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 25 va 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 128-moddasi toʻrtinchi qismining oʻzbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taklif qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 14-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш