29.09.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 4-moddasining birinchi bandini sharhlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, Rais oʻrinbosari B. Mirboboyev, sud aʼzolari Gʻ. Abdumajidov, Y. Joʻrayev, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Q. Burxonov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining yetakchi konsultanti Sh. Berdiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik boʻlimi mudirining oʻrinbosari D. Ergʻoziyeva, mutaxassis professor A. Toʻlaganov ishtirokida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi birinchi qismining 3-bandiga amal qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (matnda bundan buyon — Qonun) 4-moddasining birinchi bandini sharhlash haqida”gi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masala Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan Qonunning 4-moddasi birinchi bandini sharhlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaati va mazkur murojaat taalluqliligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yoʻllangani munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud sudyalari B. Mirboboyev, Gʻ. Abdumajidov va Y. Joʻrayevlarning tashabbusi bilan kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya Gʻ. Abdumajidovning axborotini eshitib, majlisda ishtirok etgan Q. Burxonov, Sh. Berdiyev, D. Ergʻoziyeva, A. Toʻlaganovning fikrlarini aniqlab, ish materiallarini oʻrganib chiqib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 4-moddasi umumiy xususiyatga ega boʻlib, uchta banddan iborat va umuman Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan shaxslar doirasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 4-moddasining birinchi bandida belgilanganidek,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, maʼlumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy eʼtiqodi, mashgʻulotining turi va sajiyasidan qatʼi nazar, ushbu Qonun kuchga kirgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan shaxslar;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1998-yil 7-iyuldagi xatida Qonun 4-moddasining birinchi bandi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan ham, agar ular Qonun kuchga kirgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish istagini bildirgan boʻlsalar, qoʻllaniladi, deyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati yuridik boʻlimining 1998-yil 14-iyuldagi maʼlumotnomasida Qonun 4-moddasining birinchi bandini fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan qoʻllash nojoizligi toʻgʻrisidagi nuqtayi nazar bayon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu tarzda, mazkur norma xususida uning mazmunini oʻzaro inkor etuvchi tushunchalar mavjud boʻlib, bu huquqni qoʻllanish amaliyotida jiddiy xatolarga olib kelishi mumkin. Shu bois bu normaning bir xilda toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlaydigan rasmiy sharh berilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning normalarini tahlil etib va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari bilan qiyoslab, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasiga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qonun 4-moddasining 3-bandiga koʻra Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadilar. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish masalalari Qonunning 17-moddasi bilan tartibga solinadi. Unda mustahkamlab qoʻyilganki, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻzlarining iltimosnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dyemak, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olganlaridan keyingina, yaʼni ular Qonunning 17-moddasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganlaridan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 19-bandiga va Qonunning 30-moddasiga muvofiq fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. Shunday qilib, Qonun 4-moddasining 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar deganda, qonun chiqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlish istagini bildirgan sobiq Oʻzbekiston SSR fuqarolarini nazarda tutgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 9 va 27-moddalariga binoan ushbu sharh majburiydir hamda matbuotda eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 29-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш