20.07.2004 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 1-moddasi uchinchi qismining oʻzbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taklifni Oliy Majlisga taqdim etish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais M. Abdusalomov, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga amal qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 1-moddasi uchinchi qismining oʻzbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taklifni Oliy Majlisga taqdim etish haqidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrishga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovalar tomonidan aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi uchinchi qismidagi oʻzbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlik va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga asosan koʻrsatilgan tashabbusi asos boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachi-sudya S. Hakimovaning axborotini, Konstitutsiyaviy sud raisi M. Abdusalomov, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanovning fikrlarini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 1-moddasi uchinchi qismiga asosan “Kiritilgan ulush shaklidan qatʼi nazar, qimmatli qogʻozlarning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi pul birligida, ularni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan hollarda esa — chet el valyutasida (aksiyalar boʻyicha — mulkni oʻtkazib berish yoʻli bilan ham) ifodalanadi va toʻlanadi” deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda uchinchi qismining rus tilidagi matniga koʻra: “Kiritilgan ulush shaklidan qatʼi nazar, qimmatli qogʻozlarning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi pul birligida ifodalanadi va toʻlanadi, ularni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan hollarda esa — chet el valyutasida (aksiyalar boʻyicha — mulkni oʻtkazib berish yoʻli bilan ham) toʻlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 1-modda uchinchi qismi rus va oʻzbek matnlari bir-biriga nomuvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunining 25 va 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 1-moddasi uchinchi qismining oʻzbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taklif qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 20-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш