Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 14.08.1996 yildagi 283-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 06.11.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA SANOATINI RIVOJLANTIRISHNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanimiz tibbiyot va farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirishni taʼminlash, tarmoqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, dori-darmon vositalari va tibbiy anjomlar ishlab chiqarish sohasini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzfarmsanoat” konserni, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy investorlarni jalb etgan holda “Oʻzfarmsanoat” konsernining importning oʻrnini bosuvchi dori-darmon vositalari va tibbiy anjomlar ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqsin hamda uni respublikaning 1997-yilgi investitsiya dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi “Oʻzfarmsanoat” konserni bilan birgalikda oʻziga qarashli korxonalarning mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalangan holda mahalliy oʻsimlik xom ashyosi va texnologiyalar asosida dori-darmon vositalari substansiyalarini sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarish dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va “Paxta-bank”ka, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tijorat banklariga tibbiyot va farmatsevtika sanoati korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash maqsadlari uchun ustuvor tartibda imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vatanimiz tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni iqtisodiy ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzfarmsanoat” konserni korxonalari va tashkilotlariga soliqlarning barcha turlari boʻyicha budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan summaning 50 foizi miqdorida 3 yil muddatga imtiyozlar berilsin, ushbu summa farmatsevtika industriyasini rivojlantirishga yoʻnaltirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
momiq paxta, doka, bintlar va shunga oʻxshash tibbiy buyumlarga eksport boj poshlinasi stavkasi “Oʻzfarmsanoat” konserni uchun 5 foiz miqdorida belgilansin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzfarmsanoat” konserni korxonalari, shu jumladan qoʻshma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqishda importdan olinayotgan xom ashyo va butlovchi materiallar qiymati 3 yil muddatga soliq solinadigan bazadan chiqarilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 6-noyabrdagi 490-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki bozorning dori-darmonlar bilan toʻlishini hisobga olgan holda aholiga dorixonalar tarmoqlari orqali sotilishi shart boʻlgan asosiy va hayotiy muhim dori-darmon vositalari va tibbiy anjomlar roʻyxatini har yili 10-yanvargacha tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy va hayotiy muhim dori-darmon vositalari va tibbiy anjomlar roʻyxatiga kiritilgan dori-darmonlar va tibbiy anjomlarning barcha davolash-profilaktika muassasalarida doimiy ravishda bir oylik zaxirasi mavjud boʻlishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markazlashtirilgan kapital mablagʻlar va moddiy resurslar limitlari prognozlarini, qurilishning aniq maqsadli dasturlarini tuzishda tibbiyot va farmatsevtika sanoati obyektlari ularga birinchi navbatda kiritilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi har yili tibbiy bogʻlash materiallarini kooperatsiya asosida qayta ishlash va oʻzimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun “Oʻzfarmsanoat” konserniga paxta tolasi limitlarini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga, dori-darmon xom ashyosi, tayyor dori-darmon vositalari, tibbiy anjomlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishga mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablagʻlarini jalb etish ishlarini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi ulgurji operatsiyalar boʻyicha dori-darmonlar, tibbiy anjomlar xarid qilishga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlari ustuvor konvertatsiya qilinishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qaroriga 5-ilovaning “Dori-darmon vositalari” 1-bandidan TIF TN 3003 va 3004 tovar kodlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari S. Saidqosimov va B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283-son