Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2025 26.11.2019 yildagi 952-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2025
Hujjat 27.11.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli “Agrar sohani mexanizatsiyalashni davlat tomonidan ragʻbatlantirishni raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikani mahalliylashtirishning bazaviy darajasini aniqlash uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasining barcha turlari boʻyicha hujjatlarni yuqorida qayd etilgan nizomga muvofiq ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markaziga taqdim qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 10-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroservis” AJ va tijorat banklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalar va kompensatsiyalar taqdim qilinishini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga zarur mablagʻlar uchun budjet talabnomasi asoslangan hisob-kitob va hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalarining mahalliylashtirish bazaviy darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻzida aks ettirgan elektron maʼlumotlar bazasining yaratilishini va vazirlik rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda texnikani mahalliylashtirish darajasining oshishini hisobga olgan holda, respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishda subsidiyalarni taqdim qilish mexanizmining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida 2020-yil yakuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalarni taqdim qilish va kompensatsiyalarni toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi buyurtmasiga asosan 2020-2021-yillarga moʻljallangan Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
952-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-noyabrdagi 952-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom respublikada qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib olish uchun subsidiyalarni taqdim etish, shuningdek xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) maqsadida kombaynlarni tashish uchun transport xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mashinasozligining mahalliy tashkiloti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikasi — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, paxta-toʻqimachilik tashkilotchilari va klasterlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyalash xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobvaraq-faktura — qishloq xoʻjaligi texnikasining haqiqatdan sotilganini tasdiqlovchi, mahalliylashtirilganlik darajasini koʻrsatuvchi va qishloq xoʻjaligi texnikasi narxini oʻz ichiga olgan hujjat yoki shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam boʻlmagan respublikadagi qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishda ushbu texnika qiymatining 15 foizini qoplash maqsadida xaridorga ajratiladigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya — xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) maqsadida kombaynlarni tashish uchun transport xarajatlarining 80 foizini qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining rasmiy blankasidagi qishloq xoʻjaligi texnikasini mahalliylashtirish darajasini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport xarajatlari — yuklarni transportda tashish va kombaynni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida belgilangan joyga yetkazib berish vaqtida yuklarni sugʻurtalash xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Subsidiyalarni ajratish va kompensatsiyalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Subsidiyalarni ajratish va kompensatsiyalarni toʻlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) oʻzining rasmiy veb-saytida subsidiyalar ajratish va kompensatsiyalarni toʻlashga ajratilgan budjet mablagʻlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtiradi, shuningdek ularning oʻzlashtirilishi va qoldigʻi haqidagi maʼlumotlarni yangilab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiyalarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Subsidiyalar faqat xaridor tomonidan sotib olingan kunda ishlab chiqarilgani bir yildan oshmagan yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligining tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasi Markaz tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari har yili 10-yanvardan kechiktirmay Markazga quyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq, rahbar va bosh buxgalter tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarilgan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalarining parametrlari va tannarx kalkulyatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi hujjatlar nusxasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi haqida, qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo va butlovchi qismlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (xom ashyo va butlovchi buyumlarni yetkazib berish shartnomalari, import qilinadigan butlovchi buyumlar va materiallar uchun hisobvaraq-fakturalar yoki yuk bojxona deklaratsiyalari (YUBD), Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan butlovchi qismlar va materiallar uchun hisobvaraq-fakturalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish texnologik jarayonni amalga oshirish imkonini beradigan hujjatlar nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlariga mahalliylashtirish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etilganligi uchun Markaz tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻttiz kun ichida qayta murojaat qilingan taqdirda, toʻlov undirilmaydi. Agar oʻttiz kundan soʻng qayta murojaat qilinsa, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravar miqdorida toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import butlovchi qismlar va materiallar yetkazib beruvchilarning almashishi, olib kelinadigan butlovchi qismlar va materiallar narxining oʻzgarishi, mahalliy butlovchi qismlar va materiallar oʻrniga xorijdan shunday butlovchi qismlar hamda materiallar sotib olinishi sababli mahalliylashtirish darajasi yoʻl qoʻyiladigan darajadan pasayib ketganda, mahalliylashtirish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat oʻz kuchini yoʻqotadi. Bunday holatda maxalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi mahalliy tashkilotlari Markazni bir oy muddatda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbari qonun hujjatlariga muvofiq mahalliylashtirish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatdan maqsadli va asosli ravishda foydalanishi uchun javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish darajasi haqidagi sertifikatdan asossiz foydalanilganda, yaʼni mahalliylashtirilganlik darajasi 20 foizdan kam boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikasi sotilganda, ishlab chiqaruvchi tashkilot oʻz mablagʻlari hisobidan ushbu konkret texnika birligi uchun ajratilgan subsidiya mablagʻini Jamgʻarmaga qoplab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz har yili yanvar oyining 25 sanasidan kechiktirmay mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliylashtirishning bazaviy darajalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan elektron maʼlumotlar bazasini yangilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusida Markaz yuqoridagi elektron maʼlumotlar bazasini yil davomida kamida chorakda bir marta muntazam ravishda yangilab turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari mazkur Nizomning 8-bandiga asosan zarur hujjatlarni taqdim etganidan soʻng Markaz besh ish kuni davomida qishloq xoʻjaligi texnikasi parametrlari va tannarx kalkulyatsiyasini koʻrib chiqadi va tashkilotga mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan zarur hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, Markaz mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlariga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari hujjatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga va oʻttiz kun ichida ularni qayta taqdim qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari tomonidan tushgan qayta murojaati asosida Markaz taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kunida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat taqdim etilganidan soʻng Markaz uch ish kunida sertifikat olgan mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari reyestrini unga sertifikatlar nusxalarini ilova qilib va qishloq xoʻjaligi turlarini koʻrsatgan holda Jamgʻarmaga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xaridor oldi-sotdi toʻgʻrisida shartnomani tuzganidan soʻng shartnoma shartlariga muvofiq mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlariga texnikaning qiymatini toʻlab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi texnikasi sotilayotganida shartnomada va hisobvaraq-fakturada sotilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasi haqidagi sertifikatga muvofiq mahalliylashtirilganlik darajasi koʻrsatilishi shart. Hisobvaraq-fakturaga mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xaridor shartnoma shartlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun toʻlovni amalga oshirganidan soʻng qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya olish uchun Jamgʻarmaga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shartnoma shartlariga muvofiq toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi shartnoma, hisobvaraq-faktura, toʻlov hujjati nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarma, mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni davomida oʻrganib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kuni davomida ushbu maqsadlarda Jamgʻarmaga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida subsidiya ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi miqdoridagi subsidiyalar pul mablagʻlarini xaridorning arizada koʻrsatilgan bank hisobraqamiga oʻtkazish orqali ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarma quyidagi hollarda subsidiya ajratilishini rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasi 20 foizdan kam boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikasi imtiyozli shartlarda budjet mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlari kreditlari yoki boshqa subsidiyalarni taqdim qilish shartlari asosida sotib olingan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim qilinmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haridor aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga va oʻttiz kun ichida hujjatlarni qayta taqdim qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridor qayta murojaat etganda, Jamgʻarma besh ish kuni davomida mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlarni koʻrib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kuni davomida qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish transport xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar har oy hisobot oyidan keyingi har oyning yigirmanchi sanasidan kechikmay mazkur Nizomga 4-ilovaga asosan shaklga muvofiq xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport xarajatlari toʻgʻridagi yigʻma axborotni Jamgʻarmaga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma axborotga quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar majburiy tartibda ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yuklarni transportda tashish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) transport xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatlari nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qishloq xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi, shuningdek, xizmatlar koʻrsatilganligini va ular boʻyicha toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamgʻarma qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni besh ish kunida koʻrib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida kompensatsiya ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport xarajatlarining 80 foizi miqdoridagi kompensatsiya qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar bank hisobraqamiga mablagʻ oʻtkazish yoʻli ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan zarur hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, Jamgʻarma ularni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga va oʻttiz kun ichida ularni qayta taqdim qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar qayta murojaat qilganda Jamgʻarma taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kunida koʻrib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda besh ish kuni davomida xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport xarajatlarining 80 foizini kompensatsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasi xaridorlaridan subsidiya va kompensatsiya olish uchun qonunchilik va mazkur Nizomda koʻzda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashkilotlar rahbarlari tayyorlanayotgan va taqdim etilayotgan hujjatlarning ishonchliligi va asoslantirilganligi yuzasidan qonunchilikka muvofiq masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalarni ajratish va kompensatsiyalarni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar, amalga oshirish mexanizmi

Muddatlar


I. Qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratish


I bosqich

Ishlab chiqaruvchi tashkilot ishlab chiqarilayotgan qishloq oʻjaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasini aniqlash uchun Markazga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra


II bosqich

Markaz ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasini aniqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat taqdim etadi.

5 ish kuni davomida


III bosqich

Markaz sertifikat olgan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi mahalliy tashkilotlari reyestrini unga sertifikatlar nusxalarini ilova qilib va qishloq xoʻjaligi turlarini koʻrsatgan holda Jamgʻarmaga taqdim qiladi.

3 ish kuni davomida


IV bosqich

Xaridor oldi-sotdi toʻgʻrisida shartnomani tuzganidan soʻng shartnoma shartlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlarga texnikaning toʻliq qiymatini toʻlab beradi.

shartnomaga asosan


V bosqich

Xaridor shartnoma shartlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun toʻlovni amalga oshirganidan soʻng qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya olish uchun Jamgʻarmaga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

xaridor ixtiyoriga koʻra


VI bosqich

Jamgʻarma subsidiya ajratish uchun xaridor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

5 ish kuni davomida


VII bosqich

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Jamgʻarma qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi miqdoridagi subsidiyani xaridorning arizasida koʻrsatilgan bank hisobraqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali ajratadi.

5 ish kuni davomida


II. Eksport xizmatlarini koʻrsatish uchun kombaynlarni tashish transport harajatlarini kompensatsiya qilish


I bosqich

Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi maxalliy tashkilotlar Jamgʻarmaga xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport xarajatlari boʻyicha yigʻma axborot taqdim qiladi.

hisobot oyidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar


II bosqich

Jamgʻarma qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

5 ish kuni davomida


III bosqich

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Jamgʻarma xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport harajatlarining 80 foizini kompensatsiya qilib beradi.

10 ish kuni davomida

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Mahalliylashtirish darajasi haqida
‎sertifikat/subsidiya va/yoki kompensatsiya olishga
‎ARIZA


‎_______________________________________________________________________________
(yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi)

‎___________________________________________________________________________________________
‎(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami, telefon, faks)

‎Manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan:_____________________________________________________________

‎___________________________________________________________________________________________
‎(guvohnoma raqami, berilgan sanasi va uni bergan organ)

‎____________________________________________________________________________________ nomidan
‎(ariza beruvchi rahbarning lavozimi, F.I.O.)

‎‎maxalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasi xarid qilinganligi munosabati bilan mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat taqdim qilishni/subsidiya ajratish va/yoki xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish transport xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilishni soʻraymiz.

‎‎Tashkilot pochta manzili: ________________________________________________________________‎‎
‎STIR raqami: ‎‎________________________________________________________________
‎‎Elektron pochta manzili:‎‎ ‎‎‎‎________________________________________________________________
‎‎‎‎Hisobraqam ________________________________________________________________‎‎
‎‎Ilova: ________ varaq

_____________________________________________________
‎‎‎(ariza beruvchi rahbar lavozimi, F.I.O.)

____________________
‎‎‎(imzo)

‎‎20 ____ yil ___________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish prognoz parametrlari

T/r

Mahalliylash-tiriladigan texnika nomi

Oʻ/b

Ishlab chiqarish va sotish (sof tushum) hajmi, mahalliylashtirish darajasi

birinchi yil — 20___ y.

ikkinchi yil — 20___ y.

uchinchi yil — 20___y.

miqdor

summa, mln soʻm *

mahalliylashtirish darajasi,
% **

miqdor

mahalliylashtirish darajasi,
%

miqdor

mahalliylashtirish darajasi,
%





Rahbar


___________________

(imzo)



___________
_____________

(F.I.O.)


Bosh buxgalter


___________________

(imzo)


__________
______________

(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Sotish (sof tushum) summasi mazkur ilovaning “II. Qishloq xoʻjaligi texnikalari narxini hisoblash” boʻlimida koʻrsatilgan mahsulot birligining sotish narxi va miqdorini koʻpaytirish natijasiga tengdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ishlab chiqarishning mahalliylashtirish darajasi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Md=(1 — I/T)*100%. Bu yerda 0< I < T:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Md– mahsulotning mahalliylashtirish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I — import qilinadigan xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlarning soʻmda ifodalangan valyuta qiymati (bojxona toʻlovlari bilan birga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T — mahsulot birligining ishlab chiqarish tannarxi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Mahalliy yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan import xom ashyolari mahalliy deb eʼtirof etilmaslik kerak).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish darajasi bosqichma-bosqich oshigan taqdirda, mahalliylashtirish darajasining oshishini asoslovchi butlovchi qismlar, xom ashyo va materiallarning aniq nomlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

II. Qishloq xoʻjaligi texnikasi tannarxining

KALKULYATSIYASI*


T/r

Texnika nomi

Oʻ/b

Miqdor

Narx,
ming soʻm

Summa,
ming soʻm

Ishlab chiqarish tannarxidagi ulush, %

1.

Materiallar, jumladan:

import

mahalliy

2.

Butlovchi qismlar, jumladan:

import

mahalliy

3.

Boshqa xarajatlar

4.

Ishlab chiqarish tannarxi

5.

Bir dona uchun jami

6.

Mahsulot birligining sotish narxi


Rahbar


___________________

(imzo)


____
______________________

(F.I.O.)


Bosh buxgalter


___________________

(imzo)


_____
_____________________

(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qishloq xoʻjaligi texnikasi tannarxining kalkulyatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida” 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq sotish narx shakllantirigunigacha barcha xarajatlar batafsil koʻrsatilgan holda, maxalliylashtirilgan har bir mahsulot boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport xarajatlari toʻgʻrisida

YIGʻMA AXBOROT

Eksport

Qaytarish

Jami

(ustun 8-ustun 11)

Tashuvchi

Yoʻnalish va transport turi

Yetkazib beruvchini tanlash boʻyicha bayonnoma

Transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma

YUBD raqami va sanasi

Tashish xarajatlari

Boshqa transport xarajatlari

Kompensatsiya qilinadigan transport xarajatlari jami = 80%*(ustun.6 + ustun 7)

YUBD raqami va sanasi

Transport xarajatlarini kompensatsiya qilish sanasi

Qaytarish summasi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12



Rahbar

___________________

(imzo)

_________________________________

(F.I.O.)

Bosh buxgalter

___________________

(imzo)

________________________________

(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 09/19/952/4077-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2022-y., 09/22/78/0151-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 14.08.2023-y., 09/23/364/0594-son; 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)